Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
tarjimashunoslik
5
uslubiy matnlarni o‘ziga xosliklarini ona tili va chet tillarida inobatga olish malakasini egallashga imkon yaratishni bilishi va ulardan foydalana olish;
Undan tashqari, o‘rganilayotgan tilning nazariy va amaliy asoslari va lug‘at boyligi, mazkur tilda ilmiy va badiiy adabiyotlarni tarjima qilish, o‘rganilayotgan sharq tili va uning rivojlanish jarayoni, u tilning tarixiy shevashunoslik aspektlari, tarjima amaliyoti asoslari, matn tarjimasi, sinxron tarjima , ketma-ket tarjima, badiiy tarjima, terminologiya tarjimasi, yozma tarjima, ommaviy axborot tarjimasi, vizual tarjima, dars berish mahorati, va nutq madaniyati tamoyillarini egallashlari kerak.
Shu bilan birga magistrant mutaxassis dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, axborot to‘plash, tahlil qilish, saqlash, qayta ishlash va unumli foydalanish metodlarini egallash, o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlarni qabul qila olishi lozim. Magistrant mutaxassis o‘z tarjimonlik faoliyatida terminologik tarjima ishlarini va xizmat ko‘rsatish, badiiy tarjima ishlarini va namunaviy xizmat ko‘rsatish, o‘rgatilayotgan tillarni intensiv shaklda o‘rgatish va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, xalqaro konferensiyalarda sinxron, vizual, ketma-ket tarjima qila olish kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishi, amaliyotda informasion texnologiyalarni halqaro va kasbiy standartlarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling