Toshkent davlat pedagogika universiteti tarixfakultet I


Download 236.1 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi236.1 Kb.
#1618000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Eminova Z

Bu ma'lumot Domullozoda imzosi bilan qayd qilingan.
Shuningdek, Zelen tumandan 1931-yil 31-avgustda 111 ta xo’jalik, jami 470 kishidan iborat kolxozchilar quloq qilinib, O’zSSR xududidan ko’chirib yuborilgan. Umuman, rahbarlarni tozalash davrida ham kamchiliklar ro’y bergan. Jumladan, 1930-yil 2-mart kuni Toshkent okrugi bo’yicha bo'lib o’tgan yig’ilish komissiyasining xujjatlarini olib ko’radigan bo’lsak, hujjatlarni rasmiylashtirish davrida ortiqcha qog’ozbozliklar, amaldagi qonun-qoidalarga rioya qilmaslik holatlari yuz berganligini ko‘rishimiz mumkin.
Arxiv materiallari shohidlik beradiki, quloq qilish faqatgina badavlat xo’jaliklarga emas, balki o’rtaxol dehqonlarg nisbatan qo’llanilayotganligi ham ma'lum. Masalan, respublika prokuraturasi ma'lumotiga ko’ra, 1930-31 yillarda don tayorlash kompaniyasi davrida quyidagi holat yuz bergan:

Xo’jaliklar turi

Xammasi

Jazoga tortilganlar

Oqlanganlar

Quloqlar

1034

1025

9

O’rtaxollar

50

44

6

Kambag’allar

9

6

3

Mansabdor

33

29

4

shaxslar










Jami:

1126

1104

22

“Don tayyorlash” ishi yuzasidan jazoga tortilganlarning 44 foizining mol-mulki musodara qilingan. 19 foizi esa O’zbekistondan chetga ko’chirib yuborilgan.



Bundan tashqari 1930-yilda Zangiota, O’rtaovul, Boyqush qishloqlarida quloq xo’jaliklari bir qismining saylovda ishtirok etish masalasi quyidagicha hal qilinganligini ko’rish mumkin:

Zangiota qishlog’idan

  1. Xo’j ayev Mullaxo ’ja

  2. Jamoliddinov Xusamitdin

  3. Maxmudxo’jayev Toshxo’ja

1-kategoriya
3-kategoriya
3-kategoriya

O’rta ovul qishlog’idan

  1. Qo’shoqov Abdullo

  2. Qo’shoqov Yormuhammad

  3. Qo’shoqov Sulaymon 4.Shayxov Abdulla

1-kategoriya
1-kategoriya
1-kategoriya
1-kategoriya

Boyqush qishlog’idan

1 .Nazarqulov Sotti

  1. Pirmuhammadov Bo’tabek

  2. Abdukarimov B.

3-kategoriya
3-kategoriya
3-kategoriya

Agar o’rtaxol dehqonlami ijtimoiy holatini ko’radigan bo’lsak, ushbu jadvaldan ko’rish mumkinki, quloq qilish oddiy bir holga aylanib qolgan,


“kambag’allar uyushmasining” (1929-yil oktabr oyida “Qo’shchi” ittifoqi asosida ta'sis etilgan - O.N.) yig’ilishi orqali ushbu masalalar salbiy tomonga, asossiz quloq qilish tomonga yo’naltirilgani hujjatlar tahlil qilinganda ma'lum bo’ldi.
Shu tariqa, 1930-yillardan e'tiboran kolxozlarni tozalash ommaviy tus olishiga zamin tayyorlandi va kambag’al hamda o’rtaxol dehqonlarning 50 foizi shu toifaga kiritildi va kolxozdan chiqarildi. Bu kolxoz ustavini buzishdan boshqa narsa emas edi. Buyruqbozlik asosida ish olib borish, “kolxozlar begona unsurlar bilan to’lib ketgan” degan xulosa bilan ish yuritish bevosita xatoliklarni keltirib chiqardi.
Natijada, O’zSSR XKS ning soxta kollektivlashtirish masalasi bo’yicha 1931-yil 27-apreldagi komissiya hujjatida aytilishicha, kolxozlarni tozalash davrida masalaga jiddiy e'tibor berilmagan, hamda 1930-yil 1-aprelgacha bo’lgan davrda kolxozlardan 4910 kishi chiqarilgan. Shulardan, 878 tasi quloqlar, 173 tasi quloq toifasiga yaqindir, 145 tasi dindorlar, 216 tasi savdogarlar, 55 tasi ustavga bo’ysunmaganlar. Qolgan 528 tasi har xil masalada kolxozdan chiqarildi. Eng muhimi 2336 ta kishining qanday qilib kolxozdan chiqarilganligi tekshirib ko’rilganligi qayd qilingan. lekin ularning taqdiri xolisona hal qilinmagan. Ular quloqlar toifasida qoldirilganligi hujjatlarda qayd qilingan.
Shunday qilib, kolxoz qurilishi sur'atlarini suniy ravishda avj oldirish kolxozlarni, “sotsialistik asosda mustahkamlash” ko’p sonli odamlarning qurbon bo’lishiga, ularning begunoh qoni to’kilishiga sabab bo’ldi.
Qishloqda sinfiy siyosatni ishlab chiqarishda asosan oldingi yillarda o’tkazilgan axolini ro’yxatga olish ma'lumotlaridan foydalanib, soliq qonunchiligi, yer o’lchash, texnika bilan ta'minlash, kredit va kooperativ siyosat, ma'muriy amaliyot kabi sohalarda turli qaror va ko’rsatmalar ishlab chiqilgan. Ular ko’pincha joylarga kechikib borgan. Ayrim hollarda esa ularda ko’rsatilgan usullarlar qarama-qarshi bo’lgan va dehqonlarni sinf sifatida ajratishda qiyinchilik tug’dirgan.
Markaziy partiya va sovet organlari qishloq sovetlari va partiya tashkilotlariga ishongan. Biroq joylardagi partiya va sovet xodimlarining tajribasi yo’q edi va ular ko’pincha dehqonlarning ijtimoiy ahvolini aniqlashda to‘g‘ri ma'lumotlar bera olishmagan.
Umuman, jamoalashtirish o’zbek qishlog’i tarixiy rivojlanishining sog’lom jarayonlariga to’sqinlik qildi. U dehqonlarning davlat tomonidan asoratga solinishiga olib keldi. Kolxozlarga zo’rlik bilan haydab kiritilgan dehqonlar barcha asosiy fuqarolik huquqlaridan mahrum qilindilar. Shu tariqa qishloqda yangi tuzumning mustahkam asosi bo’lgan odamlar quloq qilindi.


Голованов А.А.Инатов М.Н.Трагедия форсиованной коллективизации в Узбекистане. -Т., 1997г-100-ст.


Статичесский ежегодник 1917-1932 гг.Т.2.-Т.,1934. 50,54,56,58-ст.

Download 236.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling