Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
63 
maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, 
ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‗lgan 
bolalarning maktabgacha ta‘lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va 
reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Barcha mamlakatlarda hozirgi kunda inklyuziv ta‘lim tushunchasi 
ommalashmoqda. Buning provardida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni 
bo‗lgan bolalarni sog‗lom tengdoshlari bilan birgalikda ta‘lim olishi yotmoqda. Shu 
sababli 2020-yil 13-oktabr kuni PQ-4860 sonli ,,Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‗lgan 
bolalarga ta‘lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‘‘gi Prezident qarori imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq O‗zbekistonda 
inklyuziv ta‘limning joriy holati va mavjud muammolari, inklyuziv ta‘lim tizimini 
rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‗nalishlari, konsepsiyani amalga 
oshirishdan kutilayotgan natijalar o‗z aksini topgan.
Inklyuziv ta‘lim tizimini rivojlantirishning maqsadi - ta‘lim olish uchun teng 
imkoniyatni ta‘minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi 
ta‘lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan 
qat‘iy nazar ta‘limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishdir. Inklyuziv ta‘lim jarayonida o‗quvchilarda o‗qishga sog‗lom, kuchli va 
ta‘sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‗sishini mustaqil 
rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish, inklyuziv 
ta‘lim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish 
kerak. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ta‘lim va tarbiya jaroyoniga bo‗lgan 
e‘tibor so‗nggi yilar mobaynida yana ham kuchaygan. Shunga muvofiq qonunlar, 
qarorlar, farmoyishlar qabul qilindi. Yosh avlodni ta‘lim-tarbiyalash, jismoniy va 
ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan bolalarni tarbiyalash juda murakkab jarayondir. 
Bunda defektologlardan yuksak mahorat, kuchli bilim, bolarga bo‗lgan muhabbat 
sifatlari shakllangan bo‗lishi zarur. 
Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib – intizom va shaxsiy 
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga 
bag‗ishlangan majlisdagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so‗zi 
gazetasi. 2017-yil 16-yanvar, № 11 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling