Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Xorazm tarjima maktabi: tarixiy voqealar ro‘y berdi va tarjima asarlarining soni va salmog‘i ham 

ancha  oshdi.  Shu  vaqtga  qadar  faqat  arab,  fors  adabiyotidan  o’zbek  tiliga  va  o’zbek  hududidan  o‘sha 




 Tarjimashunoslik 

       31 

 

 

 

tillarga  tarjima  qilingan  bo‘lsa,  endi  bular  bilan  bir  qatorda,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan 

boshlab,  rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish ishlari rivojlandi. Bundan tashqari, o’zbek tilida yozilgan 

bir qancha she’riy arlarni rus tiliga ag‘darish ishlari ham boshlandi. 

XIX  asrning  birinchi  yarmida  Qo‘qon  va  Buxoroda  bir  qanchz  shoir  va  adiblar  yetishib  chiqdi. 

Chunonchi,  Farg‘ona  vodiysida  Amir  (Amiriy),  Fazliy,  G‘oziy,  Gulxaniy,  Nodira  (Mahzuna),  Uvaysiy, 

Maxmur kabi atoqli o’zbek shoir va shoiralari o’zbek adabiyotini boyitdilar. Ularning ko‘pchiligi ikki tilda 

(o’zbek va tojik tillarida) she’r yozar edilar. 

XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xorazmda  bir  kancha  badiiy-tarixiy  asarlar  tarjima  qilindi.  Bu 

faxrli ishni ham shoir, ham davlat arbobi Munis boshlab berdi. 



Munis. Shoir Munisning asli ismi Shermuhammad bo‘lib, Avazbey mirobning o‘g‘lidir. Munis 1878 

yilda Xivadan 8 kilometr,  masofada  joylashgan  Qiyot  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  Yoshlik chog‘laridayoq 

u  tarix  va  adabiyotga  qiziqib,  tez  orada  o‘z  talantini  namoyon  qildi.  Shoir,  tarixchi,  tarjimon  bo‘lib 

yetishdi.  Muhammad  Rahimxon  I  ning  (1806—1825)  topshirig‘i  bilan  u  Xorazm  tarixini  yoza  boshladi. 

Intihosiga yetkazilgan bu kitobga «Firdavsul iqbol» degan nom berilib, undz  1812 yilgacha Xorazmda 

bulib utgan tarixiy voqealar qamrab olingan. Bu asar katta tarixiy kitoblar siklining qaldir g‘ochi edi. 

Munis  bundan  tashqari,  ulug‘  bir  ishni  Mirxondning  bir  necha  tomli  tarixiy  kitobi  «Ravzatus-

safo»ni  fors  tilidan  o’zbek  tiliga  tarjima  qilish  ishini  boshlab  yubordi.  Muhammad  Rahimxon  I  hayot 

vaqtidayoq (1825 yilgacha) Munis  bu kitobning birinchi jildini o‘zbekchaga o‘girib bo‘lgan edi. Ikkinchi 

jild esa Olloqulixon vaqtida (1825—1842) tarjima etish ishiga kirishildi. 

Munis  shunday  katta  asarning  tarjimasini  boshlab  berar  ekan,  boshqa  tarjimonlarga  ham  ibrat 

bo‘ladigan  ulug‘  bir  ishni  bajardi.  «Ravzatus-safo»ning  tarjimasi  qay  tariqada  bo’lgani  haqida:  Munis 

o‘sha  vaqtda  kasal bo‘lib  va boshiga  ko‘p og‘ir Musibatlar  tushganiga  qaramay,  bu qiyin asarni  tarjima 

qilganini bayon etadi. Ishga dadil kirishgan tarjimon birinchya  tomni  tamom  qilib, ikkinchi tomning 

yarmiga yetganda, 1244/1829 yilda vabo kasalidan vafot qildi.  


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling