Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Xorazmda tarjima qilingan badiiy asarlar
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorazm tarjima maktabida faoliyat yuritgan tarjimonlar
- Mahammad Yoqub
Xorazmda tarjima qilingan badiiy asarlar
“Shoh va gado” “Yusuf va Zulayxo” “Guliston” “Ra’no va Zebo” “Shayboniynoma” “Haft paykar” “Yetti jom” “Qissai Mehri Moh” Tarjimashunoslik 32 Bayoniy tarjimalari “Tarjimai tarixi Tabariy” Darveshning “Sahoiful-axror” (Xabarlar sahifalari) Atoullo bin Fayzullo Husayniyning “Ravzatul-axbob” (Do’stlar bog’i) asari Binoiyning “Shayboniynoma” asari
Ogahiy Munis Komil Xorazmiy Tabibiy Bayoniy Muhammad Yusuf Rojiy ibn Xo’jamberdi. Muhammad Rafi bin Hurullo mahdum Sanoiy Habibiy Mahammad Yoqub Domla Otajon MUHAMMAD RIZO OGAHIY (1809 - 1874) Hayoti va ijodi: Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy barakali ijod qilgan san’atkor sifatida Navoiyga qiyoslanadi. U 1809 yil 17 dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida Erniyozbek mirob oilasida tug‘ilgan. 3 yoshligida otasi vafot etgan va uni amakisi Munis o’z tarbiyasiga oldi. Shoir boshlang‘ich ma’lumotni Qiyotda olgan, keyin Xiva madrasalarida o‘qigan. 1829 yilda Ogahiy amakisi Munisdan ajraldi, Olloqulixon uni Munis o‘rniga mirob etib tayinladi. Shoir 1845 yilda otdan yiqilib, oqsaydigan bo‘lib qoladi va 1857 yilda miroblik vazifasidan iste’fo beradi. Mukammal mustazod kashfiyotchisi bo‘lgan Ogahiy 1874 yilda 65 yoshida vafot etgan. Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi, 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi, 5 ta tarixiy asar yozdi. U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. “Ta’vizul-oshiqin” (“Oshiqlar tumori”) nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan. O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U “Riyozud-davla” (1844), “Zubdatut-tavorix” (1845-1846), “Jome’ul-voqeoti Sultoniy” (1856), “Gulshani davlat” (1865), “Shohidi iqbol” (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling