Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning tarjimashunoslik fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi informasion – pedogogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga
egadir.
Fanni o‘qitish jarayonida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma
materiallar, elektron materiallar, ko‘rgazmali qurollar hamda kompyuterlardan foydalaniladi.
ASOSIY QISM
Tarjimashunoslik fani 3-semestr davomida o‘qitiladi. Semestr davomida o‘zlashtirilgan ushbu fan
ularning keyingi tarjimonlik faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek jahon adabiyoti
namunalari va ularning tarjima tarixini o‘rganish, shu bilan birga o‘ sha asarlar tarjimasini tahlil qilish
barobarida tarjimonlik mahoratini anglash va ba’zi nazariy masala va muammolarni hal qilishga yordam
beradi.
Tarjimashunoslik tarixini davrlashtirish. Ilk tarjimalar. Sharq va G‘arb madaniyatida tarjima
maktablarining ahamiyati. Bog‘dod va Toledo tarjima maktablari. Eng qadimgi davrdan XIII asrgacha
bo‘lgan davrlar. Al Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Firdafsiy, Nizomiy Ganjaviy, Yusuf Xos Xojib,
Mahmud Qoshg‘ariy, Qutb Xorazmiy asarlari tarjimalari va ularning tarjimonlik faoliyati.
Tarjima tarixida bilingvizm yohud zullisonaynlik. Ikki tilda ijod qiluvchi adib va tarjimonlar.
XII asrdan XVII asrlarda tarjima rivoji. Sayfi Saroyi, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur tarjimonlik
mahorati, ularning asarlari tarjimalari va o‘sha davr tarjimachiligi.
Diniy adabiyotlar tarjimasi
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |