Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 71.47 Kb.
|
tafakkur va nutq psixofizologik asoslari orgnal
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Bajardi
- MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………….....3 I BOB NUTQ JARAYONLARINING PSIXOFIZIOLOGIYASI.….5 1.1
- Mavzuning dolzarbligi
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI ____________________________________________________________________________________________________________________________________ mavzusidagi KURS ISHI Bajardi:_________guruh talabasi _______________________________ _______________________________ Rahbar: “__________________________________” kafedrasi ___________________________________ _______________ (imzo) TOSHKENT-2023 MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………….....3 I BOB NUTQ JARAYONLARINING PSIXOFIZIOLOGIYASI.….5 1.1 Nutqning anatomik-fiziologik asoslari…………………………….…5 1.2 Nutq turlari va shakllari……………………………………………...9 II BOB TAFAKKURNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI…...20 2.1 Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkurningning nerv-fiziologik asosi..202.2 Tafakkur va nutqning bog‘langanligi………………………………..24 Xulosa……………………………………………………………………28 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….30 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʻlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni boʻyicha: bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlariga ehtiyojga qarab umumtaʻlim maktablarida faoliyat yurituvchi hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi tajribali psixologlar fuqarolik-huquqi asosida jalb etib kelinmoqda. Farmon ijrosi boʻyicha 2021/2022 o‘quv yilida psixologiya sohasidagi taʻlim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshirildi. Shu bilan birga yetishib kelayotgan yosh psixologlarni ilmiy jihatdan salohiyatini oshirish va nazariy bilimlarini mustahkamlashlari uchun belgilangan reja asosida mustaqil izlanishlarga yoʻnaltirilmoqda. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda. Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so‘zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o‘ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo‘lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog‘ri bo‘lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o‘rganib kelayotgan sohadir.Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog‘liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko‘zga tashlanadigan o‘zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo‘ladi. Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Biron narsa to`g`risida tafakkur qilish jarayonida fikr paydo bo`ladi, bu fikrlar insonning ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli avvalo bizning idroklarimiz va fikrlarimizning voqelikka qanchalik muvofiq bo`lishini, bo`lar haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z ifodasini topadi. Download 71.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling