Toshkent davlat pedagogika universiteti tarixfakultet I


Yangi sug’orish tarmoqlarining barpo etilishi va irrigatsiya ishlari


Download 236.1 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi236.1 Kb.
#1618000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Eminova Z

2.2 Yangi sug’orish tarmoqlarining barpo etilishi va irrigatsiya ishlari
O‘zbekistonda dehqon xo‘- jaliklarini ommaviy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog‘da yangi xo‘jaliklarga moddiy-texnik baza bo‘lib xizmat qiladigan mashinatraktor stansiyalari (MTS)ni tashkil etish bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi. O‘zbekistonda dastlabki mashina-traktor stansiyasi 1929-yilda Andijon okrugining Asaka tumanida tuzilgan, u yangidan tashkil etilgan jamoa xo‘jaliklariga texnik yordam ko‘rsatgan edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931-yilga kelib MTS lar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko‘rsatdi. MTS larning yirik dehqon xo‘jaliklariga nafi katta bo‘lganligidan ularning safi respublikada to‘xtovsiz ortib bordi. Jumladan, 1937-yilda ularning soni 163 taga, 1941-yilga kelganda esa 189 taga yetdi. Garchand yirik jamoa yerlarini ishlab berish, qo‘l mehnatini yengillashtirish, qishloqqa texnika olib kirish, texnika ilmidan qishloq mehnatkashlarini xabardor qilish, ma’lumotini oshirishda MTS lar muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, biroq bu narsa jamoa xo‘jaliklarining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish vositalari MTS lar orqali tobora davlat qo‘lida to‘plana bordi. MTS lar jamoa yerlarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan, davlat organlari tomonidan belgilanardi. MTS larning tashkil etilishi va xizmat ko‘rsata boshlashi bilan qishloqda shartli ravishda bo‘lsa-da, «ikkita xo‘jayin» — kolxozlar va MTS lar qaror topdi. Garchand har ikkalasining asosiy jilovi davlat qo‘lida bo‘lsa-da, biroq ularning biri texnika uchun va ikkinchisi qishloq xo‘jaligi sohasining qolgan boshqa ishlari uchun mas’ul hisoblanardi. Shunday bo‘lsa-da, bunday «ikki hokimiyatchilik»ning yuzaga kelishi orqasida ishlab chiqarishni tashkil etish va texnika xizmatidan foydalanishda xo‘jasizlik kelib chiqdi, ekinlar hosildorligi, chorvachilik mahsuldorligi uchun mas’- uliyatni jamoa a’zolari ham, MTS xodimlari ham o‘z zimmalariga olmadilar. Bu esa katta va keraksiz xarajatlarga sabab bo‘ldi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi azal-azaldan sun’iy sug‘orish tizimiga asoslanib kelganligidan bu sohani rivojlantirib borish asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Respublikaning asosiy ekin turi hisoblangan paxtachilikni o‘stirish ham ko‘p jihatdan shunga bog‘liq edi. Bu esa o‘lka hududlarida sug‘orish inshootlari, chunonchi, kanallar, kollektorlar, suv havzalari, suv omborlarini ko‘plab barpo etishni taqozo etardi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va ayniqsa uning yetakchi tarmog‘i — paxtachilik sohasining tezkor rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan sovet hukumati ham boshdan boshlab respublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomillashtirishga jiddiy e’tibor berib bordi. Shu maqsadda 1922-yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo‘jaligi xalq komissarligi, uning huzurida esa suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv xo‘jaligi bo‘limlari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko‘rsatib borildi. Jumladan, 1922-yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln oltin rubl hisobida mablag‘ ajratildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad sug‘oriladigan yerlarni 2 yil ichida 2 mln desyatinaga yetkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko‘plab yangi yerlar o‘zlashtirildi. Natijada 1924-yilga kelib sug‘oriladigan yerlar miqdori 2,4 mln desyatinaga, shu jumladan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga yetkazildi. Bu ishlar O‘zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldirib yuborildi. Urushgacha bo‘lgan davrda respublikada Darg‘om, Narpay, Savay, Dalvarzin, Log‘on, Katta Farg‘ona kanallari kabi ko‘plab suv inshootlari qurildi. Chirchiq—Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 1929—1933-yillarda bu sohaga 234,9 mln rubl sarflandi. 1939-yilda O‘zbekiston KP(b) Markaziy Qo‘mitasi va respublika hukumati hashar yo‘li bilan Katta Farg‘ona kanalini qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘sha yilning 1-avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Ularning 70 mingdan ziyodrog‘ini yoshlar tashkil etardi. Uzunligi 270 kilometr bo‘lgan bu kanal asosan qo‘l mehnati bilan 45 kun ichida qurildi. Unda 46 ta yirik, 274 ta kichik gidrotexnik inshootlar, 5 ta temiryo‘l va 40 ta avtomobil yo‘llari ko‘priklari barpo etildi. Holbuki, bunday kanalni barpo etish uchun Rossiya mustamlakachiligi davrida 6—8 yil, sovet davrida esa 6—8 oy kerak bo‘ladi, deyilgan edi. Amalda esa u xalq qudrati, azm-u qarori bilan atigi 1,5 oyda bunyod etildi. Bu o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan hashar usulidagi shonli, fidokor mehnatning samaralari edi. Hatto Markaz matbuotining bosh organi — «Ïðàâäà»ning 1939-yil 13-dekabrdagi bosh maqolasida shunday satrlar bitilgan edi: «Shu yilning yoz faslida uzoq Farg‘onada qilingan ish, o‘n minglab o‘zbek va tojik kolxozchilarining bir yarim oy mobaynida kanal qaziganligi butun xalqni juda quvontirdi. Ijodkor xalq, yaratuvchi xalq farg‘onalik kolxozchilarning tajribasida... mehnatdagi shunday bir yangilikni ko‘rib oldiki, bu yangilik kelajak sari qilinayotgan harakat sur’atlarini jadallashtiradi». Katta Farg‘ona kanali Farg‘ona vodiysining asosiy qon tomiri bo‘lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar bo‘z, cho‘lli yerlar o‘zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg‘ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to‘g‘oni, Qoraqalpog‘istonda Qizketgan kanali, sig‘imi 1 mln kub metr bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on suv ombori va ko‘plab boshqa suv inshootlari barpo etildi hamda foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 1937—1940-yillarda respublikada sug‘oriladigan yer maydonlari qo‘shimcha ravishda 200 ming gektarga ko‘paydi Respublikada yangi paxtachilik tumanlari va ko‘plab jamoa xo‘jaliklari tashkil etildi. Ularning ekin maydonlarining hosildorligi yil sayin ortib bordi. Shunday qilib, sovet hokimiyati va kommunistik partiya qishloqda jamoalashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog‘lik zulm va zug‘um o‘tkazmasin hamda ne-ne og‘ir sinovlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning shiddatu, azm-u qarorini so‘ndira olmadi, o‘zbek xalqi fidoyilik bilan mehnat qildi.
Икромов А. Об итогах хлопкозаготовок.// На аграрном фронте. 1933. № 6 111-112 ст.
XULOSA
Ommaviy kollektivlashtirish davri sobiq Ittifoq tasarrufidagi respublikalar qatori O’zbekiston xalqi tarixiy taqdirida ayanchli asoratlar qoldirgan davr sanaladi. Chunki xalqimizning qariyb chorak kam bir asrlik siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti mazkur tarixiy jarayon bilan mustahkam bog’liq.
Aslini olganda kollektiv xo’jalik yuritish g’oyasi soxta, real hayotdan uzilib qolgan edi. Kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon xo’jaligidan yaxshiroq, degan fikrga qat'iy asoslanib ish ko’rdilar. Chunki erdan foydalanishning jamoa tizimi markazlashgan rejalashtirishni va ko’pmillionli qishloq mehnatkashlarini boshqarishni osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy- siyosiy ishlarni butun mamlakat miqyosida tezroq amalga oshirish imkonini beradi.
Kollektiv xo’jalikka o’tish tadbiri to’g’risida (eski matbuot hamda siyosiy tuzum tazyiqi tufayli) ochiq haqiqatni yozish imkoni bo’lmagan davrda o’tmishdagi afsonaviy soxta g’oyalar fanga kiritildi, tarixiy asarlarda katta o’rin tutdi.
Totalitar tuzum sharoitida uning agrar siyosatini ma'qullovchi tarixiy ma’lumotlar ilmda asosiy o’rin olganligining bosh sababi ma’muriy buyruqbozlik jamiyat ma’naviy hayotini to’la egallab olganida bo’lib, buning asosiy sabablarini quyidagicha talqin qilmoqchimiz:
Birinchidan, tarix fanida partiyaviylik, sinfiylik tamoyillari hukmronlik qilgan.
Ikkinchidan, hukmron mafkura tazyiqi-tarixiy haqiqatni yozishiga yo’l bermagan.
Uchinchidan, bu jarayon bir yoqlama noto’g’ri yoritilgan.
Hozirgi kunda pudrat, fermerlik qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning, mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullariga aylangani singari o’z davrida kollektiv jamoa xo’jaliklari ham mamlakat iqtisodiy qudratini oshirishda, odamlar ongi va shuurida yakdillik, o’zaro hamkorlik, baynalminal xis-tuyg’ularni tarbiyalovchi “maktab” bo’lgan, degan tushunchalar hayotida mustahkam o’rnashib qolgan edi.
Natijada, tarix sahifalarida, ilmiy jamoatchilik orasida, vaqtli matbuot sahifalarida kolxoz (jamoa) tuzumi tufayli erishilgan yutuqlar, bu jarayon ilg’or tadbir ekanligini ta’kidlovchi fikr va mulohazalar tez-tez targ’ib etilib, matbuotda keng yoritildi.
Biz bu o’rinda ommaviy jamoalashtirish joylarida, jumladan O’zbekistonda qay tarzda, qanday yo’llar va vositalar bilan o’tkazilganligi, qanday oqibatlarga olib kelganligi, soxta jamoa xo‘jaliklarining keyingi tarixiy taqdiri xususida to’xtalib o’tirmaymiz. Chunki bu mavzu o’zgacha tadqiqotlarni talab etadi. Faqat ta’kidlamoqchimizki, 20-yillarda boshlanib, 30-yillar o’rtalarida ham davom etgan mazkur voqea o’z tabiati, xato-kamchiliklari, muammolari bilan birga qayta tahlil qilishga muhtojligini davr ko’rsatmoqda.
Ulkan maqsadlar yo’lida qo’yilgan har bir qadam, har bir ish tabiiy, rejali sur’atda olib borilsa va bu jarayon sun’iy ravishda siyosiylashtirilmasagina yaxshi samara berishi mumkin. Aks xolda ezgu niyat bilan boshlangan ishda katta muammolar, to’siq va g’aflat paydo bo’lib, ular bartaraf etilguncha ko’pchilikning aziyat chekishi turgan gap. Biz O’zbekistonda soxta kolxozlashtirish davri (ya’ni 1920-yillar oxiri 30-yillar o’rtalari) tarixga nazar tashlar ekanmiz, uning barcha ijtimoiy-iqtisodiy qirralarini va asl mohiyatini ochib berishga harakat qildik. Shu maqsadda O’zbekiston respublikasi markaziy Davlat arxivi, respublikadagi qator viloyat arxivlari, 1920-yillar oxiri 30-yillar o’rtalarigacha bo’lgan davrga oid vaqtli matbuot nashrlarini o’rganish, shuningdek, o’sha davrning shohidlari bo’lgan avlod vakillari, ular vorislarining guvohliklari asosida ushbu ishda ko’tarilgan masalalar bo’yicha monografiyada quyidagi xulosalarga keldik:

  1. O’zbekistonda ommaviy jamoalashtirish tadbirlarini amalga oshirish sub’ektiv ijtimoiy zo’ravonlik yo’li bilan olib borildi. Bu usul ayrim sohalarda birmuncha yuksalishni ta’minlay olgan bo’lsa ham, oqibat natijada millatlar va xalqlarning milliy o’zligini iqtisodiy hayotining esa izdan chiqarishga olib keldi.

  2. Xo’jalik qurilishda borgan sari ma’muriy buyruqbozlik ta’ziyqi kuchayishi tufayli iqtisodiy usullardan chekinish o’zga tobora ko’proq tashlana bordi.

  3. Yoppasiga kollektivlashtirish nixoyasiga etishi bilan qishloqdagi jamoalar, yer jamiyatlari bo’lib ketdi, qishloq ahli yig’inlari ular o’zini-o’zi boshqarishning boshqa turlari ahamiyatini yo’qotdi. Ko’pchilik, dehqonlarning o’zaro yordami va kooperatsiyaning an’anaviy turlari jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlamay qoldi.

  4. Kolxozlashtirish harakati tarixida kooperatsiya o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ob’ektiv jihatdan olganda, yangi iqtisodiy siyosatga o’tish sharoitida kooperatsiya qishloqda bozor munosabatlarini tiklash va xo’jalik hayotini jonlantirish borasida muhim voqea bo’ldi. Biroq kooperatsiya aholini mustaqil, hech kimga bog’liq bo’lmagan ishlab chiqaruvchi sub’ektlar sifatida tashkil etgan taqdirdagina to’la ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin edi. Afsuski, kommunistik rahbariyat kooperatsiya orqali qishloq ommasini sotsialistik qurilishga jalb etishga intilib, kooperativ harakatga bozor iqtisodiyotiga yot siyosiy tus berishga harakat qildi, kooperativ birlashmalarning iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini cheklab qo’ydi. Davlat va kolxoz-kooperativ formasidagi mulkchilik butunlay oliy davlat hokimiyatiga bo’ysundirildi. Kolxozlarning davlat tomonidan boshqarilishi amalda sovxozlarning boshqarishdan xech qanday farq qilmasdi. Kolxozlar o’z ishlab chiqarish fondlaridan erkin foydalanish huquqidan, bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul mablag’larini erkin sarflashdan mahrum etildi, o’z ishlab chiqargan mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqidan cheklanib, mahsulotni davlatga suvtekinga (ya’ni majburan -O.N.) sotish asoratiga olindi. Ular o’z moddiy- tehnik extiyojlarini ta’minlash, ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlashda ham erkin emasdilar.

  5. Kolxozlarning bosh belgisi bo’lmish mehnat kuni bo’yicha haq to’lash ham vaqt o’tishi bilan va mahsulot bilan haq to’lash elementlarini mujassam etgan bo’lib, mehnat natijalariga qarab amalga oshirdilar edi.

  6. Mavjud sharoitlarda chinakam kollektiv munosabatlar shakllana olmasdi. Ishlab chiqarish munosabatlari o’zaro ichki aloqalardan mahrum edi, ular faqat umumdavlat manfaatlariga yo’naltirilgan edi, ko’pi bilan umumdavlat miqyosida kollektivlikka javob bera olardi, xolos. Kollektivlikning bunday ko’rinishi, demokratiya bilan mustahkamlanmagan, iqtisodiy manfaatlarni ko’zlagan kuchli ichki o’zaro aloqalardan mahrum bo’lib, qishloqdagi iqtisodiyotning dinamik, haqqoniy taraqqiyotini ta’minlay olmas edi. U faqatgina aniq bir vaqt davomida tashqi iqtisodiy kuchlar tomonidan, masalan, ommaning inqilobiy ishtiyoqi bilan qo‘llab-quvvatlanib turardi, biroq tabiiy-tarixiy tomonidan qabul qilinmas edi.

Bularning xammasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining pasayishiga, buzilishlariga shart-sharoit yaratdi.

  1. Kollektivlashtirish qishloq ahli tuzilmasida ham chuqur o’zgarishlarga olib keldi. So’ngi yillargacha ilmda kolxoz tuzimi g’alabasi qishloq xo’jaligida sotsialistik tuzumning o’rnatilishiga va mustahkamlanishiga olib keldi, degan xulosalar hukmron edi. Sovet davridagi adabiyotlar qishloqning o’zgarishi natijasida yangi sotsialistik sinf - kolxoz dehqonlari shakllangan, kolxozlar sotsializm sharoitida tug’ilgan konkret shakl bo’lib, o’z tarixiy taraqqiyotida kapitalistik davrni oshib o’tgan millatlarning ko’p qismi uchun yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va o’rnatilishiga olib keldi, degan xulosa qilingan.

  2. Bugungi kunda ushbu talqinning xayoliy ekanini anglab etdik. Qishloq aholisining ijtimoiy tuzilmasi o’zgargan bo’lsa ham, sotsialistik evolyutsiya tomonga o’zgarmadi. Faqatgina feodal - kapitalistik eksplutatsiya namoyondalari almashdi, xolos. Agar oktyabr to’ntarilishidan oldin va undan keyingi dastlabki yillarda o’zbek qishlog’ida o’ziga to’qlar va quloqlar (nomunosib-O.N.) eksplutatorlar sifatida toptalgan bo’lsa, sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining g’alaba qilishi bilan - davlat bosh esplutator bo’lib qoldi. Qishloq aholisining kolxoz dehqonlari va qishloq xo’jalik ishchilari (sovxozlardagi, MTSlardagi va boshqa davlat agrokorxonalaridagi ishchilar) ga bo‘linishi sun’iy xarakterda edi. Amalda dehqonlar etalizatsiyasi (davlatga bo‘ysundirilishi) qaror topdi. Ya’ni dehqonlar favqulotda tadbirlar tizimi orqali kolxozlarga biriktirib qo’yildi.

  3. “Buyuk burilish” dehqonlarga ma’naviy-ahloqiy tomondan ham salbiy ta’sir etdi. Yoppasiga kollektivlashtirish tufayli dehqonlarning asrlar davomida shakllangan turmush tarzi buzildi, dehqonlar ishlab chiqaruvchi kuch sifatida buzilib, ular o’zga shaxslar xohish-istaklarini bajaruvchi ishchi kuchiga aylantirildi, erdan begonalashdi, ishlab chiqarishning yakuniy natijalaridan manfaatdorligi pasaya boshladi. Qishloqdagi xo’jalik aloqalari tizimiga davlatning aralashuvi soxta sotsialistik munosabatlarning mustahkamlanishi dehqonlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Dehqonlar erga egalik qilish xissini, asrlar davomida hosil qilingan va mustahkamlangan mehnatsevarlik sifatlarini yo’qota boshladilar, mehnatga va kasbiy mahoratga munosabatlar susaya bordi. Keng miqyosda olib borilgan dinga qarshi tashviqot ishlari, iqtisodiyot va madaniyatning mafkuralashuvi, totalitar tuzum qadriyatlarini aholi ongiga singdirish natijasida dehqonlar ham, barcha sovet kishilari kabi, umuminsoniy qadriyatlarga xurmatsizlik negizida tarbiyalandi. Qishloqdagi asriy urf-odat va an’analar qoralandi, xalqning tarixiy va madaniy xotirasi toptala boshlandi.

Shunday qilib, yoppasiga kollektivlashtirish ommaviy fojeaga aylandi. Kooperatsiya bobida ixtiyoriylik chizig’idan chiqish, dehqonlar uchun qulay bo’lgan mehnat va haq to’lashning oilaviy-shahsiy formalaridan voz kechish, ijaradan voz kechish umumiy taraqqiyotning pasayishiga olib keldi. Mana, bugun biz o’sha davrlarda muxim bo’lgan mehnatni tashkil etish formalariga qaytmoqdamiz.
Yerda xo’jalik yuritishning turli formalari yagona formaga birlashtirildi, qishloq xo‘jaligini boshqarish ma’muriy-buyruqbozlikka asoslandi, kolxoz va sovxozlarning xo’jalik yuritishdagi mustaqilligi susytirildi, kolxozchilar va sovxoz ishchilari asta- sekin erdan va ishlab chiqarishning boshqa vositalaridan foydalanishga befarq qaraydigan yollanma ishchilarga aylana bordi. Oqibat natijada qishloq xo’jaligi sohasida, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida og’ir vaziyat vujudga keldi. Ayniqsa chorvachilik sohasi, ko’rilgan tadbirlarga qaramasdan, 1916- yil ko’rsatkichlariga erisha olmadi.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligini faqat erdan foydalanish tizimini o’zgartirish, xo’jalik yuritish turlari va mulkchilik turlarining ko’p sonliligini ta’minlash, qishloqda chinakam iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish yo’li bilan yuksaltirish mumkinligini anglab etdik. Respublikaning butun agrar siyosatida erga egalik qilish haqidagi masala ayniqsa muhim bo’lib qolmoqda.
Shu bois, mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarining asosiy qismi - fermer va dehqon xo’jaliklari hamda tomorqa yer egalari faoliyatini chuqur tahlil qilish asosida ushbu sohada o’z yechimini kutib turgan masalalarni bugungi kun nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish va hal qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017-yil 9-oktyabrdagi PF-5199-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berilishi qishloq xo’jaligi va aholi turmush-tarziga doir kamchiliklarni to’la to’kis bartaraf etishga qaratilganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim.


Download 236.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling