Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
04Raxmonkulov Feruz
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
285 Bizning fikrimizcha, kasbiy manfaatlarning bu kombinatsiyasi saytni ishlab chiqish jarayoni uchun dizayn kontsepsiyasini yaratishdan saytning yakuniy tartibiga qadar eng samarali yo‗l hisoblanadi, chunki har bir mutaxassis o‗z ishi bilan shug‗ullanadi, har bir jamoa faoliyat jarayonida muayyan vazifani hal qiladi. Navbatdagi muammolardan biri, pedagogika oliy o‗quv yurtlari talabalari uchun Web-dizaynni o‗qitishning mazmuni va metodikasi bo‗yicha maxsus tadqiqotlarning kamligidir. Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar asosan Web-dizaynga yaqin bo‗lgan multimediali o‗quv vositalariga va masofaviy ta‘limda internet imkoniyatlariga bag‗ishlangan. Mavjud elektron qo‗llanmalar va adabiyotlarni o‗rganib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, asosiy e‘tibor texnik tayyorgarlikka, kompyuter grafikasi dasturlarini o‗rganishga qaratilgan. Darslik, maqolalar, web-saytlar kompyuter grafikasidan grafik dizaynerlar ishi uchun vosita sifatida samarali foydalanish muammosiga bag‗ishlangan bo‗lsa, loyiha madaniyati va grafik til, web-dizayndagi ishning ijodiy jarayonlarini tushunish va xususan, yaratishda muammolarga bag‗ishlangan adabiyotlar juda kam uchraydi. Web-dizaynerlik kasbi World Wide Web (WWW) global internet tarmog‗ining paydo bo‗lishi bilan bog‗liq, unda reklama maqsadida Web-saytlar yaratish maqsad qilingan (1980-yillarning oxiri - 90-yillarning boshlari). Web- dizaynerning vazifasi - bu Internetning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda loyiha uchun uslublar dizaynini ishlab chiqish. Ya‘ni, shunchaki zamonaviy ko‗rinishga ega bo‗lish uchun saytni loyihalashdan tashqari, u tarmoqning standart talablariga javob berishi kerak: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va boshqalar) optimallashtirilgan bo‗lishi kerak, rang va shriftni tanlashda zamon talabi hisobga olinishi kerak. Foydalanuvchi qog‗ozda emas, balki monitorda loyihaning grafik timsolini ko‗radi. Web-dizayner web-saytning qanday ko‗rinishi va qanday qabul qilinishi uchun javobgardir. U logotiplar, bannerlar va grafikaning boshqa elementlari bilan tanishadi, saytning navigatsiyasini o‗ylaydi, matnni qayerga joylashtirishni aniqlaydi. Web-sayt yaratish uchun web-dizayner HTML, CSS va Javascript dasturlash tilini mukammal bilishi va badiiy sezgirlikka ega bo‗lishi kerak [9, 9230]. Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida ―web-dizayn‖ fanini o‗qitishning bosh maqsadlaridan biri sifatida ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ushbu fanning kasbga yo‗naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy dasturiy ta‘minotlari, shu jumladan, turli ko‗rinishdagi web-sayt dizayni loyihasini ishlab chiqish orqali ularning web-dizayn kompetentligini rivojlantirish, shu bilan bir qatorda web-saytlar targ‗ib qilishning usullari va vositalaridan foydalanish ko‗nikmasini shakllantirish, zamonaviy web-texnologiyalar haqida umumiy ma‘lumot berishdan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling