Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
35
(Ikki hikmatning jami), «Vajhi din» (Diniy dalillar) deb atalgan. Ulug‘ ozarboyjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning (1121—1203) mashhur asarlari «Xamsa» (Beshlik) «Maxzanul-asror» (Sirlar xazinasi) deb nomlangan. Ulug‘ shoir Navoiyning adabiy, tarixiy, ilmiy asarlarining nomlari ham arabchadir. Masalan: «Xamsa» (Beshlik), «Hayratul-abror» (Yaxshikishilarning hayratlanishi), «Mezonul-avzon» (Vaznlar o‘lchovi), «Mahbubul-qulub» (Qo‘ngillarning sevgani), «Xazoyi-nul-maoniy» (Ma’nolar xazinasi), «Sab’ai sayyor» (Yetti sayyora yoki yetti kezuvchi) va boshqalar. XIX asrda ham xuddi shu holni ko‘ramiz. Masalan, Ogahiy ham ba’zi bir asarlariga arabcha nom qo‘ygan: «Ta’vizul-oshiqin» (Oshiqlarning tumori), «Firdavsul-iqbol» (Iqbol bog‘i) kabi. O‘zbek tiliga tarjimada ham kitoblarning nomlari o‘girilmay, o‘zining asli arabcha shakli aynan saqlangan. Masalan, tarixiy, falsafiy kitoblar: «Ravzatus-safo», «Tazkiratul-avliyo» va hokazolar. Bundan tashqari, asarlarning nomlari yo tojikcha izofa konstruksiyasi bilan yoki aniqlovchi-aniqlanmish shaklida berilgan. Masalan, «Tar-jimai «Tarixi komil», «Tarjimai «Saloti mas’udiy», «Tarjimai tarixi «Shamsul- maorif», «Tarjimai «Nafahotul-uns» yoki «Tarixi «Sayful-axbor» tarjimasi», «Ajo-yibul-osor» tarjimasi», «Mirotul-koinot» tarjimasi»; badiiy asarlar: «Maxzanul-asror» tarjimasi» (Nizomiy asari), «Mahbubul- qulub» tarjimasi» (Mumtoz asari), «Tarjimai «Badoeul-vaqoe»i Vosifiy», «Alf layla va layla» tarjimasi» va hokazo. Nomi forscha bo‘lgan asarlar ham ba’zan aynan o‘zicha ' qoldyrilgan. Masalan, «Haft paykar» tarjimasi» (Nizomiy asari, Ogahiy tarjimasi), «Haft kishvar» tarjimasi» (Amir Xusrov asari, mulla Bobojon Sanoiy tarjimasi), «Chil hadis» tarjimasi» va shu kabilar. Tarjima kitoblarining nomlari ba’zan tamom o‘zgartirilib, ularga yangi nom qo‘yilish hollarini aytgan edik. Masalan, Jomiyning «Nafahotul-uns» asarini Navoiy tarjima qilib, unga yangi boblar qo‘shib, nomini «Nasoyimul-muhabbat» deb qo‘ygan. Har bir tarjima etilgan asarga tarjimon ko‘pincha so‘z boshi yozgan, bunda an’anaviy hamd-u sano yozilib (odatda ularda «Qur’on»dan oyatlar keltirilgan bo‘ladi), so‘ngra tarjima qilinayotgan asarning nomi, avtori, asar nima uchun va kimning topshirig‘i yoki tashabbusi bilan tarjima qilinayotgani bayon etiladi. Ko‘pincha tarjimon o‘z kitobini ustoziga bag‘ishlaydi, so‘ngra avtorning «kirish so‘zi»ni ham ba’zan qisqartib tarjima qilib beradi. Ba’zan tarjimonlar kirish so‘zini, asarning janriga qarab, yo nasrda va yoki nazmda beradylar. Masalan, Navoiy «Chil hadis»ni tarjima qilganda so‘z boshini nazm bilan yozgan. Munis ham Mirxondning «Ravzatus-safo» asarini tarjima etar ekan, so‘z boshi yozib, uning bir qismini nazm bilan, bir qismini nasr bilan bitgan. Ba’zan tarjimon shu asrga so‘z boshi yozmasa, kitobning oxirida «xotima» yozadi, unda o‘zining oti, kotibning nomi va yozilgan yillari haqida qisqacha ma’lumot beradi. So‘z boshida tarjimonning tarjimai holiga oid ba’zi muhim faktlarni topish mumkin. Tarjimonlar kirish so‘zida o‘zlarining og‘ir qismatlaridan shikoyat qiladilar. Masalan, «Ravzatus-safo» asarining tarjimasiga Rojiy yozgan so‘z boshini ko‘raylik: «Men haqir bedastgir, ya’ni Muhammad Yusuf mulaqqab bil-Rojiy bin qozi Xo‘jamberdi Xorazmiy bir aftoda erdimkim, e’tibor doirasidin xorij va ishtihor martabasidan soqit, olami havodis hujumidan ahvolim xarob va davron navoyibi vufuridin ishim talfasa va iztirob...»da ekanligini bildirgach, mehnat va mashaqdat chekib qalam surganini va, agar xatosi bo‘lsa, kechirishlarini iltimos qiladi. Ayrim tarjima asarlariga yozilgan so‘z boshilarda xonlar va ularning vazirlariga atab madhiyalar bitilgan, ayniqsa Xorazm xoni Muhammad Rahimxon haqida haddan ortiq xushomadgo‘y maqtovlar, madhiyalar uchraydi. Tarjima etilgan asarlarning xotimasida ba’zan ayni asarni tarjima qilishning qisqacha tarixi va uning nechanchi yilda ag‘darilganligi nazm bilan bayon q.ilinadi. Masalan Jomiyning «Yusuf va Zulayxo» asarini tarjima qilgan Ogahiy kitob oxirida: Bu nodir nusxai farxanda anjom, Muborak soat ichra topdi anjom, yil hijridin erdi bekamu bish, Ming ikki yuz ham sakson besh, deb yozadi. Tarjimonlarning kirish so‘zlari ularga tarjima etayot-gan asar haqida o‘z munosabatlarini bildirishga va shu yo‘l bilan asar muallifining ijodini tashviq qilishga katta imkon bergan.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling