Tarjimada jins kategoriyasi
Dunyo tillari o‘z tuzilish tasnifotlari bo‘yicha bir-birlaridan farqlanadilar. Chunonchi, ba’zi tillarda
grammatik rod kategoriyasi bor, boshqalari esa bunday xususiyatga ega emas. Aytaylik, Bantu negrlari tilida
rus tilidagi rodga muvofiq keladigan 24 kategoriya bor.
“Jahondagi ko‘pgina tillarda (ingliz, turk, xitoy, arman, o‘zbek, tatar va hokazo) otlar rod belgilariga
ega emas. Ba’zi hollarda esa, aytaylik, rus tilida mujskoy rodda deb hisoblangan otlar boshqa tillarda jenskiy
rodda deb talqin qilinadi (Masalan, “stol” so‘zi ruschada – mujskoy rodda, fransuz tilida – jenskiy
roddadir)”.
Bunday jins kategoriyasi ham tarjimada ba’zan tarjimonlar oldiga o‘tib bo‘lmas g‘ovlarni qo‘yadi.
Masalan, solnse – rus tilida – sredniy rodda, nemis tilida – jenskiy rodda, fransuz tilida – mujskoy
rodda.
Do'stlaringiz bilan baham: |