Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar
Download 0.98 Mb.
|
Abduraupova Shaxzoda 301-guruh Kimyoviy reaktorlarni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalitik krekinglash qurilmasining reaktor va regeneratorlari
Reaktorlarning tuzilishi
Berilgan neftkimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan reaktor rusumini tanlashda quyidagi omillar hisobga olinadi: katalizatorni ishlatilishi, uning xossalari va sarfi; jarayonning termodinamik holati – kimyoviy reaksiyani adiabatik, izotermik yoki politropik sharoitda olib borilishi; reaksiya zonasida berilgan harorat rejimini ta’minlash uchun qo‘llanilinadigan issiqlik almashinish uslublari; issiqlik tashuvchi agentlarning xossalari; jarayonni amalga oshirish rejimi (davriy yoki uzluksiz). Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida katalitik jarayonlar uchun adiabatik reaktorlar, etilenning polimerlanishi uchun politropik rejimda ishlaydigan reaktorlar, izobutanni butilen bilan alkillashga mo‘ljallangan reaktorlar, katalitik jarayonlar uchun harakatchan nasadkali reaktor bloklari, vakuum-distillyatlarni qayta ishlash uchun changsimon katalizatorli reaktorlar, katalitik kreking qurilmasi uchun reaktor-regenerator bloklari va boshqalar keng ishlatiladi. Katalitik krekinglash qurilmasining reaktor va regeneratorlari Katalitik kreking jarayon tezligini oshirishga ijobiy ta`sir ko’rsatuvchi katalizatorlar ishtirokida boradi. Bunday jarayonlar 450-5000S temperaturada va 0,05-0,15 Mn/m2 bosimda amalga oshiriladi. Kerosin va dizel yoqilg’isi distilyati, qoldiq mahsulotlar (mazut va boshqalar) kreking jarayoni uchun xom-ashyo bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon asosan yuqori oktanli benzin, gaz va gazoyl olishga mo’ljallangan. Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash zavodlarida asosan ikki tipdagi katalitik kreking qurilmalari ishlatiladi: 1. Kreking jarayoni va katalizatorning tiklanishi katalizatorning yahlit qatlamida amalga oshiriladigan qurilmalar (sharsimon katalizatorlar ishtirokida). 2. Kreking jarayoni katalizatorning mavhum qaynash holatida tashkil qilinadigan qurilmalar (kukunsimon katalizatorlar ishtirokida). Katalizator sirkullyasiyasi bo’ladigan qurilmalarda jarayon shahta tipidagi apparatlarda amalga oshiriladi. Bunda 3-5 mm li sharsimon katalizatorlar apparatning yuqorisidan pastga qarab uzluksiz oqim hosil qiladi. To’g’ri yo’nalishli reaktorlarda katalizator va xom-ashyo bir yo’nalishda harakatlanib kontaktda bo’ladi. Har qaysi qurilmaning reaktor bloki reaktor, regenerator va katalizatorni uzatish tizimidan iborat bo’ladi. Kukunsimon va mikrosirtli katalizatorlar ishtirokidagi qurilmalar keng tarqalgan. Mavhum qaynash rejimi apparat konstruksiyasini va katalizatorni uzatish tizimini soddalashtirish imkonini beradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling