Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar


-rasm. Alkillash uchun turboaralashtirgichli gorizontal reaktor


Download 0.98 Mb.
bet24/24
Sana24.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1115537
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Abduraupova Shaxzoda 301-guruh Kimyoviy reaktorlarni

16-rasm. Alkillash uchun turboaralashtirgichli gorizontal reaktor: 1–qobiq; 2–sirkulatsiya uchun quvur; 3–qaytaruvchi to‘siqlar; 4–quvurlar o‘rami; 5–propellerli aralashtirgich; 6–uzatma. Oqimlar: I–sovituvchi agent; II–reaksiya mahsulotlari; III–kislota; IV–xomashyo.

Ekzotermik reaksiya paytida ajralib chiqayotgan issiqlikni yo‘qotish uchun sirkulatsion quvur ichiga U-simon issiqlik almashinish quvurlari (4) joylashtirilgan. Sovituvchi agent sifatida kislotadan ozod bo‘lgan reaksiyaning bug‘lanayotgan mahsulotlaridan foydalaniladi.


Reaktorlarni hisoblash tartibi
Reaktorlarni hisoblash uchun eng avvalo berilgan uskunada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan neftkimyoviy jarayonning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, reaktordagi ish ko‘rsatgichlari, fazalarning harakat tezliklari, issiqlikni uskunaga olib kirish va uni uzatish usullari, materiallarni tanlash, uskunaning konstruktiv tuzilishidagi alohida tomonlari va boshqa ko‘rsatgichlar aniqlanadi. Biroq har qanday sharoitda ham reaktorni hisoblash qo‘yidagi asosiy bosqichlardan iborat bo‘ladi:

    1. Termodinamik hisoblash natijasida jarayonni amalga oshirish uchun eng maqbul shart-sharoitlar (bosim, harorat va boshqalar) va xomashyoni o‘zgartish darajasi aniqlanadi.

    2. Kinetik hisoblash uskunaning reaksion hajmini aniqlash uchun amalga oshiriladi.

    3. Moddiy hisoblashdan asosiy maqsad uskunaga kirayotgan yoki undan chiqayotgan oqimlarning miqdorini aniqlashdan iborat.

    4. Issiqlik hisobi orqali issiqlikni uzatish yoki uni kiritish miqdori, issiqlik tashuvchining sarfi, issiqlik almashgichning yuzasi topiladi.

    5. Uskunani gidravlik hisoblash orqali oqimlarni uzatish uchun sarflanadigan energiya miqdori va ayrim uzellarining o‘lchamlari topiladi.

    6. Uskuna va uzellarni mexanik hisoblash natijasida uning konstruktiv tuzilishi aniqlanadi.

Reaksiya jarayonini va uskunaning rusumlariga ko‘ra, hisoblash va uni detallashtirish hajmi har bir aniq neftkimyoviy jarayon uchun turlicha bo‘ladi. Tanlab olingan jarayon uchun tajriba yo‘li orqali olingan ma’lumotlarning to‘la borligi reaktorni hisoblashda katta ahamiyatga molikdir. Reaktorlarni to‘la hisoblash uslublari maxsus adabiyotlarda batafsil keltirilgan. Hisoblash paytida kerak bo‘ladigan ba’zi tenglamalarni keltiramiz. Masalan, agar berilgan kimyoviy jarayonni oldindan ma’lum bo‘lgan o‘zgartirish darajasi bilan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan reaksiya davomiyligi τ ma’lum bo‘lsa, reaksion hajm quyidagi nisbat orqali topiladi:

V Vτ
P ε

, ( 4)


bu yerda, V – berilgan harorat va bosimda reaksiya paytida o‘zaro ta’sir qilgan moddalarning hajmi, m3/s; τ – reaksiyaning davomiyligi, s; ε – reak-sion hajmdagi erkin bo‘shliq ulushi (nokatalitik jarayonlar uchun ε = 1).


( 4) tenglamadan amaliyotda foydalanish bir qator qiyinchilik tug‘diradi, chunki ko‘pchilik neftkimyoviy jarayonlar uchun τ va V ni aniqlash qiyin masala hisoblanadi. Shu sababdan reaksion hajmni topishda quyidagi tenglamalardan foydalaniladi:


P
V VX
nV
VXτ



ρ
M ; ( 5)

V GX
GXτ M


n





Foydalanilgan adabiyotlar:
1.A.A. Lashinskiy, A.R.Tolchinskiy. «Osnov konstruirovaniya i raschyot ximicheskoy apparatur. L: Mashinostroenie 1970.
2. A.M.Kutepov, T.N.Bondaryova, M.G. Berengorten «Obgsaya ximicheskaya texnologiya» M. Vgsshaya shkola 1990.
3. R.S. Sokolov «Ximicheskaya texnologiya» t.1 i II M. 2000.
4. I.P. Muxlenov "Obshaya ximimcheskaya texnologiya". t.1 i II M. 1985.
5. A.F.Tubolkin., YE.S. Tumarkina i dr. «Raschyot ximiko-texnologicheskix prosessov» L., «Ximiya» 1982.
Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling