Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Tafakkur va nutqning bog‘langanligi


Download 71.47 Kb.
bet9/10
Sana26.01.2023
Hajmi71.47 Kb.
#1125629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tafakkur va nutq psixofizologik asoslari orgnal

2.2 Tafakkur va nutqning bog‘langanligi
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Odam nutq bo‘lmasa, til vositalari bo‘lmasa fikr qilolmaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo‘lmasa nutq til boiishi ham mumkin emas.
Fanga xilof boigan burjua idealistik taiimot uchun xarakterli narsa shuki, u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo‘yadi. Masalan, psixologlarning Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur jarayonlari obrazlardan — idroklar va tasawurlardan mustaqil ravishda, shuningdek, nutq tildan mustaqil ravishda sodir boiadi, deb isbot qilmoq uchun, buni hatto tajriba qilib ko‘rsatishga ham urinib ko‘rdilar.
Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur boiishi mumkin, degan idealistik taiimot butunlay asossiz taiimotdir. Tafakkur idrok va tasawurlardan mustaqil sur’atda o‘sa olmaydi. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi.
Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta’riflarimiz, xulosalarimiz til materiallari va gaplar yordami bilan ifodalanadi. Til materiallari va gaplar vositasi
bilan analiz va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi. Til materiallari bo‘lmas a, biz hatto eng oddiy hukmni ham o‘zimiz uchun ifodalay ololmaymiz — biz shu onning o‘zida idrok qilib turgan buyumlar to‘g‘risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytolmaymiz. Biz so‘zlar bo‘lmas a, bitta ham tushunchani fikrimizga joylashtira olmaymiz.
Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o‘z fikrlarini ayta oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bogMaganlarida, tafakkur natijalarini va o‘tmish ajdodlarning bilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlarini til yordami bilan o‘zlashtirib oladilar va ayni vaqtda o‘z fikrlarini va bilimlarini avlodlariga topshiradilar.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan bo‘ladigan nutq aloqalarida oksdi — tafakkurning mantiqiy shakllari ishlab chiqildi.
Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan bo‘ladigan nutq aloqalari jarayonida o‘sib boradi. Lekin biz tafakkur, nutq va til bir-biriga chambarchas bogMangan deganimizda shuni ham nazarda tutishimiz kerakki, nutq bilan tafakkur aynan bir narsa emas, nutq bilan tafakkurni, fikr bilan tilni bir-biriga aynan teng deyish yaramaydi. Biz ba’zi buijua psixologlarining tafakkur bilan nutq aynan bir narsa, deb da’vo qiluvchi soxta taMimotini qat’iyan rad qilishimiz lozim.
Amerika psixologiyasi deb atalgan oqimining namoyandalari bo‘lgan bixevioristlar nutq bilan tafakkur bir-biriga aynan teng bir narsa degan mana shunday mexanistik ta’limotni, fanga butunlay xilof bo‘lgan ta’limotni targMb qilishga, ayniqsa, zo‘r berib urindilar. Ularning ta’limotiga ko‘ra, tafakkur nutqdan iborat bo‘ladi. Faqat nutqning o‘zigina real mavjuddir. Tafakkur esa u ham o‘zi bir nutqdir, lekin tovushsiz yoki tormozlantirilgan nutqidir. Bixevioristlaming ta’limotiga ko‘ra, nutq nerv-muskul harakatlaridan tarkib topadi, u alohida ko‘nikmalardan iboratdir, demak, tafakkur ham faqat mana shu malakalardan iborat bo‘lishi lozim. Shu ta’limotga qaraganda, biz muskullar yordami bilan fikr qiladigan bo‘lib chiqamiz. Bixeviorislarning shu ta’limotiga ko‘ra, tafakkur muammosining o’zi ham bo‘lishi mumkin emas, tafakkur masalasi batamom nutq masalasining o‘zi bo‘lib qoladi. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa, degan ta’limotni burjua psixologlari tafakkurning rcalligini rad qilmoq uchun, shu bilan birlikda, mchnatkash kishilarning faoliyatida ongning faol roli borligini ham rad qilmoq uchun obylab chiqardilar. Bixevioristlaming tafakkur nutqdan iborat, degan bu taMimoti voqelikka butunlay zid taMimotdir. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa emasligini ko‘rsatadigan juda ko‘p faktlar bor. Masalan, ma’lumki, boshqa birovning nutqini tushunib olishda ba’zan birmuncha qiynalamiz. Odatda, biz, boshqa birovning nutqini eshitayotganimizda yoki yozma nutqni ichimizda o‘qiyotganimizda, shuningdek, boshqa birovning nutqini baland ovoz bilan takrorlayotganimizda, bu nutqlarda ifodalangan fikrlarni ayni shu vaqtda tushunib ololmaymiz.
Ko‘pincha, hamma nutq organlari to‘la-to‘kis harakat qiladi (to‘g‘ri talaffuz qiladi), lekin bunda ham nutqdagi fikrni ayni shu vaqtda darrov tushunib boMmaydi. Ba’zan nutqni tushunmoq, ya’ni uning ma’nosini bilib olmoq uchun aniq ta’riflarni (og‘zaki yoki yozma) bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.
Agar nutq bilan tafakkur aynan bir narsa bo‘lganda edi, boshqa birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq, tushunib olingan bo‘lur edi. Modomiki, birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq tushunib bo‘lmas ekan, binobarin, tafakkur bilan nutqni ham aynan bir narsa deb boMmaydi.
Shunday ham bo‘ladiki, ayni bir fikrning o‘zini turli odamlar va ayni bir kishining o‘zi turli hollarda, turli so‘zIarda, turli iboralarda ifodalaydi. Misol uchun matematikaning quyidagi ta’rifini ko‘rsatish mumkin: plus-plusga ko‘paytirilganida va minus-minusga ko‘paytirilganida plus hosil bo‘ladi, plus minusga ko‘paytirilganida esa minus hosil bo‘ladi. Shu fikrning o‘zi boshqa bir iborada ifodalanishi mumkin: bir xildagi alomatlarga ega bo‘lgan raqamlar bir-biriga ko‘paytiriIganda musbat raqam hosil boiadi, alomatlari turlicha bo‘lgan raqamlar bir-biriga ko‘paytirilganida manfiy raqam hosil bo‘ladi. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa bo‘lganida edi, bunday hodisalaming bo‘lishi mumkin bo‘lmas edi.Tafakkur bilan nutq o‘rtasida farq borligini shu faktdan ham bilish mumkinki, ayni bir fikrni grammatik tuzilishi turlicha bo‘lgan turli tillarda (masalan, rus, o‘zbek, xitoy va boshqa tillarda) aynan bir m a’no bildira-digan qilib ifodalash mumkin.
Agar til bilan tafakkur aynan bir narsa bo‘lganida edi, u holda hamma tillarda grammatik tu/.ilish ham aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak edi, yoki har qaysi millatda shu millat filming grammatik tuxilishiga muvofiq ravishda, tafakkur shakllarining tuzilishi ham turlicha bo‘lishi kerak edi. Har bir xalqda o‘ziga xos manliq bo‘lishi lozim edi. Lekin bunday holda, turli millat odamlarining bir-birlarini tushunishlari mumkin boMmadi, aynan bir fikrni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish mumkin boMmadi. f'il bilan lafakkurning bevosita aloqasi laqat tilning tafakkur uchun bo‘lgan ahamiyatidagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, tafakkurning til uchun bo‘lgan ahamiyatida ham ifodalanadi. Tafakkurning taraqqiyot larixida tilning roli qanchalik kalta boMsa, tilning taraqqiyot larixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. Grammatika qonunlarini, shakllarini va qoidalarini tuzishda hamda ularning takomillashib borishida tafakkur, ayniqsa, katta ahamiyatga ega boiadi.


XULOSA
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo‘lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda. Shunday qilib, tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqt­da bu ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, bir-birini taqozo qiluvchi va bir-biridan tashqarida voqe bo‘lmaydigan va o‘sa olmaydigan hodisadir. Nutq va tafakkur bir-biri bilan dialektik birlik asosida bog‘langandir. Har bir kishidagi tafakkurning o‘sishi shu kishi nutqining o‘sishi bilan bab-baravar bo‘lganidek, shu kishi nutqining o‘sishi ham undagi tafakkurning o‘sishiga bog‘liq bo‘lgan. Grammatika shakllari va qoidalarini o‘zlashtirish jarayonining o‘zi odamning o‘z tafakkurini zo‘r berib ishlatishini talab qiladiki, bu hammaga malumdir. Nutq bilan tafakkurning birligini Pavlovning ikkinchi signal sistemasi to‘g‘risidagi ta’limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga o‘zaro ta’sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil qiladi. Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat Tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham Tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar Tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya Tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari Tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.


Download 71.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling