Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar


Download 0.98 Mb.
bet16/24
Sana24.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1115537
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Abduraupova Shaxzoda 301-guruh Kimyoviy reaktorlarni

Regeneratorlar. Regenerator korpusi yuqori va pastki qopqoqlari konussimon bo’lgan vertikal silindrdan iborat. Regeneratorning reaktordan asosiy konstruktiv farqi shundan iboratki, mavhum qaynash zonasida reaksiya natijasida ajraladigan issiqlikni olish uchun zmeevik kollektor quvurlari joylashtirilgan. Ba`zi reaktorlarda bu zona alohida ajratilgan holda bo’ladi. Bunday holda katalizator regeneratordan issiqlik almashlagichga o’tib, sovitiladi va yana regeneratorga qaytariladi.
Regenerator diametri 7000 mm, balandligi 21450 mm bo’lib, unda katalizatorni tiklash 580-6500S temperaturada olib boriladi. Apparat korpusi uglerodli po’latdan tayyorlanadi va ichki tomondan bir g’isht qalinligida shamot qatlami bilan qoplanadi. Korpus devori va shamot qatlami orasiga issiqlik himoya qatlami joylashtiriladi. Shamot qatlamining eyilishini oldini olish maqsadida uning sirti 6 mm qalinlikdagi po’lat list bilan qoplanadi. Ustki konussimon qopqoq himoya qatlami osma g’ishtlardan tayyorlanadi. Ayrim hollarda korpusning ichki himoya qatlami betondan ham bo’lishi mumkin. Buning uchun korpusga metall shpil’kalar payvandlanadi. Ularga armaturadan sim to’rlar o’rnatilib, 175 mm qalinlikdagi beton qatlami hosil qilinadi. Beton qatlam ustidan sim to’r tortilib, 25-30 mm qalinlikda beton yotqiziladi ( 4-rasm).
Regenerator barcha ichki qurilmalari IX18N9T markali po’latdan tayyorlanadi. Ishlatilgan katalizator apparatning pastki qismiga konussimon diffuzorli diametri 800 mm bo’lgan, taqsimlash panjarasi tomonga kengayadigan quvur orqali beriladi. Havo katalizator qatlamiga ustki qismi 10 mm diametli teshiklari bo’lgan list bilan yopilgan halqasimon to’g’ri burchakli quti orqali uzatiladi. Quti halqasimon uchastkada korpus va taqsimlash panjarasi orasiga joylashtiriladi.
Regenerator mavhum qaynash qatlamida bir soatda 1500-1600 kg koks yoqiladi. Bu jarayon katta miqdordagi issiqlik ajralishi bilan boradi. Ortiqcha issiqlik (1,4-1,6 kVt) sovituvchi zmeevik quvurlari orqali uzatiladigan bug’-suv aralashmasi yordamida olib ketiladi.
Regenerator mavhum qaynash qatlamida bir soatda 1500-1600 kg koks yoqiladi. Bu jarayon katta miqdordagi issiqlik ajralishi bilan boradi. Ortiqcha issiqlik (1,4-1,6 kVt) sovituvchi zmeevik quvurlari orqali uzatiladigan bug’-suv aralashmasi yordamida olib ketiladi.
Regenerator korpusida suv-bug’ kollektorlari pastida apparatni va katalizatorni qurilmani ishga tushirish arafasida isitish uchun forsunkalar o’rnatilgan.
Tutunli gazlar katalizator changlari bilan birgalikda apparat ustki qismiga osilgan ikki bosqichli siklon-separatorga uzatiladi. Dastlab gazlar birinchi bosqichdagi olti siklonga yuboriladi. Ularda ajratilgan katalizator uchta bunkyerda
yig’iladi va mavhum qaynash qatlamiga qaytariladi. So’ngra gazlar ikkinchi bosqichdagi oltita siklondan o’tib, katalizatordan to’liq tozalanadi. Ajralgan katalizator mavhum qaynash qatlamiga qaytariladi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling