Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana13.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1194512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
04Raxmonkulov Feruz

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
283 
ma‘lum ma‘noda topilib kelmoqda. Web-dizayn fani keng jamoatchilik orasida katta 
qiziqish uyg‗otmoqda. Mazkur soha bo‗yicha juda ko‗plab davra suhbatlari
konferentsiyalari tashkil etilmoqda, reklama uyushmalari tashkil etilmoqda. 
Muhokamadagi masala dolzarbligi va zamonaviy dizayn faoliyatida Web-dizayn 
murakkabligi yuqorida keltirilgan fikrlar isbotlab turibdi. 
Web-dizayn bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalarni egallash shakllaridan 
biri bu ommaviy ochiq onlayn kurslardir (MOOC-Massive open online courses). 
Ko‗p hollarda onlayn kurslardan ta‘lim olish aniq bir MOOC onlayn kurslarining 
ixtiyoriy shaklda tuzilganligi hamda tarkibi turfa ko‗rinishda ekanligi ularni tanlash 
va o‗rganishda web-dizayn sohasi mutaxassisi bo‗lishni maqsad qilgan talabgorning 
ikkilanishiga sabab bo‗lmoqda. Bundan tashqari MOOC kurslaridagi web-dizayn fani 
bo‗yicha ma‘lumotlarning aksariyati chet tillarida ekanligi ayrim bo‗lajak 
mutaxassislarning ushbu kurslardan bilim olish imkoniyatini ma‘lum ma‘noda 
cheklaydi [10,72]. 
Ushbu soha mutaxassisi bo‗lish hamda web-dizayn kompetentligini 
rivojlantirishning yana bir shakli, oliy ta‘lim muassasalarida web-dizayn fani 
doirasida hamda kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi, mustaqil ishlarni bajarish 
jarayonida bevosita mutaxassis nazorati ostida amalga oshiriladi. Pedagogika oliy 
ta‘lim muassasalarida Informatika o‗qitish metodikasi yo‗nalishi bo‗yicha tahsil 
oluvchi bo‗lajak mutaxassislar web-dizayn kompetentlikni rivojlantirish, web-sayt 
dizaynini ishlab chiqish, uni tahlil va targ‗ib qilish imkoniyatlarini o‗rganadilar. 
Darhaqiqat, web-dizayn bo‗yicha mutaxassislarni tayyorlovchi oliy ta‘lim 
muassasalarida web-dizayn faniga qiziqish yuqori. Mazkur fan bo‗lajak 
mutaxassislarning kasbga yo‗naltirilgan ta‘limda muhim rol o‗ynaydigan fan sifatida 
qaraladi, grafik dizaynning turli xil tegishli yo‗nalishlari bo‗yicha nazariy va amaliy 
bilimlarni birlashtiradi. 
Grafik va vizual ma‘lumotlar bilan ishlash qobiliyati bo‗lajak web-dizaynerni 
o‗qitishning tarkibiy qismlaridan biridir. Pedagogika oliy ta‘lim muassasalari 
Informatika o‗qitish metodikasi ta‘lim yo‗nalishida ikkinchi kursdan boshlab bo‗lajak 
informatika o‗qituvchilariga kompyuter grafikasi va web-dizayn fanlari o‗tiladi. 
So‗nggi paytlarda pedagogika oliy ta‘lim muassasalari informatika o‗qitish 
metodikasi yo‗nalishi o‗quv rejasida web-dizayn fani asosiy fanlardan biri sifatida 
qaralmoqda. 
Web-dizaynni kasbiy faoliyat sifatida rivojlantirish bilan bog‗liq bo‗lajak 
web-dizaynerlarning ta‘lim tizimiga, ularning web-makon texnologiyalari to‗grisida 
bilimga ega bo‗lishiga yangi talablar qo‗yiladi. Web-dizayn zamonaviy mutaxassisni, 
qolaversa, bo‗lajak informatika o‗qituvchilarini o‗qitishning muhim tarkibiy qismiga 
aylanadi va ushbu soha bo‗yicha mutaxassis tayyorlaydigan maskanlarning o‗quv 
rejalariga joriy etish mehnat bozorida ushbu soha mutaxassisi bo‗lishi talab 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling