Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
04Raxmonkulov Feruz
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
287 Web-dizaynerning web-kompetentligini rivojlantirishga yordam beradigan zamonaviy grafik dizayn dasturlaridan foydalanishni o‗rganishga e'tibor berib, web- saytlar yaratishni uslubiy jihatdan ishlab chiqish va web-loyihani yaratish jarayonida badiiy didni shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Pirovard natijada, vizual kommunikatsiyalar sifatini oshirish imkoniyatlari paydo bo‗ladi. Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‗lajak mutaxassislarda web-dizayn sohasida bunday maxsus kompetensiyani shakllantirish, kasbga yo‗naltirilgan fanlar tarkibiy qismlarining mantiqiy aloqalarini o‗rnatish imkonini beradi, bu pedagogik jarayonni qurishning yaxlitligiga ta'sir qiladi. Bo‗lajak informatika o‗qituvchilarining web-dizayn bo‗yicha bilim berishdagi qiyinchiliklari o‗quv jarayonini texnik jihozlashga ham bog‗liq. Kompyuter xonalarida moddiy-texnika bazaning ma‘naviy eskirganlik holatlari, shuningdek, internetga kirish imkoniyati tufayli ushbu fan bo‗yicha kerakli muhitni yaratish, bo‗lajak mutaxassislarni faqat dars jarayonida fanga jalb qilmasdan, darsdan tashqari mustaqil o‗rganishga imkoniyat yaratib berish va aniq manbalar bilan qurollantirish muhim hisoblanadi. O‗quv jarayonida web-loyihalar ishlab chiqishda juda ko‗p dasturiy ta'minotdan (grafik va web muharrirlar) foydalaniladi. Axborot texnologiyalari dasturiy ta'minotning tez-tez o‗zgarishi bilan ajralib turadigan dinamik rivojlanayotgan maydon. Ba‘zi hollarda ularning yangi avlodlarida tubdan yangilanishlar sodir bo‗ladi. Ushbu fan sohasidagi yangiliklar kun sayin ko‗payib borayotgan bir paytda talabaning ta‘lim jarayonida belgilangan dastur bo‗yicha berilayotgan bilim, ko‗nikma va malakalar tezda ma‘naviy eskirishiga olib kelishi mumkin, bu esa hozirgi vaqtda zamonaviy web-kompetenlikni o‗zida mujassam qilishni maqsad qilgan mutaxassisga ushbu soha bo‗yicha sodir bo‗layotgan barcha voqea-hodisalardan xabardor bo‗lib, zamon bilan hamnafas harakat qilishga undaydi. Shunday qilib, bo‗lajak mutaxassis o‗z qobiliyatlarini oshirish uchun ushbu fan sohasida bo‗layotgan yangiliklarni izchil kuzatib borishi kerak. Pedagogika oliy ta‘lim muassasalari informatika o‗qitish metodikasi yo‗nalishi talabalari uchun o‗qitiladigan web-dizayn fanining dasturi mazmunida nafaqat web muharrirlarni o‗rganishga yo‗naltirilgan bo‗lishi, balki quyida keltirilgan bilim, ko‗nikma va malakalarni bo‗lajak mutaxassisga o‗rgatish kerak. Har bir muharrir qanday ishlashini bilish yetarli emas. Web-sayt yaratish bo‗yicha bilimlar bilan darhol web-saytni ishlab chiqish bo‗yicha amaliy ishlarni boshlash nojoiz. Web- dizayn nima ekanligini, web-dizaynerning ishi qanday tashkil qilinishi, mijozlar nimani kutishlarini va g‗oyalarni qanday izlash kerakligini tushunish muhimdir. Web-sayt yaratishda modulli ko‗rinishda ishlash va o‗z modulini yaratish, rang va shrift kompozitsiyasi xususiyatlarini bilish; UX (Foydalanuvchi tajribasi) va UI (Foydalanuvchi interfeysi) bilan ishlash, mobil va web-dizayn o‗rtasidagi farqni bilish va boshqalar. Buning uchun esa ushbu fanni o‗rganishga tegishli soatlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling