Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 236.75 Kb.
|
suv omborlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning maqsadi va vazifasi
- Kurs ishning tuzilishi
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butunmamlakat miqyosida ta‘lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohada talay muammolar yig‘ilib qolganini ko‘rsatdi.
Kurs ishning maqsadi va vazifasi: Kurs ishida O’zbekiston suv omborlariga umumiy gidrologik tavsif va uning muammolarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi va quyidagi vazifalar rejalashtirildi: 1. Suv omborlar haqidagi adabiyotlarni o‘rganish. 2. O’zbekiston suv omborlarida joylashgan suv omborlar bilan tanishish. Kurs ishning tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, 2 ta BOB reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan birga jami 37 betdan iborat. I BOB. O’ZBEKISTON SUV OMBORLARIGA UMUMIY TAVSIF 1.1. O’zbekistonda suv omborlari va ularning geografik tarqalishi 1940 yili Zarafshon daryosi vodiysida Kattaqo’rg’on suv ombori qurilishi boshlandi. Bu O’zbekistondagi birinchi suv ombori bo’lib, uni to’ldirish 1941 yilning yanvarida boshlandi. Xuddi shu yili Farg’ona vodiysida O’rtato’qay 11 (Kosonsoy) suv ombori hamda Turkmanistonda Tedjen–1 suv omborlari qurilishi boshlandi. 1941 – 1950 yillar mobaynida Kattaqo’rg’on – 662 mln.m3 , O’rtato’qay (Kosonsoy) – 100 mln.m3 , Tedjen-1 – 150 mln.m3 , Qamashi – 17,6 mln.m3 , Farxod – 330 mln.m3 kabi suv omborlari foydalanishga topshirildi. O’rta Osiyoda 1950 yildan boshlab suv omborlari qurilishi jadal sur‘atlarda o’sdi.1950 – 1960 yillarda 15 nafar suv omborlari qurilishi boshlandi. Jumladan, O’zbekistonda 5 ta: Uchqizil (1954 y), Quyimozor (1957 y), Degress (1958 y), Toshkent (1959 y), Chimqo’rg’on (1959 y); Qirg’izistonda 5 ta, Tojikistonda 2 ta, Turkmanistonda 3 ta. Shunday qilib 1951-1960 yillarda O’rta Osiyodagi suv omborlari soni ikki martaga, umumiy sig’imi esa to’rt marotaba oshib 8387,4 mln.m3 ni tashkil qildi. O’rta Osiyo suv omborlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish sur‘ati keltirilgan. 1 Sug’oriladigan maydonlarni kengayishi, qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish, yerlarning meleorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o’zlashtirish, suvdan energetika maqsadlarida foydalanish hamda suv oqimlarini rostlash maqsadlarida yirik suv omborlari tashkil etish yo’lga qo’yila boshlandi. 1960-1970 yillari O’rta Osiyodagi suv omborlari soni 23 taga, 1970-1980 yillari esa 21 taga ko’paydi. Jumladan, Qirg’izistonda 15 ta, O’rta Osiyoda eng yirik Toktagul suv ombori -19500 mln.m3 (1974 y) , O’zbekistonda 17 ta, Janubiy Surxon -800 mln.m 3 (1962 y); Charvoq -2006 mln.m 3 (1970 y), Andijon -1900 mln.m 3 (1978 y), Talimarjon -1525 mln.m 3 (1974 y), Tojikistonda 5 ta, O’rta Osiyoda eng baland to’g’onga ega bo’lgan suv omborlari Nurek -10500 mln.m 3 (1974 y), Turkmanistonda 7 ta, Xauzxon -875 mln.m 3 (1962 y) va Kopetdog’ -550 mln.m 3 (1976 y) kabi suv omborlari foydalanishga topshirildi. Shunday qilib 1990 yillarga kelib O’rta Osiyoda umumiy sig’imi 48950,3 mln.m 3 bo’lgan 76 ta suv ombori barpo etildi. Albatta, hozirgi kunda inshootlari aniq hisoblangan holda, zamonaviy texnikalar yordamida, yangi qurilish ashyolaridan foydalanib qurilmoqda. O’zbekistonda 300 ga yaqin yirik gidrotexnik inshootlar, shu jumladan 20 mlrd.m3 suv sig’diradigan 55 ta suv ombori, 65 ga yaqin yirik gidrouzellar, minglab kichik gidrotexnik inshootlari bilan 27 ming km uzunlikdagi 60 magistral va xo’jaliklararo kanallar foydalanib kelinmoqda. Dunyodagi barcha mamlakatlarda juda ko’plab suv omborlari daryo vodiylarida joylashgan. Ularning umumiy maydoni bir necha ming km2 larga teng. 1) Vaqtinchalik suv oqimlarida joylashgan suv omborlari ko’proq arid iqlimga ega mamlakatlarda yoki musson iqlimli hududlarda, hamda subnival iqlimli tog’li hududlarda barpo etiladi. Davriy oqimlarda joylashgan suv omborlarini kattalari asosan Janubi-Sharqiy Hindistonda, Shri-Lankada, Shimoliy Afrika va Arabistonning tog’oldi cho’llari va yarim cho’llarida joylashgan. Ularning to’yinishida tog’larga yog’gan qorlarning erishi muhim ahamiyat kasb etadi. 2) Quyilma suv omborlariga asosan kanallar orqali daryolarning ortiqcha suvlar yig’iladigan va tanlangan hududlarda qurilgan suv omborlari kiradi. Bu guruhdagi suv omborlarni to’ldirish suv keltiruvchi kanallar orqali amalga oshiriladi. Bunday suv omborlarga misol tariqasida Respublikamizda joylashgan Kattaqo’rg’on, Talimarjon, Quyimazor va boshqa suv omborlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. 3) O‘zanli suv omborlari ma‘lum bir yoki bir nechta daryolar o’zanida barpo etilgan suv omborlar bo’lib, ular daryo oqimini vaqtincha havzasida to’plab so’ng taqsimotni amalga oshirishga mo’ljallangan. Ba‘zi o’zanli suv omborlari daryoda bo’ladigan sel-toshqinlardan quyi b‘efdagi aholi, ishlab chiqarish xududlarini va boshqalarni himoyalash maqsadida barpo etiladi. Bunday suv omborlar selsuv ombori ham deb yuritiladi. 4) Tashlama suvlar bilan to‘yinadigan suv omborlari, bu guruhdagi suv omborlari sug’oriladigan yerlarning sathidan pastroqda, qaytgan suvlarni yig’ish maqsadida quriladi. Bunday tashlama suvlar bilan to’yinadigan suv omborlarga misol qilib Xorazm viloyatidagi Sariqamish ko’lini keltirish mumkindir. 5) Ko‘l-Suv omborlar (rostlanadigan ko‘llar), asosan bunday suv omborlari ko’llarni tabiiy suv almashinuvini sun‘iy rostlash orqali hosil qilinadi. Odatda ko’lsuv omborlarini qurishda ko’ldan oqib chiqayotgan daryoga to’g’on qurish orqali erishiladi. 2 Ba‘zi hollarda esa ko’l-suv omborlar har xil daryo havzalariga tegishli bir nechta ko’llarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Er yuzasida ko’llarni rostlash orqali hosil qilingan bir necha ming suv omborlari mavjud. Ularning aniq sonini bilish qiyin, chunki kichik ko’llar baland bo’lmagan to’g’onlar orqali sathi ko’tariladi, bunday to’g’onlar Jahon to’g’onlar registrida ro’yxatdan o’tmaydi. Rostlanadigan ko’llarning boshqa turdagi suv omborlaridan ustun tarafi shundaki, unchalik sezilarli bo’lmagan dimlash orqali kichik maydonni egallagan holda ko’p hajmdagi suvni yig’ish mumkinligidadir. Suv omborini tashkil etilish maqsadiga ko‘ra tavsiflanishi: Suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad inson manfaatlari va uning yashash sharoitini yaxshilashdan iboratdir. Shuning uchun barcha qurilgan va qurilajak suv omborlari insoniyat foydalanishi yoki ularga samara keltirishi hamda suv omborini ekspluatatsiyasi hisobidan suvga bo’lgan talabdagi qiynchiliklarni bartaraf etish ko’zda tutiladi. Shuning uchun suv omborini tashkil etilishi (qurishdan) turlicha 16 maqsadlarni o’z ichiga oladi, ya‘ni suv omborlari sug’orish (irrigatsiya) maqsadida, energitika (GES lar) maqsadida, sug’orish va energitika yoki energitika va sug’orish maqsadida, suv ta‘minoti, baliqchilik maqsadida, sug’orish va seldan himoyalash maqsadida va rekreaksiya (dam olish zonalari, plyajlar va x.k.) maqsadida barpo etiladi. Suv omborlarining geografik joylashuviga ko‘ra turlanishi: Suv omborlarini xo’jalik talabiga qarab, uning relef va oqim sharoitlari to’g’ri keladigan istalgan geografik zonada barpo etish mumkin. Lekin ularning gidrologik, gidrokimyoviy va biologik rejim xususiyatlari mintaqa faktorlariga bog’liq bo’ladi. Yangi suv omborlarini qurishda, uning tabiiy jarayonlarni bashoratlashda va ushbu maqsad uchun tegishli havzani tanlashda birinchi navbatda ularning geografik joylashishi inobatga olinishi shart. Suv omborlari faqat arktik, antarktik va subantarktik mintaqalardagina mavjud emas. Faqatgina subarktik mintaqada bir nechta va ekvatorial mintaqada unga nisbatan ko’proq suv omborlari mavjud. Suv omborlari asosan subtropik va tropik mintaqalarda loyihalanadi va barpo etiladi. 3 Mintaqaviy faktorlardan eng muhimi relefdir. Suv ombori qirlar, adirli tekisliklar, tog’oldi, plato, tog’ vodiylari va dara relef chegaralarida barpo etilishi mumkin. Suv ombori barpo etilayotgan hudud relefidan kelib chiqqan holda bosim, hajm va suv ostida qoluvchi er maydoni, suv ombori morfometriyasi va morfologiyasi, qisman suv omborini to’ldirish va uni ishlatish belgilanadi. Jumladan respublikamizning hududi geografik jihatdan xar hil sharoitda bo’lganligi bois qurilgan suv omborlar ham geografik joylashuv jihatdan turlichadir. Suv omborlari geografik jihatdan joylashuvigi ko’ra quyidagi tiplarga bo’linadi: Tekistlik va pasttekisliklardagi suv omborlar; Tog’oldi hududdagi suv omborlar; Tog’li hududdagi suv omborlar. Download 236.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling