Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar
Download 0.98 Mb.
|
Abduraupova Shaxzoda 301-guruh Kimyoviy reaktorlarni
Kimyoviy reaktorlar
Kimyoviy reaktor deb massa uzatish (diffuziya) bilan bog'liq kimyoviy reaksiyalar mujassamlangan kimyoviy texnologik jarayonlar amalga oshiriladigan qurilma (apparat)ga aytiladi. Gaz-qattiq va suyuq - qattiq tizimdagi jarayonlar amalga oshiriladigan reaktorlarga sanoatda ishlatilayotgan xumdonlar (pech), kontakt qurilmalar, sintez kolonnalari, aralashtirgichli reaktorlar kiradi. Gaz-suyuqlik tizimida mexanik, purkagichli va siqilgan havo (pnevmatik) yordamida aralashtirishga asoslangan reaktorlardan foydalaniladi. Ma'lum bir kimyoviy reaktorga turli xil, ba'zan bir - biriga zid keluvchi bir qancha talablar qo'yiladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Ishning yuqori unumdorligi va tezkorligi. Qurilmaning ish sur'ati uning birlik vaqtida hosil bo'lgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi: I =G /Vкк/ м3соат = УСЕК GПК / VP=VQ GПК (11.1) bu erda: G - vaqt birligida olingan mahsulot miqdori, kg/soat. Vр - qurilmaning reaksiya ketadigan hajmi, m3 СПК - mahsulotning qurilmadan chiqishdagi (jarayonning oxiridagi) konsentrasiyasi. УСЕК - aralashmaning 1 soatdagi sarfi, m /soat. VQ - oxirgi hajmiy tezlik, С-1 2. Reaksiya natijasida mahsulotning ko'proq chiqishi va jarayonning eng yuqori tanlanishi (texnologik maromning eng maqbul ko'rsatkichlari bilan ta'minlanadi). 3. Qurilmaga materiallarni tashib solish va aralashtirishga eng kam miqdorga energiya sarfiyoti hamda ekzotermik reaksiyalari natijasida ajralib chiqadigan issiqlik yoki reaksiyaga kirishadigan moddalarning eng maqbul haroratda qizdirilishini ta'minlash uchun qurilmaga beriladigan issiqlikdan samarador foydalanish. 4. Boshqaruvda engillik, maromning barqarorligi va ish xavfsizligi. 5. Qurilmalarni yasash va ta'mirlash bahosining pastligi, tuzilishining (konstruksiyasining) oddiyligi, ularni yasashda arzon materiallar ishlatish. Odatda, davriy (yopiq tizim) jarayonlarni olib borishda yuqori tezkorlik, ochnk zanjirsimon tizmalarda esa xom ashyoning yuqori o'zgarilish darajasi ma'qul ko'riladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling