Toshkent davlat pedagogika universiteti tarixfakultet I
Download 236.1 Kb.
|
Kurs ishi Eminova Z
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTONDA 1925-1941-YILLARDA QISHLOQ XO‘JALIGI”
- REJA: Kirish 1-bob XX asrning birinchi yarmida O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar
- 2-bob 1925-1941 yillarda sug’orish tizimining takomillashtirilishi va yangi yerlarning o’zlashtirilishi
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati KIRISH
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI T A R I X F A K U L T E T I «O’ZBEKISTON TARIXI» KAFEDRASI 5110600 - «Tarix o’qitish metodikasi» ta’lim yo‘nalishi sirtqi bо‘lim 2-mutaxassislik 4-kurs talabasi EMINOVA ZARIFA NE’MATULLAYEVNAning “O‘ZBEKISTONDA 1925-1941-YILLARDA QISHLOQ XO‘JALIGI” mavzusida yozgan KURS ISHI Ilmiy rahbar: «O’zbekiston tarixi» kafedrasi Z.A. Ilhomov «Himoyaga tavsiya etilsin» «O’zbekiston tarixi» kafedrasi mudiri _______________________________ 2023 y. «_____» ________________ TOSHKENT – 2023 REJA: Kirish 1-bob XX asrning birinchi yarmida O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar O’zbekiston sovet hokimiyatining jamoalashtirish siyosati “Quloq”lashtirish siyosati va ularning qatag’on qilinishi 2-bob 1925-1941 yillarda sug’orish tizimining takomillashtirilishi va yangi yerlarning o’zlashtirilishi 2.1 1925-1941 yillarda O’zbekistonda yangi qishloq xo’jaligi tumanlarining tashkil etilishi va ixtisoslashuvi 2.2 Yangi sug’orish tarmoqlarining barpo etilishi va irrigatsiya ishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati KIRISH Tarixdan ma’lumki, O’zbek xalqi tarixida asoratli voqealami qoldirgan ommaviy jamoalashtirish davri ittifoq tasarrufidagi respublikalar qatori O’zbekiston xalqi tarixiy taqdirida ayanchli va sezilarli asoratlarni qoldirgan davr sanaladi. Chunki xalqimizning qariyb chorak kam bir asrlik siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti mazkur tarixiy jarayon bilan mustahkam bog’liq bo’lgan davrdir. Shu sababli, jamiyat taraqqiyotining real qonuniyatlari chuqur o’rganish zarurligi, milliy tarixdagi yuksalish va tanglik davrlarini yangicha metodologik nuqtai nazardan turib tahlil qilish, sovet mustamlakachilik tuzimining ko’rsatgan buzg’unchilik ta’siriga doir omillarini aniqlash, avvalgi mafkuraviy andozalar va eskicha tafakkur ko’rinishlarining takrorlanishiga barham berish yo’llarini belgilash, jamiyatning ma’naviy-axloqiy takomilga erishuvida tarix fanining ta’sirini kuchaytirish zarurligini inobatga olgan holda tahlil qilish muhim vazifalardan biri ekanligi kurs ishida e’tiborga olingan. Ana shu muhim ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib, kurs ishida vatanimiz tarixining og’ir mastamlakachilik o’tmishi bilan bog’liq bo’lgan sahifalarda bugungi kun nuqtai nazaridan qayta baho berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ularga murojaat qilishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlarning ilmiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, sovet hokimiyati yillarda o’tkazilgan diktatorlik siyosati oqibatida sovet hukmronligi davri tarixi nihoyatda soxtalashtirilgan holda buzib ko’rsatildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari mustamlaka o’‘tmishning haqqoniy solnomasini yaratish sohasida muayyan ishlarni amalga oshirdilar. Mustamlakachilik zo’ravonligi davri tarixi ko’p jihatdan hali “oq dog’lar” va “qora o’pirilishlar” bilan ajralib turadi. Shu jumladan sovet hukumatining O’zbekistonda amalga oshirilgan qishloq xo’jaligini yoppasiga kollektivlashtirish bu siyosat natijasida qo'llanilgan qishloq aholisiga nisbatan qo’llanilgan zo’ravonlik, aniqrog’i “qatag’onchilik siyosati” masalalari ham taaluqli ma’lumotlar tahlili keng yoritilgan. Ayniqsa, O’zbekistonda 1929-1932 yillarda amalga oshirilgan yoppasiga kollektivlashtirish siyosati va u bilan bog’liq muammolar yaqin davrgacha to’la o’rganilgan deb kelindi. Biroq, bugungi kunda respublikamizda sovet davri tarixini har taraflama, haqqoniy o’rganish natijasida qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati va amaliyoti ta’rifining bizga qorong’u bo’lib kelgan qator muammo va masalalari namoyon bo’lmoqdaki, ularni bugungi kun talablari bo’yicha har taraflama ham ijobiy, ham salbiy xususiyatlari bo’yicha o’rganish, tahlil qilish, nazariy xulosalar chiqarishga e’tibor qaratilgan va ishda o’z tasdig’ini topgan. Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda amalga oshirilgan yoppasiga kollektivlashtirishning fojeali oqibatlaridan biri bo’lgan quloqlar surguni, maxsus posyolkalar tarixini, o’zbek dehqonlarining surgundagi ayanchli turmushini bugungi kun talablari darajasida tadqiq etish va o’rganish tarixshunoslik oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Xususan, kollektivlashtirish va quloqlashtirishni amalga oshirishda, quloqlar surgun qilingan maxsus mehnat posyolkalarining ma’muriy boshqaruvida jazo organlari etakchi o'rin tutganki, bu muammoni ham tarixshunoslikning bugungi kun talablari darajasida tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda, sababi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “atan fidoyilarini eslashimiz, ularning haqqiga Qur’on o’qishimiz yaxshi an’ana. Ma’rifatparvar bobolarimiz mustaqillik uchun, xalqimiz emin-erkin yashashi uchun kurashganini bilamiz. Oxirgi yillarda butun jamoatchiligimiz harakati bilan ularning nomlarini tiklash, muzeylarni yangi namunalar bilan to’ldirish, ijod maktablarini tashkil etish bo'yicha ko'p ishlar qilinmoqda. Bularning hammasi - odamlarga tarixiy adolatni va haqiqatni yetkazish uchun xalqimiz u kunlarni bilishi va hech qachon unutmasligi, bugungi kunlarni qadriga yetish uchun” degan falsafiy fikrlaridan kelib chiqib, muammoni yanada kengroq va atroflicha tahlil etishni lozim topdik. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. T. 1. - Toshkent: O’zbekiston. 2017. Download 236.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling