Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti mustaqil ish


Download 119.77 Kb.
bet2/5
Sana11.11.2021
Hajmi119.77 Kb.
#173608
1   2   3   4   5
Bog'liq
metodika va texnologiya

Ta`lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini xamda ularning o`z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini ko`yuvchi hamkorligini hisobga olgan xolda dars berish va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo`llash va belgilashning tizimli usuli » xisoblanadi (YuNeSKO).

O`qitish texnologiyasi -


  • bu ta`lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan optimal yo`llari va vositalaridir, bu ta`lim jarayonini o`zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta`lim jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta`minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti);

  • bu mavjud jarayondir, ta`lim jarayoni sub`ektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan tartibli harakatidir (PT jarayonli xarakat aspekti).

Pedagogik texnologiya – bu ta`limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik xodisalar va jarayonlarda qo`llaniladigan tushuncha

«Pedagogik tizim», «ta`lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning bir-biridan farqi

Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta`sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o`zaro bog`lik vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma`lum bir butunlik (V.Bespal`ko).

Ta`limning predmet metodikasi – ta`lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o`rni, uning vazifalari va ta`lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta`lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi.

Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta`lim texnologiyasi kuyidagilarni ifodalaydi:

(1) pedagogik tizimning tarkibiy qismlarini (komponentlarini), (2) ta`lim texnologiyasining tarkibiy qismlarini (elementlarini), uning protsessual qismini, (3) ta`lim metodikasining keyingi darajasini – maqsadga erishish uchun uslubiy (metodik) tizimni o`quv jarayoni katnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi.

Predmet metodikasidan o`qitish texnologiyasining farki:


    • faqatgina «qanday o`rgatish?» savoliga javob bermay, balki u muhim qo`shimchalar kiladi - «samarali natija olish uchun qanday o`rgatish va qanday optimal o`quv jarayonini tashkillashtirish?»;

    • aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki anik vazifalarga tayangan holda aniq pedagogik g`oya asosida loyihalashtiriladi;

    • natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;

    • bilim olishda, ta`lim beruvchiga yunaltirilgan, darsning metodik ishlanmalaridan farqli o`laroq, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan xolda yutuqlarni ta`minlaydi va ta`lim oluvchilarga yo`naltiradi.

Pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:

  • tajriba o`tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi; ma`lum muddatda va talab bo`yicha qo`yilgan maqsadni amalga oshirishda shubha tug`dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta`lim modeliga tayanadi;

  • ta`lim maqsadi qo`yilgandan so`ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so`ng, taxmin qilingan o`quv natijalari shakllangandan so`ng va ta`lim jarayonining ketishi buyicha qo`yilgan talablardan so`nggina xarakatni boshlashi mumkin.

.

Pedagogik texnologiya haqida tushuncha.



Hozirgi vaqtda O`zbekistonda jahon ta`lim maydoniga kirishga yo`naltirilgan yangi ta`lim tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o`quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Ta`limdagi yondashuvlar tarkibi o`zgarmoqda.

Ta`lim tarkibi yangi protsessual mahoratlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatining rivojlanishi, ilmiy muammo va bozor amaliyoti ijodiy echimining ta`lim dasturlarini individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda.

Axborotning an`anaviy usullari og`zaki va yozma nutq, telefon va global masshtabli telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda.

Pedagogik jarayonning muhim tarkibini talaba bilan pedagogning shaxsga yo`naltirilgan o`zaro munosabatlari tashkil etadi. Ijtimoiy bilimga teng bo`lgan pedagogik texnologiyalarning shakllanishida fanning roli ortib bormoqda.

Pedagogik ta`lim texnologiyalarning psixologik-pedagogik nuqtai nazardan takomillashuvining asosiy yo`nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi:


  1. yodlashdan eslab qolish funktsiyasiga o`tish, ya`ni o`zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o`tish;

  2. bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga

o`tish;

  1. o`rtacha talabaga yo`naltirilganlikdan o`qitishning differentsiallangan va

individuallashtirilgan dasturlariga o`tish;

  1. talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma`naviy irodali tartibga solinishga o`tish.

Ta`limda zamonaviy didaktika va ta`lim tarkiblarining samaradorligini oshirish, yangi g`oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi ishlatilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan o`qitish texnologiyalari o`rtasida bog`liqlik, amaliyotda davlat ta`lim tizimining yangi shakllari (qo`shimcha va al`ternativ) ning aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida o`tmishning pedagogik tizimlarini qo`llash muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda pedagog, boshqaruvchi keng ko`lamli zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g`oyalar, o`quv muassasalar, yo`nalishlarda ma`lum bo`lgan narsalarni qayta ochishga vaqtini sarflash kerak emas.

Bugungi kunda savodli mutaxassis bo`lish uchun ta`lim texnologiyalarning hammasini o`rganish lozim.

Hozirgi vaqtda pedagogik lug`atda pedagogik texnologiya tushunchasi mustahkam o`rnashgan. Adabiyotlarda o`nlab ta`riflarni uchratish mumkin. Keling ularning ba`zilarini qarab o`taylik. Jumladan, pedagogika fani va amaliyotida «pedagogik texnologiya», «ta`lim texnologiyasi», «o`qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Qo`yida ularning ba`zilarini ko`rib chiamiz:


Download 119.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling