Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
TARJIMASHUNOSLIK FANINING O‘QUV DASTURI Kirish Ushbu namunaviy o‘quv dasturi mamlakatimizda so‘nggi yillarda chet tilini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati bilan bog‘liq o‘zgarishlar va islohatlar hamda talablar e’tiborga olingan holda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” mutaxassislik bosqichida tahsil oladigan talabalarga 1 semestr uchun mo‘ljallangan. Mazkur fanning asosiy maqsadi bo‘lajak magistrant mutaxassis tarjimonlarga zamonaviy tarjimashunoslikning asosiy holatini tanishtirish, ularga tarjima mahorati, nazariy va amaliy ko‘nikmalarini hamda tarjima tarixini shakllantirishga qaratilgan. Bu asos albatta bo‘lajak magistrant mutaxassis tarjimonlarga kelajak faoliyatida, qolversa, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida tarjimaga o‘rgatish uslubini egallashga yordam beradi. Dastur asosida o‘qituvchilar talabalar bilan ishlashda o‘qitishning aktiv metodlariga suyangan holda turli soha va yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan tarjimalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar va bu borada malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ushbu fan lingvistika va adabiyotshunoslik bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikmalar tarjimonlik sohasiga doir usullar, uslublar, tarjima bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, tarjima jarayonlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling