Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
236 innervatsiyasiga ko‗rsatgan patologik ta‘siri natijasida dizartrik bola nutqida murakkab kamchiliklarga sabab bo‗ladi. Bu muammo o‗z o‗rnida yana qator muammolar yigindisini (nutqiy, psixologik, ijtimoiy, intellektual va hakazo...) hosil etmokdaki, ular o‗z o‗rnida ushbu to‗siqlar yechimini bir emas balki, bir qancha aspektlar holatini ijobiy rivojlantirilishini talab etadi. Hozirgi vaqtda bolalar serebral falajllanishiga ega bo‗lgan bolalar soni ortib bormoqda. Xususan, L.O.Badalyanning ma‘lumotlariga ko‗ra, har 1000 ta dunyo yuzini ko‗rgan go‗daklarning 1,7-1,9 nafari ushbu xastalik bilan tug‗iladilar, K.A- Semyonovaning nisbatan keyingi ma‘lumotlariga qaraganda ularning soni har 1000 tada 2-3 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikka duchor bo‗lgan insonlarning soni ortib borayotganligi hamda mavzuning chuqur yoritilmaganligini xisobga olgan holda ushbu bolalarga pedagogik-psixologik yordam ko‗rsatishni takomillashtirish vazifasi aktual muammolar doirasini hosil qilmoqda. Nutq kamchiligiga ega bo‗lgan bolalarning psixologiyasini ilmiy – nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqishda L.S.Vigotskiyning xizmatlari katta. Psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari ham L.S.Vsigotkiy tomonidan ta‘riflab berilgan. Olimning ta‘kidlashicha, normal va anomal bola bir xil qonuniyatlar bo‗yicha rivojlanadi. Bular quyidagilar: 1. Integratsiya. 2. Psixik jarayonlarning bir tekkisda rivojlanmasligi. 3. Moslashuvchanlik[3]. Sharq mutaffakiri buyuk olim, tabib bobomiz Ibn Sino aytganlaridek pedagogikada bilishda qaysi metod yoki metodikalardan foydalanilmasin ulardan ko‗zlanadigan asosiy maqsad bolada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil va mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish nazariyani amaliyot bilan tatbiq qilishni bila olishi lozimdir. Ko‗pchilik bolalarda diqqat e‘tiborning o‗zgaruvchanligi, ixtiyoriy diqqatning pastligi harakatlarning rejalashtirishdagi qiyinchiliklar kuzatildi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatning past darajada rivojlanganligi ham uchrab turadi yani bunda bolalar yo‗l-yo‗riqlarni aniq emas tushunarsiz idrok etadilar uzun – yuluq idrok etishlari; berilayotgan topshiriqlarga diqqatlarini jamlashga uni bajarishga birdan kirisha olmay qiynaldilar. Diqqatning yana bir salbiy jihatlaridan biri bu parishonxotirlikdir. Dizartirya quyidagi belgilarga ega: - Nutqiy artikulyatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog‘liq b o‗lgan tovushlar talaffuzi; - Ovoz bilan bog‘liq muammolar; - Ham unli ham undosh tovushlarda kamchiliklar kuzatiladi; - Artikulyatsiya praksisining yetarli emasligi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling