Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti sirtqi 201 Biologiya yo‘nalishi talabasi Ortiqova Ra'noning Axbarot texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qo‘llash fanidan tayyorlagan mustaqil ishlari


Download 1.63 Mb.
bet9/11
Sana13.09.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1676629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ortiqova Rano mustaqil ishlar

Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o`qitishga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko`zda tutadi.

Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 1. Pedagogik dasturiy vositalar – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi. 2. Pedagogik dasturiy vositalar o`quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta`minlashi. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlikning hisobga olinishi. 3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta`lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o`quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qo`llash asosida o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish ko`nikma va malakalarini shakllantirishda o`quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko`proq ma`lumotlarni yoritishga intilishi o`quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O`z navbatida ma`lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma`lumotlarni o`zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o`quvchining o`zini his qilishi va sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi.

Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Pedagogik texnologiya XX asrning oxirlarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqalib, nufuzli YUNESKO tashkiloti tomonidan ham tan olindi va qo’llab- quvvatlandi. Hozirda ko’pgina mamalakatlarda muvoffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Ko’pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishdilar Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi. Pedagogik texnologiya yordamida 3- ming yillikda O’zbekiston ta`lim-tarbiya tizimida ham tub o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchi- o’quvchi faoliyati yangilanishi, yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantirilishi ko’zda tutilmoqda. Veb 3.0 - bu juda murakkab ma'noda oddiy atamadir, shuning uchun "Veb-3 nima" degan oddiy savol sizga o'nlab turli xil javoblarni qabul qilishi mumkin. Veb 3.0-ni baholash uchun ta'rifi yoki metrikani tushirishda eng katta qiyinchiliklardan biri bu veb-2.0 haqida bilgan narsalarga nisbatan aniq, aniq ta'rifi yo'qligi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling