Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xos Hojibning
19
«Qo‘shiq», «she’r», «qasida», «marsiya», «afsona», «maqol» kabi atamalar ilk bor shu asarda qo‘llangan va uyg‘ur yozuvi haqida ham ilk ma’lumotlar keltirilgan. Asarda mehnat va marosim qo‘shiqlari, lirik qo‘shiqlar va o‘gitnomalar, «Qish va yoz» munozarasi, «Alp Er To‘nga» (Afrosiyob) marsiyasi, savlar (afsonalar), maqollar, "Oltin qon" afsonasi (unda qadimgi turkiy ajdodlarimizning Iskandar Zulqarnaynga qarshi mardliklari hikoya qilinadi), «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang» kabi parchalar va shu kabilar keltirilgan. «Devon» da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan she’riy parchalar katta o‘rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi, mashg‘uloti, ishonch-e’tiqodlari ifodasi ochiq ko‘rinadi. Yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka da’vat kabi qadimgi turmush tarzidan olingan qo‘shiqlar maxsus berilgan. Lirik qo‘shiqlarda insonning qalb kechinmalari, noeik his-tuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi. Kishilarni qurshagan olam haqidagi qo‘shiqlarda turkiy xalqlarning doimiy yo‘ldoshi - otlar ham alohida mavqe tutadi. Asardagi ko‘pgina qo‘shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan - turkiy xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelgan. Mahmud Koshg‘ariy «qo‘shiq» atamasiga «she’r, qasida» deb izoh bergan. «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini to‘rtliklar tashkil qiladi. Ular a-a-a-b va a-a-a-a yoki a-b-v-b shaklidagi qofiyadoshlikka ega. To‘rtliklarda Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go‘zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini mavzusi yetakchilik qiladi. «Devonu lug‘otit turk»dagi she’riy parchalar shakliga ko‘ra ikkilik, to‘rtlik va murabba’lardan tashkil topgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi pand -nasihat, o‘gitlardan iborat. Asardagi xalq ko‘shiqlarining tasvir usullari ham nihoyatda xilma-xil. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi» to‘rtligi, «Qish bilan Yoz» munozarasida jonlantirish, «Bulnar meni ulas ko‘z» to‘rtligida esa sifatlash asosiy o‘rin tutadi. Qoraxoniylar davlati davrida yaratilgan eng katta ilmiy yodgorliklardan biri Yusuf Xos Hojibning
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling