Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
66 
yozuvchining tendensiyasi bir fikr hamda qarash bilan bilan cheklanmaydi, u ko‗p 
tarmoqli, hayot kabi keng bo‗ladi. U o‗z qarashlarini, insoniyatga asari orqali 
aytmoqchi, kishi ongiga singdirmoqchi bo‗lgan fikrlarini faqatgina voqelik orqali 
emas, balki jamiyatning eng qudratli va go‗zal mavjudoti bo‗lgan inson orqali beradi‖ 
[1, 19-b.]. Asosli qayd qilinganidek ijodkor qaysi mavzuda yoki qaysi davrni talqin 
etishidan qat‘iy nazar, inson qismati, uning xarakter qirralari orqali uning qiyofasini 
aks ettirish bilan bir qatorda davr muammolarini, inson botinidagi ziddiyatlari, ruhiy-
ma‘naviy borlig‗ini ochib berishga intiladi.
Iste‘dodli adib Asqad Muxtorning ―Insonga qulluq qiladurmen‖ hikoyasida 
tarixiy shaxslar qiyofasi, ularning ruhiy-ma‘naviy olami juda go‗zal talqin etilgan. 
Hikoyaning o‗ziga xosligi, unda tarixiy voqelik talqini ufurib turmasa-da, asar 
qahramonlarining botiniy olamiga singdirib yuborilganki, bu ham ijodkorning badiiy 
mahoratidan dalolat beradi. 
Yozuvchi talqinlariga e‘tibor qarataylik: ―Quyosh subh yoqasini chok etib
ko‗k maydonida jilva ko‗rguzgach, Sohibqiron Qur‘oni karimni lahv ustiga qo‗ydilar. 
Kun saraton burjida edi, shiddati beadad. O‗rda sahnida davlatpanohning oq 
chodirlari shukuh-u as‘asa ila charaqlab kunga yuz tutdi‖ [2, 1-bet]. Talqinlarga nazar 
tashlar ekanmiz, asar xronotop talqinidan boshlangan. Erta tongdagi vaqt kategoriyasi 
orqali o‗quvchni diqqatini jalb qilmoqda. Buning zamirida makon va zamonning 
hamohangligini kuzatamiz. Makon orqali tarixiy hayotni yoki uzoq o‗tmishni 
qalamga olish baraborida insonni, uning qiyofasini, davrning murakkab ziddiyatlarini 
talqin uchun asos qilib olgan: ―Shu mahal xirgohning ko‗rinishxona yo‗lagida soch-
soqoli o‗siq, darveshona xirqa ustidan kumush fo‗ta bog‗lab, unga esa tug‗ro bezagi 
taqqan bir kimsa paydo bo‗lib, mangu ko‗zlarini yerdan olmay, shohona ostonaga 
qarab o‗taverdi. Chodirning davlatxona qanotida Sohibqironga ko‗rinish bermoq 
uchun muntazir o‗ltirgan kazo-kazo saltanat ustunlari, fuzalo-yu ulamo, sipohsolor-u 
no‗yonlar, xos-u ra‘iyatdan kelgan kalontar-u kadxudolar – biri hayratda, biri 
g‗azabda, noiloj qarab qoldilar‖ [2; 1-b.]. Sohibqiron Amir Temurdagi insoniy 
fazilatlar o‗z davridayoq tarixiy manbalarda asosli qayd etib qoldirilgan. Bu o‗rinda 
ham, ijodkor Amir Temurning o‗ziga xos fazilatini, insoniylik xususiyatiga ega 
bo‗lgan shaxslarni ajrata olishi, ular bilan muloqot qilishi, fikr almashishi bejiz emas 
edi. Ana shundagina xalqning hayoti, ularning turmush darajasi, insoniy fazilatlari, 
dushmanning maqsadini ham anglashga harakat qiladi. Natijada, haq va haqsizlikni, 
adolat va adolatsizlikni o‗z xayollarida anglashga harakat qiladi. Raiyatning 
turmushi, uning o‗ziga xos hayoti, ulardagi mavjud harakatlarning yuzaga chiqish 
sabablarini anglashga intilardi. Bu esa Amir Temurning hayotdagi o‗rnini, 
saltanatdagi mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilar edi. Darvesh bilan Amir 
Temur 
uzoq 
suhbatlashdi, 
Iso 
alayhissalomning 
dunyoga 
kelishi, 
davr 
hukumdorlarining fojialari, qirg‗inlari haqidagi afsonaviy xarakterdagi hikoyatlarni 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling