Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar
Download 0.98 Mb.
|
Abduraupova Shaxzoda 301-guruh Kimyoviy reaktorlarni
Sirkullyasiyalanadigan sharikli katalizatorli qurilma apparatlari
Rektor bloki sxemalari reaktor va regeneratorning balandlik bo’yicha o’zaro joylashuviga bog’liq. Hozirda katalizatorni bir karra ko’tarishli sxemalar keng ishlatilmoqda. Bu sxema bo’yicha reaktor regeneratorning pastida yoki aksincha joylashtiriladi. Boshqacha joylashtirishda katalizatorni ikki karra ko’tarish talab qilinadi. Katalizatorni bir karrali ko’tarish sxemasining farqli belgisi shundan iboratki, ularda reaktor bloki balandligi 100 m.gacha bo’ladi. Reaktorlar. To’g’ri yo’nalishli shariksimon katalizatorli reaktor qurilmalari har biri alohida vazifani bajaradigan oltita zonaga ega ( 1-rasm). Yuqori bunkyerdan katalizator o’z oqimi bilan silindr shaklidagi taqsimlash moslamasiga beriladi. Moslama katalizator oqimini apparatning reaksiya zonasiga bir tekis taqsimlash vazifasini bajaradi. Shu maqsadda unda taqsimlash quvurlari o’rnatilgan. Katalizator yig’gichga reaksiya mahsulotlarining chiqib ketishiga to’sqinlik qiluvchi inert gaz beriladi. Xom-ashyoni kiritish zonasi konstruksiyasi apparatga berilayotgan xom-ashyo sifati va holatiga bog’liq. Jarayon yahshi borishi uchun katalizator shariklari ustiga xom-ashyo bir tekis socxilishi lozim. Katalitik kreking reaksiyasi reaksion zonada issiqlik yutilishi bilan boradi. Shuning uchun ham katalizator va reaksion aralashma temperaturasi pasayadi. To’g’ri yo’nalishli oqim regenerasiyalangan katalizatorning ortiqcha issiqligidan xom-ashyoni isitish va bug’latish imkonini beradi. Kreking jarayoni etarli darajagacha davom etishi uchun xom-ashyo va katalizatorning kontakt vaqtidan kelib chiqqan holda reaksion zona hajmi aniqlanadi. Reaksion zona pastida reaksiya mahsulotlari va parchalanmagan xom-ashyo bug’larini ajratish zonasi joylashgan. Ajratish zonasi reaksiya bug’larini chiqarish va katalizatorni kiritish quvurlari o’rnatilgan tarelkalardan iborat. Tarelkalar mustahkamligini oshirish uchun ularga po’latdan tayyorlangan qovurg’alar o’rnatiladi. Katalizator tirqishlardan o’tib ketmasligi uchun, tarelka gardishi bo’ylab asbest iplar yordamida zichlanadi. Quvur to’ri katalizator og’irligining vertikal tashkil etuvchisi ta`sirida egiladi. Bu kattalik Rk quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling