Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
47 
Oliy matematika - texnika, iqtisod, qishloq xo‗jaligi va boshqa maxsus oʻquv 
yurtlarida oʻqitiladigan matematika boʻlimlaridan iborat kurs. Oliy matematika 
kursiga, asosan, analitik geometriya, oliy algebraning ayrim kiyim lari, differensial 
hisob, integral hisob, differensial tenglamalar kiradi. XX asrning 70-yillarida Oliy 
matematikaga matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli dasturlash va 
boshqa sohalar ham qoʻshildi. Baʼzan, matematikaning oʻrta maktab dasturiga 
kiritilmagan qismi Oliy matematika deb tushuniladi.
Chiziqli algebra-matematikaning chiziqli fazolar va ularning chizikli 
akslantirishlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Chiziqli algebraning rivojlanishi XIX asrda 
chiziqli tenglamalarning umumiy nazariyasi vujudga kelishi bilan boshlandi. Chiziqli 
tenglamalarni oʻrganish jarayonida qoʻllana boshlagan aniqlovchi vektorlar, 
matritsalar kabi tushunchalar matematikada oʻzaro qoʻshish va skalyarga koʻpaytirish 
mumkin boʻlgan obyektlar alohida oʻrin tutishini anglashga, ularni boshqa konkret 
xossalaridan ajralgan hodda oʻrganishga olib keldi. XIXasr oxirida ikkinchi tartibli 
sirtlarning tenglamalarini kanonik koʻrinishga keltirish masalasi Chiziqli algebra 
masalasidan iborat ekanligi aniqlangach, chiziqli algebra koʻp oʻlchovli fazo analitik 
geometriyasi bilan qoʻshilib ketdi va chiziqli, kvadratik formalar, chiziqli 
almashtirish va akslantirish, Yevklid fazosi, proyektiv fazo tushunchalari bilan 
boyitildi.Differensial geometriya va mexanika ehtiyoji bilan Chiziqli algebrada 
vektorlarni umumlashtiruvchi chiziqli formalarni umumlashtiruvchi chiziqli 
formulalar tushunchalari kiritildi. Chiziqli algebraning algebrasi, yarim chiziqli 
algebra kabi boʻlimlari vujudga keldi[1]. 
Matematik analiz - matematika sohalaridan biri. Matematik analiz 
takomillashib va rivojlanib boruvchi apparatga ega boʻlib, bu apparat asosini 
differensial va integral hisob tashkil qiladi. Matematik analiz oʻziga xos tadqiqot 
obʼyektiga, oʻziga xos tadqiqot uslubiga, asosiy tushunchalarning maʼlum 
majmuasiga ega. Matematik analiz matematikaning boʻlimi sifatida XVIII-asr oxirida 
shakllandi. Matematik analizning tadqiqot predmeti funksiyalardan yoki oʻzgaruvchi 
miqdorlar orasidagi bogʻlanishlardan iborat. Matematik analizning asoschilari I. 
Nyuton va G. Leybnitslardir[2]. 
Analitik geometriya-geometriya bo‗limi; unda sodda geometrik nuqtalar, 
to‗g‗ri chiziqlar, tekisliklar, ikkinchi tartibli egri chiziqlar va sirtlar koordinatalar 
usuli asosida algebraik vositalar bilan o‗rganiladi. Koordinatalar usulining mohiyati 
quyidagicha: a tekislikda o‗zaro perpendikulyar Ox va Oy to‗g‗ri chiziqlarni 
chizamiz, ularda musbat yo‗nalishlarni, koordinata boshi O nuqtani va masshtab 
birligi ye ni tanlab olamiz. Bu holda tekislikda to‗g‗ri burchakli Dekart koordinatalar 
tizimi Ox berilgan deyiladi; Ox abssissalar o‗qi, Oy esa ordinatalar o‗qi deyiladi. 
Tekislikdagi ixtiyoriy M nuqtaning holati OMx va OMy kesmalarning uzunliklari x 
va y bilan bir qiymatli aniqlanadi. Abssissasi x va ordinatasi y bo‗lgan M nuqta 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling