Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
116 - boshlang‗ich ta‘limda hanuzgacha o‗quvchiga manipulyativ yondashuv mavjud, ya‘ni ―Sen ham shunday qil!‖ shiori ustuvor ahamiyatga ega; - dasturda berilgan muayyan bilim, ko‗nikmalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗qitish, bu ―maktab modelining frontal darslari‖ nusxasini anglatadi. Mehnatning ustuvor shakllari frontaldir. ―O‗quvchini bilim, ko‗nikma bilan qurollantirish‖ bo‗yicha ko‗rsatma beriladi; - o‗quvchi pedagogik tizim kuchlarini qo‗llash obyekti sifatida ko‗rib chiqiladi. O‗quvchilar faoliyati tashqi tartib va rasmiy intizom evaziga bostiriladi; - barcha uchun umumiy, yagona va majburiy psixik rivojlanish; - tarbiya xatti-harakatlarini to‗g‗rilash yoki cheklovlar, ―takliflar‖ orqali qoidalardan chetga chiqishning oldini olishga qaratilgan. Shaxsga yo‗naltirilgan ta‘limning maqsadi yagona jamoada ―o‗rtacha‖ o‗quvchiga emas, balki har bir o‗quvchiga uning individual bilish imkoniyatlari, ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda yondashib, psixologik pedagogik tizim sharoitini yaratishdir. Bizning fikrimizcha, shaxsga yo‗naltirilgan yondashuv o‗quvchilarning real shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari amalga oshiriladigan, o‗quvchilar tomonidan shaxsiy tajriba va bilimlar samarali to‗planadigan ta‘lim muhitini yaratishni o‗z ichiga oladi. Bugungi kunda boshlang‗ich ta‘limdagi islohotlar avtoritar tizimdan pedagogik jarayonni qurishning shaxsga yo‗naltirilgan modeliga o‗tishni ko‗zlamoqda. Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalar – pedagogning e‘tiborini o‗quvchining ajralmas shaxsiga, uning nafaqat intellektual qobiliyatlari va fuqarolik mas‘uliyat hissini rivojlantirishga bo‗lgan e‘tiborini, balki hissiy, estetik, ijodiy moyilliklari va rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‗lgan ruhiy shaxsni rivojlantirishga qaratiladi. Ta‘limning asosiy qadriyatining bunday e‘tirof etilishi shaxsning o‗ziga xos shakllanishidir. Shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalar har bir o‗quvchiga uning xususiyatlarini, hayotiy qadriyatlarini, intilishlarini aniqlash asosida o‗zlarining rivojlanish yo‗llarini tanlash huquqini berish imkoniyatini kengaytiradi. Demak, o‗qitish jarayoni o‗quvchining individual rivojlanishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, u o‗quvchining o‗rnatilgan tartibda individual rivojlanishi, umumiy genetik rivojlanishiga ham bog‗liqdir. O‗qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, o‗quvchining shaxsiy tajribalari va o‗qish va o‗qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi. Bugungi kunda ilg‗or xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotga joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me‘yoriy hujjatlar, o‗quv-metodik adabiyotlar, o‗quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg‗or xorijiy tajriba asosida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling