Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
61 
psixologik – pedagogik kamissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi‘‘ deya 
belgilab qo‗yilgan.
Respublikamizda nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini muhofaza 
qilish maqsadida 2020-yil 11-sentabrda O‗zbekiston Respublikasi senati tomonidan 
―Nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlari tog‗risida‖gi qonun m‘qullandi . Mazkur 
Qonunnig maqsadi nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini ta‘minlash 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Ushbu qonunda nogironligi 
bo‗lgan shaxslarning huquqlarini ta‘minlash sohasini tartibga solish, nogironligi 
bo‗lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‗la huquqli tarzda ishtirok etishi 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqaroni nogironligi bo‗lgan shaxs deb e‘tirof 
etish, nogironligi bo‗lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish, nogironligi 
bo‗lgan shaxslarning sog‗lig‗ini saqlash va ularga ijtimoiy yordam ko‗rsatish, 
nogironligi bo‗lgan shaxslarning ta‘lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, nogironligi bo‗lgan shaxslarning 
mehnat qilishi va bandligi o‗z ifodasini topgan. 
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush darajasini 
yaxshilash, ularga ko‗rsatilayotgan turli xizmat turlarini ko‗lamini oshirish, ta‘lim 
sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimiga e‘tibor qaratilmoqda. 
―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ ishlab chiqildi. Uning to‗rtinchi 
ustuvor yo‗nalishi ―ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari‖dir. Unga 
ko‗ra uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish,maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish va 
ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy 
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha 
ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini 
ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish, jismonan 
sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‘iy 
hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy 
faolligini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‗llab-
quvvatlash va ro‗yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‗rtasida sog‗lom turmush 
tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish kerakligini 
nazarda tutadi.
Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek ―Tarbiya biz uchun yo hayot-
yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir‖ deb qoldirgan oltin 
satrlari har qaysi zamon va makonda o‗z isbotini topmoqda. Shu barobarida 
imkoniyati cheklangan shaxslarni hayotga moslashishlari uchun biz ham birdek 
mas‘ul bo‗lishimiz kerak. Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling