Toshkent davlat pedagogika universiteti xurramov isroil abdurashidovich


Download 142.5 Kb.
bet4/4
Sana02.05.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1422203
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
2. I.A. Xurramov Atoreferat

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
bо‘lajak о‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslari aniqlash asosida uning pedagogik shart-sharoitlari ekologik qadriyatlar asosida tahlil qilingan;
bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi asosida “Bо‘lajak о‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish” nomli monografiya yaratilgan;
bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirishda “Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot ta’limi” fanidan о‘quv uslubiy majmua yaratilgan;
bо‘lajak о‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini о‘rganish asosida ularning mexanizmlari ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan о‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bо‘lajak о‘qituvchilarini ekologik kompetentligini rivojlantirish mazmuni, ekologiya fanini о‘qitishning standart darajalari, bо‘lajak о‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning sifatini ta’minlashga qaratilgan kasbiy faoliyati davomida davriy va uzluksiz metodik tayyorgarligini oshirish modeli yaratilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati bо‘lajak о‘qituvchilarni ekologik kompetentligini takomillashtirish bо‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlarni, о‘quv dasturlar, о‘quv qо‘llanmalarni ishlab chiqishda va umumta’lim fanlarini mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan davlat talablarini takomillashtirish, о‘qituvchilarning kasbiy faoliyati davomida davriy va uzluksiz metodik tayyorgarligini takomillashtirish hamda shu о‘rinda ta’lim vositalaridan muntazam foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bо‘lajak о‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning etnopedagogik asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tashkiliy-metodik, ta’limiy pedagogik, texnik va metodik komponentlari uyg‘unlashtirilgan ekopedagogik muhitni bosqichma-bosqich yaratish hamda ta’lim mazmunini pedagogik loyihalash va ekologik kompetensiyaga moslashgan ekologik madaniyatni stukturali mazmunli xususiyatlarini izohlovchi jihatlarini kiritish asosida aniqlashga oid taklif va xulosalar A7-XT-1-29687 raqamli “О‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bо‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 20 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligi rivojlantirilgan;
bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari atrof-muhit bilan bog‘liq ekologik munosabatlar, shaxs va yoshga oid ijtimoiy xususiyatlar hamda yuksak ma’naviyatli shaxsning tabiiy resurslarni muhofaza qilish qobiliyatlarini ekologik barqarorlikka faol moslashtirish asosida takomillashtirishga oid nazariy-ilmiy asoslangan tahliliy materiallar A7-XT-1-29687 raqamli “О‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bо‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 20 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, bu materiallar bо‘lajak о‘qituvchilarining ekologik kompetentligini takomillashtirilgan;
bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini baholash mezonlari psixologik va huquqiy komponentlarni, ekologik omillar va yuksak ma’naviyatli shaxsning ekologik qadriyatlarni anglashga yо‘naltirilgan faoliyatini tashkil etish hamda kognitiv, motivatsion-qadriyatli, akseologik, kreativ-faoliyat kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirish A7-XT-1-29687 raqamli “О‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bо‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Qori Niyoziy nomidagi О‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 20 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, bо‘lajak о‘qituvchilarda ekologik kompetentlikni etnopedagogik yondoshuvlar asosida rivojlantirilgan;
bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish modeli maqsad, innovatsion metodlar va vositalarni hamda shakllarni keys stadi, tejamkorlik, loyihalash va rolli syujetli о‘yinlarni uyg‘unligini taminlash hamda nazariy, pedagogik va shaxsiy tayyorlashni о‘z ichiga olgan tashkiliy-metodik ta’minotini hisobga olgan holda takomillashtirga oid takliflardan 06-28-2010 raqamli “Bо‘lajak о‘qituvchilarni ekologik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusida О‘zbekiston milliy teleradiokanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” kо‘rsatuvida foydalanilgan (О‘zbekiston milliy teleradiokanalining 2022 yil 6 dekabrdagi 06-28-2010-son ma’lumotnomasi). Natijada, bо‘lajak о‘qituvchilarning ekologik kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: dissertatsiya kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat bо‘lib, ishning umumiy hajmi 134 betni tashkil etadi.



Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling