Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


OGAHIYNING TARJIMONLIK MAHORATI


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

OGAHIYNING TARJIMONLIK MAHORATI 

 

Klassik  shoir,  tarixchi,  olim  Ogahiy  yigirmaga  yaqin  asarini  tarjima  qilganligi  haqida  o‘zi 

quyidagicha ma’lumot berib o‘tadi. 

Faqirning  turki  tili  bilan  tarjima  qilgan  kitoblari:  «Ravzatus-safo»ning  ikkinchi  daftaridan  chahor 

yor izomning voqeasi, uchlanchi daftari, «Nodirnoma», «Zafarnoma», «Zub-Aatul-hikoyot»,    «Miftohud-

tolibin»,        «Axloki        Muhsiniy»,  «Vosifiy»,  «Nasihatnomai  Kaykovus»,  «Salamoni  Ibsoliy»  Jomiy, 

«Gulistoni»  Sa’diy,  «Bahoristoni»  Jomiy,  «Rav-zatus-safoi»  Nasiriyning  birinchi  daftari,  «Daloilul-

hayrat»  sharhikim,  rum  turkidan  chig‘otoy  tiliga  o‘tkarildi.  «Tazkirai  Muqimxoniy»,  «Tabaqoti 

Akbarshohiy»,  «Haft  paykari»  Nizomiy,  «Hasht  bihishti»  Xisraviy,  «Yusuf  va  Zulayxo»  Jomiykim, 

manzum  bo‘ldi  va  «Shoh  va  gadoi»  Hiloliykim,  manzum  bo‘ldi»

69

.  Bulardan  o‘n  sakkiztasi  mavjud, 



ikkitasi hali topilgani yo‘q. Ulug‘ tarjimonning bizga qoldirgan yodgorliklari shulardir: 

Sevimli  tarjimon  Ogahiy  o‘zbek  tiliga  o‘girgan  asarlar  nihoyatda  qiyin  bo‘lgan  monumental 

asarlar  edi.  Tarjimon  o‘z  umrining  eng  ko‘p  qismini  va  eng  jo‘shqin  hayotini  tarjimaga  —  buyuk 

san’atga bag‘ishladi. 

Ogahiy  tarjima  qilar  ekan,  mas’uliyat  naqadar  zo‘r  ekanini  sezib,  butun  talant,  kuchini  shunga 

sarf etdi va natijada yaxshi va o‘lmas tarjimalarni asrlarga yodgor qilib qol dirdi. 

«Shoh va gado» asarini tarjima qilish sababini Ogahiy she’riy tilda shunday bayon qiladi: 

Garchi  Ogahiy  o‘z  tarjimasini  shoh  Muhammad  Rahimxon  nomi  bilan  bog‘lasa-da,  aslda  bu 

o‘sha muhit taqozosi bo‘lib,  asl muddao boshqa tomonda edi. Ogahiy tarixiy-badiiy va axloqiy-falsafiy 

asarlarni tarjima etar ekan, hamma vaqt bir o‘y, bir maqsad uning oldida ko‘ndalang turar, u ham bo‘lsa, 

o‘zbek xalqiga xizmat etish edi. 

«Firdavsul-iqbol»,  «Riyozud-davla»,  «Jomi’ul-voqeoti  Sultoniy»,  «Gulshani  davlat»,  «Shohidi 

iqbol»,  «Zubdatut-tavorix»  va  bir  qancha  badiiy  asarlar  (devon,  g‘azaliyot,  bayozlar)ni  yaratgan 

Ogahiyning yana 20 ta fundamental asarni tarjima qilgani shoir ijodining naqadar barakali bo‘lgan ligini 

tasdiqlovchi  faktdir.  Uning  ijodiy  parvozi,  g‘ayrati,  shijoati  va  benihoya  ishchanligini  ko‘rsatish  uchun 

bundan ortiq dalil kerak bo‘lmas. 

Ogahiy o‘z asarlarining litografiyada bosilganini ko‘rmay, 65 yoshida, ya’ni 1874 yilda vafot etdi.  

Ogahiy  fors-tojik  klassik  shoiri  Shayx  Sa’diyning  nasr  va  nazm  aralash  yozilgan  «Guliston» 

asarini to‘la-to‘kis tarjima etdi.  

Ogahiy  Shayx  Sa’diyning  «Guliston»  asarini  tarjima  etar  ekan,  o‘zidan  besh  asr  ilgari  Sayf 

Saroyi  tomonidan  tarjima etilgan «Guliston»ning qo‘lyozmasini ko‘rmagan, buning asosiy sababi    ham 

bor, u tarjimaning qo‘lyozmasi Xorazmda yo‘q edi. 

 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling