Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
-MAVZU. XORAZM TARJIMA MAKTABI VA TARJIMASHUNOSLIK
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
7-MAVZU. XORAZM TARJIMA MAKTABI VA TARJIMASHUNOSLIK Keyingi davrlarda bajarilgan tarjimalar haqida yozar ekanmiz, XIX asrning birinchi yarmida qilingan tarjimalar haqida alohida to‘xtashga va ikkinchi yarmida tarjima qilingan asarlarni mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu asrda Turkistonda, shu jumladan hozirgi O’zbekiston territoriyasida, juda ko’p tarixiy voqealar ro‘y berdi va tarjima asarlarining soni va salmog‘i ham ancha oshdi. Shu vaqtga qa-dar faqat arab, fors adabiyotidan o’zbek tiliga va o’zbek tilidan o‘sha tillarga tarjima qilingan bo‘lsa, endi bular bilan bir qatorda, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish ishlari rivojlandi. Bundan tashqari, o’zbek tilida yozilgan bir qancha she’riy asarlarni rus tiliga ag‘darish ishlari ham boshlandi. XIX asrning boshlarida O’rta Osiyoda mustaqil, bir-biriga itoat etmovchi Buxoro, Xiva, Quqon xonliklari hukmron bulib keldilar, ular bir-birlari bilan territoriya talashib, mol-jon ustida urishib, uzaro janjallashib keldilar. XIX asr O’rtalariga kelib Quqon xonligi uz ichiga butun Farg‘ona vodiysini, Pishpaq Avliyoota (hozirgi Jambul), Chimkent. Oqmachit shaharlarini, Issiqko‘l va uning atrofini kurashib olgan edi. Buxoro territoriyasi janubda Badaxshon va Pomirga borib taqalsa, shimolda Orol dengizi buylarigacha chuzilgan edi (hozirgi Tojikiston ham Buxoroga qarardi). Xiva (Xorazm) xonligi ham Amudaryoning ung va chap tomonlarini egallab, Chorjuydan to Ustyurtgacha, Ashxoboddan to Orol dengizining shimoliy chegaralarigacha bulga« joylarni uz ichiga olgan edi. Xiva xonligi, bir tomondan, Qoraqum, ikkinchi tarafdan, Qizilqum urab olgan va shular o‘rtasida qol gan kattakon voha bulib, Xorazm xalqining o‘ziga yarasha xususiyati, odatlari bor edi. Quqon bilan Buxoro O’rtasida Uratepa va Darboz uchun, Buxoro bilan Xiva O’rtasida esa Marv shahri uchun janjal chiqdi, shuning natijasida qonli janglar boshlanib ketdi. Har uch xonlikda yashovchi xalqning iqtisodiy-maishiy ahvoli nihoyat darajada yomon, faqat bir turkum xon, bek, tura, boylargina mehnatkash xalq hisobiga boyib ketib, yaxshi hayot kechirar edi. Xalqning 99 protsenti savodsiz edi. Usha davrda xonliklar O’rtasida uzaro urush bulib turgan bir paytda, Farg‘onaning talantli shoirlaridan bir qanchalari gunohsiz Halok buldilar. Masalan, 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo Qo‘qonni bosib olganda bir qancha gunohsiz odamlar qatorida Shoira Mohlaroyim — Nodirabegimni ham qatl qildi. XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon va Buxoroda bir qanchz shoir va adiblar yetishib chiqdi. Chunonchi, Farg‘ona vodiysida Amir (Amiriy), Fazliy, G‘oziy, Gulxaniy, Nodira, Mahzuna» Uvaysiy, Maxmur kabi atoqli o’zbek shoir va shoiralari o’zbek adabiyotini boyitdilar. Ularning ko‘pchiligi ikki tilda (o’zbek va tojik tillarida) she’r yozar edilar. XIX asrning birinchi yarmida Xorazmda bir kancha badiiy-tarixiy asarlar tarjima qilindi. Bu faxrli ishni ham shoir, ham davlat arbobi Munis boshlab berdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling