Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana13.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1194512
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
04Raxmonkulov Feruz

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
286 
Mazkur 
fanning 
vazifasi 
sifatida 
bo‗lajak 
mutaxassislarga 
web-
kompetensiyadan kasbiy faoliyatida samarali foydalana oladigan darajada 
o‗rgatishdan iborat bo‗lib, shu soxada to‗liq bilim berilishini ta‘minlashdan iborat. 
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida bo‗lajak informatika o‗qituvchilarini 
tayyorlash, ularda web-kompetentlikni rivojlantirish quyidagi kompetensiyalar orqali 
amalga oshiriladi: 
- dizayn muhandisligida qo‗llaniladigan zamonaviy shrift madaniyati va 
kompyuter texnologiyalarini qo‗llash qobiliyati; 
- raqamli texnologiyalaridan foydalangan holda va axborot xavfsizligining 
asosiy talablarini hisobga olgan holda axborot-bibliografik madaniyatga asoslangan 
kasbiy faoliyatning standart vazifalarini hal qilish qobiliyati; 
- turli manbalar va ma'lumotlar bazalaridan ma'lumotlarni qidirish, saqlash, 
qayta ishlash va tahlil qilish, kompyuter va tarmoq texnologiyalaridan foydalangan 
holda kerakli formatda taqdim etish qobiliyati; 
- web-sayt dizayni loyihasini amalga oshirishda talab qilinadigan 
texnologiyani amaliyotda qo‗llash;
- Web-dizaynning kasbiy masalalarini o‗zlashtirish kompetensiyalari bo‗lajak 
informatika o‗qituvchilarni tayyorlash qobiliyati. 
Web-dizayn fanini o‗zlashtirish, web-kompetensiyasini shakllantirish va joriy 
etishga bir qancha omillar ta‘sir qiladi:
- web-texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari;
- mehnat bozori talablarining o‗zgarishi tendensiyalari;
- zamonaviy web-dizaynerlarni kasbiy tayyorlashning ilmiy-uslubiy 
yondashuvlari va tamoyillari majmui [5]. 
Global internet tarmog‗ida mustaqil harakatlanish qobiliyatini targ‗ib 
qiladigan adabiyotlarning nazariy tahlili asosida, saytning asosiy mantiqiy 
tuzilmalarini yaratish qobiliyati, web-loyihani stilistik jihatdan ishlab chiqish 
qobiliyati, web-makonda grafik ma‘lumotlar bilan ishlashni biladigan mutaxassisga 
qo‗yiladigan talablarni quyidagicha ko‗rsatish mumkin: 
- turli grafik muharrirlardan foydalangan holda web-saytlar dizaynini ishlab 
chiqish qobiliyati; 
-web-saytni SEO optimallashtirish (inglizchadan S
earch Engine 
O
ptimization 
- qidiruv mexanizmlarini optimallashtirish
) xususiyatlarini bilish qobiliyati. 
Boshqacha qilib aytganda, bo‗lajak web-dizayn bo‗yicha mutaxassis 
zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda interfeysni 
loyihalashning asosiy ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak (dizaynerlarning ishi qanday 
amalga oshirilganligini, sayt yoki banner yaratish uchun qancha soat kerakligini va 
saytni qanday qilib to‗g‗ri boshqarishni tushunish). 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling