Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika va axborot texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Ma‟ruza. Kirish. Informatika va axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar Kirish
- Xalq xo„jaligi tarmog„i Fundamental fan Amaliy fan sohalari
- Informatikaning asosiy vazifalari va yo„nalishlari
- Axborotni kiritish Axborotni qayta ishlash Axborotni chiqarish
- Axborot tizimining ta‟minotlari Texnik ta‟minot Matematik ta‟minot
- 2-Ma‟ruza. Axborot texnologiyalarining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. O„zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘LIY VA O‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha
200000 - Ijtimoiy soha, Iqtisod va huquq Ta‘lim sohasi : 120000 - Gumanitar fanlar
230000 - Iqtisod Kurs 1 Semestr 1
Toshkent 2015
1-Ma‟ruza. Kirish. Informatika va axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar Kirish Ma‘lumki, insoniyat axborotlashtirish sohasida haqiqiy inqi-lobiy o‗zgarishlar davrini bo- shidan kechirmoqda. Buning nati-jasida esa umumjahon axborotlashgan hamjamiyati shakllan- moqda. Shu sababli ham axborot-kommunikatsiya sohasini jadal suratlar bilan rivojlantirish O‗zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‗zgarishlar hamda iqtisodiy islohotlar-ning bosh yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda olib borilayotgan iqtisodiy, tashkiliy va boshqa o‗zgarishlarni amalga oshirish natijalari mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi muammolarning hal etilishiga ham bog‗liqdir. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy yo‗nalishlar O‗zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, mamlakatimiz Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda ham o‗z aksini topgan. Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗ri-sida‖gi Farmoni axborotlashtirishning milliy tizimini shakllan-tirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamo-naviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va tele-kommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish ham-da ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayot-gan talab-ehtiyojlarini yanada to‗liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahra-mand bo‗lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yara-tishga qaratilgan bo‗lib, Farmonda kompyuterlashtirish va axbo-rot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ular- ning zamonaviy tizimlarini joriy etish birinchi galdagi eng muhim vazifalar sifatida e‘tirof etilgan. Shuningdek, Farmonda, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‗quv yurtlarining ta‘lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‗llanishiga asoslangan ilg‗or ta‘lim tizimlarini kiritish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida ahamiyat berilishi belgilab berilgan. Informatika - kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va yetkazish jarayonlarini tashkil qilish haqidagi fandir. Informatikaning asosiy vazifalari: turli xususiyatlarga ega bo‗lgan axborot jarayonlarini tadqiq etish;
Texnik vositalarni ishlab chiqish (hardware) Axborot ta‘minotini yaratish uslubiyati Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‗rnatish Dasturiy vositalarni ishlab chiqish (software) Axborot tizimlari va texnologiyalari nazariyasi Kommunikatsiya axborot modellarini yaratish
axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyalar yaratish; jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarining yechimini topish.
Informatika fanining yo‗nalishlari: • hisoblash tizimi va dasturiy ta‘minot yaratish; • axborot nazariyasi – axborotni qabul qilish, uzatish, bir turdan boshqa turga o‗tqazish va saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni o‗rganish; • turli ilmiy tadqiqot sohalarining matematik modelini yaratish; • sun‘iy intellekt uslub (model)lari ; • bioinformatika; • Lingvistik informatika; • ijtimoiy informatika; • grafika, animatsiya va multimediya vositalari yaratish uslubi; • telekommunikatsiya va xalqaro global kompyuter tarmoq tizimini yaratish va aholini yagona axborot tizimiga ulash.
dalil, shuningdek, voqea va hodisa hamda jarayonlar haqidagi ma‘lumotlar tushuniladi. Agar axborot kompyuter texnikasi yordamida uzatish, ishlov berish va saqlanish imkoniyatiga ega bo‗lsa, u kompyuter axboroti deyiladi. Axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayon.
ma‘lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi. Axborot texnologiyasi - axborotni to‗plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usul va jarayonlar. Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan chambarchas bog‗liq. Axborot tizimi aniq bir ob‘ekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimlarini boshqarish, amaliy sohalar darajalari o‗rtasidagi farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e‘tiborga oladi va boshqarish funksiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur axborotnigina beradi. Axborot tizimi - axborotni to‗plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborot tizimi ishini ta‘minlovchi jarayonlar funksional bloklardan iborat bo‗lib, ular 1. - rasmda ko‗rsatilgan.
Axborot tizimlari va texnologiyalarini qayta ishlash (brainware)
Axborotni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqarish
1.1-rasm. Axborot tizimining tuzilmasi va undagi jarayonlar
Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma‘lumotlar usti-dan turuvchi turli murakkablik darajasidagi amallarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi. Axborot tizimi funksiyalarini unga yo‗naltirilgan axborot texnologiyalarini bilmasdan turib, amalga oshirib bo‗lmaydi. Axborot tizimining ta‘minotlari. Axborot tizimlari qaysi sohada qo‗llanishidan qat‘i nazar, axborot tizimining ta‘minotlari deb yuritiladigan komponentalarni o‗z ichiga oladi. Bular dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta‘minotlardir (1.2-rasm).
1.2-rasm. Axborot tizimining ta‘minotlari tuzilmasi
Dasturiy ta‘minot - axborot tizimi ishini amalga oshirishda zarur bo‗lgan kompyuter dasturlari to‗plami. Dasturiy ta‘minotning tuzilmasi haqida keyinchalik batafsil to‗xtalamiz. Texnik ta‘minot - axborot tizimining o‗z funksiyasini amalga oshirish jarayonida ishlatiladigan barcha texnik vositalar majmuasi. Bularga kompyuterlar va ular bilan bog‗liq vositalar (tashqi qurilmalar, axborot tashish vositalari, ma‘lumotlarni uzatish qurilmalari), telekommunikatsiya vositalari (aloqa tizimlari, tarmoqlar, tarmoqdagi apparatlar va h.k.) kiradi. Matematik ta‘minot - tizimdan foydalanishda amaliy masalalarni yechishda qo‗llaniladigan matematik modellar, usullar va ma‘lumotlar bazasini boshqarish algoritmlari to‗plami.
Axborot ta‘minoti - hujjat aylanmasi va hujjatlar shaklini rasional holga keltirishni o‗z ichiga olgan axborotni joylashtirish hamda tashkil qilish bo‗yicha uslub va vositalar yig‗indisi. Huquqiy ta‘minot - axborot tizimini yaratish va funksiyalashtirish-ni tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlar yig‗indisi. Lingvistik ta‘minot - inson va tizim orasidagi muloqotni ishlab chiqish hamda ta‘minlash uchun axborotlarga ishlov berishda va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig‗indisi. Tashkiliy ta‘minot - axborot tizimidan foydalanish va unga samarali axborot xizmati ko‗rsatish bo‗yicha tashkiliy tadbirlar hamda boshqarish hujjatlari majmuasi. Hozirgi jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyalarining asosiy texnik vositasi bo‗lib shaxsiy kompyuterlar xizmat qilayapti. U texnologik jarayonlar konsepsiyasini qurish va undan foydalanishga ham, ko‗p natijali axborot tizimiga ham muhim ta‘sir ko‗rsatadi. Shaxsiy kompyuterlarning axborot sohasiga tatbiq etilishi va aloqaning telekommunikatsiya vositalarida qo‗llanishi yangi axborot texnologiyasi paydo bo‗lishiga olib keldi. Bunday texnologiyani zamonaviy axborot texnologiyasi deb yuritish odat tusiga kirmoqda. Umuman olganda, zamonaviy axborot texnologiyalari tarkibiga kompyuter texnikasi, dasturiy va telekommunikatsiya vositalarini qo‗llagan holda foydalanuvchining faol ishtirokida amalga oshiriladi-gan yuqori darajadagi do‗stona interfeysli axborot texnologiyalari kiradi. Demak, zamonaviy axborot texnologiyasi deganda, nafaqat kompyuter texnikasi va uning dasturiy ta‘minotidan foydalanish, balki, masofaga axborot uzatish (telekommunikatsiya) vositalari hamda tizim bilan foydalanuvchi orasidagi bevosita interaktiv muloqot qilish imkoniyati (do‗stona interfeys) ham mavjud bo‗lishi tushuniladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari qayta ishlanadigan axborotning turiga qarab farqlanadi. Masalan, ma‘lumotlar ustida hisoblash amallarini bajarish, katta hajmdagi axborot massivlariga ishlov berish kabi amallarni bajarish uchun algoritmik tizimlardan, ma‘lumot bazalarini boshqarish tizimlaridan yoki jadval protsessorlaridan foydalaniladi. Matnlarga ishlov berish (matnlarni kiritish, tahrir qilish, kerakli shaklga keltirish, chop etish va h.k.) matn yoki gipermatn protsessorlari yordamida amalga oshiriladi. Bilimlar bazasiga ishlov berish uchun ekspert tizimlaridan foydalaniladi. Real dunyo ob‘ektlarini aks ettirish uchun multimedia vositalari qo‗llaniladi va h.k. Lekin bunday bo‗linish shartli bo‗lib, ular integrallashgan holda qo‗llanilishi mumkin. Masalan, matn protsessorlarida grafik axborotga ishlov berish yoki murakkab bo‗lmagan hisoblash amallarini bajarish imkoniyatlari ham mavjud.
1.3-rasm. Zamonoviy axborot texnologiyalarining qayta ishlanayotgan axborot tipi bo‗yicha farqlanishi.
Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalari axborotni qayta ishlash jarayonlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi keng tushunchadir. Axborot texnologiyalarining qo‗llanish sohalari: Kosmonavtikada uchish ob‘ektlarini boshqarish; Mudofa texnik vositalarini boshqarish; Yirik ishlab chiqarish ob‘ektlarini boshqarish; Iqtisodiyotni boshqarish (bank,moliya, el. tijorat v.b.); Davlat boshqaruvida (vazirliklar, xokimlik,ish yur.); Ta‘lim jarayonida (dt, el.darslik, prez, el.lug‗at); Ob‘ektlarni loyihalash (grafika, dizayn, model); Matbuot, OAV (Radio, televidenie); Axborot almashinish (Internet, el.pochta) v.b.
Faollashtiruvchi savollar: 1. Informatika fanining asosiy vazifalari nimalar? 2. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz? 3. Axborot tizimi kengroq tushunchami yoki axborot texnologiyalari? 4. Axborot tizimida qanday jarayonlar kechadi? 5. Axborot tizimining ta‘minotlari deganda nimani tushunasiz va ular nimalardan tashkil topgan?
6. Zamonaviy axborot texnologiyalari nima? 7. Ishlov beriladigan axborot turiga nisbatan qo‗llanadigan axborot texnologiyalarini tasniflab bering.
Axborot, axborot texnologiyalari, informatika, axborot tizimi, axborotni saqlash, izlash ishlov berish, uzatish, axborot tizimining ta‘minotlari, dasturiy ta‘minot, texnik ta‘minot, tashkiliy ta‘minot, lingvistik ta‘minot, huquqiy ta‘minot, zamonaviy axborot texnologiyalari.
O„zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari Kompyuter texnikasining paydo bo„lishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar Axborot texnologiyalarining ‗aydo bo‘lish tarixi qadimgi zamon-larga borib taqaladi, uning birinchi bosqichida hisoblash amallarini bajarish uchun oddiy tayoqchalar va toshlardan foydalanilgan. 1617 yili Djon Ne‘er ixtiro etgan logarifmik ‗rintsi‘da ishlovchi tayoqcha hisoblash amallarini bajarishni yengillashtirishda muhim qadamlardan sanaladi. Keyinchalik Genri Briggs birinchi marotaba o‘nlik logarifmlar jadvalini tuzdi. Bu jadval yordamida hisoblash amallarini bajarish birmuncha osonlashdi. 1851 -1854 yillar orasida frantsuz Amedey Mannxeym logarifmik lineykani ixtiro etdi. Undan XX asrning o‘rtalarigacha, ya‘ni elektr toki yordamida ishlovchi arifmometrlar ‗aydo bo‘lguniga qadar analitik hisoblarni bajarishda foydalanib kelindi. Sonlarning yig‘indisini hisoblash imkoniyatiga ega bo‘lgan birinchi mexanik mashina 1642 yili frantsuz fizik olimi Blez ‗askalg‘ tomonidan yaratildi. 1673 yili nemis olimi Gotfrid
Vilg‘gelg‘m Leybnits esa mexanik hisoblagichni ixtiro qildi. Bu mashina avvalgilariga qaraganda ancha mukammal bo‘lib, ikkilik sanoq sistema-sida qo‘shish, ayirish, ko‘‘aytirish, bo‘lish va kvadrat ildiz chiqarish amallarini bajara olar edi. 1822 yilda ingliz matematigi CHarlg‘z Bebbidjning dastur yordamida boshqariladigan analitik mashina loyihasi hisoblash mashinalarining yaratilishida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Ammo o‘sha davrlarda texnik imkoniyatlar chegaralanganligi tufayli CH.Bebbidj o‘z loyihasini to‘liq amalga oshira olmadi. Keyinchalik mazkur loyiha hisoblash mashinalarining yaratilishida asosiy tamoyil bo‘lib xizmat qildi. XIX asrning 80-yillari oxirida AQSHlik German Xollerit ‗erfokartaga tushirilgan ma‘lumotlarga avtomatik ishlov beruvchi statistik tabulyator yaratdi. Bunday tabulyatorlarning yaratilishi raqamli analitik hisoblash mashinalarining yangi sinfini ishlab chiqarishda ilk qadam bo‘ldi. CH. Bebbidj va G. Xolleritlarning ixtirolaridagi g‘oyalarga asoslangan holda Garvard universitetining ‗rofessori Govard Eyken 1937-1943 yillar davomida elektromagnit rele asosida ishlovchi ―MARK-1‖ hisoblash mashinasini ixtiro etdi. Taxminan shu vaqtning o‘zida AQSHda taniqli matematik Djon fon Neyman ishtirokida ‗ensilg‘van universitetining xodimlari Djon Mochli va ‗ros‘er Ekkertlar tomonidan hisoblash mashinasining elektron lam‘alar yordamida amalga oshirilishi mumkinligining nazariy va texnik asoslari yaratildi. Bunday hamkorlik natijasida 1946 yili dunyoda birinchi elektron hisoblash mashinasi ENIAC yaratildi. Bu hisoblash mashinasi 18 ming elektron lam‘adan tashkil to‘gan bo‘lib, 150 kvt elektr energiyasini sarf etardi. Ish jarayonida Djon fon Neyman 1945 yili hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim ilmiy hujjatlardan biri bo‘lgan maqolasini cho‘ etdi, unda yangi avlod universal hisoblash mashinalari qurilmalarining funktsional vazifalari va ishlash ‗rintsi‘lari asoslab berilgan edi. Bu ixtiro birinchi avlod hisoblash mashinalari, ya‘ni kom‘g‘yuterlarning yaratilishidagi dastlabki qadam bo‘ldi. Tranzistorlarning vujudga kelishi va ularning hisoblash texnikasida qo‘llanilishi ikkinchi avlod hisoblash mashinalari uchun asosiy mezon bo‘ldi. Elektron lam‘alar o‘rnini tranzistorlar egallashi natijasida kom‘g‘yuterlarning tezligi va ishonchlilik darajasi oshdi, shuningdek, qurilmalarning hajmi ixchamlashib, imkoniyatlari kengaydi. 1958 yili AQSHlik Djek Kilbi tomonidan bitta yarim o‘tkazgichli ‗lastinada bir nechta tranzistorni hosil qilish imkoniyati yaratildi. 1959 yili Robert Noys (INTEL firmasining asoschisi) esa shunday ‗lastinadagi tranzistorlarni ma‘lum sxema bo‘yicha ulash usullarini ixtiro qildi. Bunday ko‘rinishdagi elektron sxemalar integral sxemalar yoki chi‟lar deb yuritildi. 1968 yili Burroughs firmasi integral sxemalar asosida birinchi kom‘g‘yuterni yaratdi. SHunday qilib, uchinchi avlod kom‘g‘yuterlari ‗aydo bo‘lishida element baza asosini integral sxemalar tashkil etdi.
70-yillarning o‘rtalarida to‘rtinchi avlod kom‘g‘yuterlari yaratilib, ularning element bazasi katta va o‘ta katta integral sxemalardan tashkil to‘di. 70-yillarga kelib mikroelektronikaning rivojlanishi shaxsiy kom‘g‘yuterlar yaratishga imkon berdi. INTEL firmasi 1970 yil oxiriga kelib birinchi Intel-4004 mikro‘rotsessorini yaratdi. Avvaliga bu mikro‘rotsessorlar turli xil maxsus qurilmalarda elektron sxemalar o‘rnida ishlatib kelindi. 1973 yili INTEL firmasi 8 bitli Intel-8008 mikro‘rotsessorni yaratdi, 1975 yili shu mikro‘rotsessor asosida birinchi shaxsiy kom‘g‘yuter Alg‘tair - 8800 yuzaga keldi. 1981 yilning avgust oyida IBM firmasi birinchi IBM RS ti‘idagi shaxsiy kom‘g‘yuterni yaratib, keng ommaga taqdim etdi. Bir-ikki yildan so‘ng IBM RS kom‘g‘yuterlari jahon bozorida oldingi o‘rinlarga chiqib oldi. Hozirgi vaqtda IBM RS kom‘g‘yuterlari shaxsiy kom‘g‘yuterlarning standarti bo‘lib qoldi.
1984 yili Microsoft firmasi Windows o‘eratsion tizimining birinchi namunasini yaratdi. Windows o‘eratsion tizimining yaratilishini amerikaliklar XX asrning eng buyuk kashfiyoti sifatida e‘tirof etdilar. Axborot kommunikatsiyasi tarmoqlarining rivoj to‘ishi o‘zining tarixiga ega bo‘lib, uni quyidagicha talqin etish mumkin. AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot markazlarini muhim loyihalar ustida ishlash maqsadida birlashtirish masalasi o‘rtaga qo‘yildi va ‗entagon tarkibidagi AQSH Istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Defense Advanced Research ‗roject Agency, DAR‘A) tashkil etildi. Yaratilishi lozim bo‘lgan kom‘g‘yuter tarmog‘i AR‘ANET nomini oldi, bu tarmoq 1969 yil 2 yanvardan boshlab, faoliyat ko‘rsata boshladi. 1969 yil sentyabrida Kaliforniya universiteti olimi Leonard Kleynrok boshchiligidagi guruh Stenford ilmiy tadqiqot instituti kom‘g‘yuterlari o‘rtasida telefon liniyasi orqali axborot almashdi. 1969 yil oxiriga kelib, 4 ta universitet kom‘g‘yuterlari o‘rtasida aloqa o‘rnatildi. 1973 yilda AR‘ANET tarmog‘iga xalqaro, jumladan, Angliya (University College of London) va Norvegiya (Rogee Radar Establishment) kom‘g‘yuterlari ulanishlari amalga oshirildi. 1976 yilda mashhur XEROX kom‘aniyasining ilmiy xodimi Robert Metkalf birinchi lokal kom‘g‘yuter tarmog‘i texnologiyasi – Ethernetni yaratdi. 1983 yilga kelib, Milliy tarmoq ishchi guruhi (InterNetworking Working Grou‘, INWG) olimlari tomonidan TC‘/I‘ (Transmishion Control ‗rotocol/Internet ‗rotocol) qaydnomasi AR‘ANETda yagona qaydnoma sifatida ishlatila boshladi. Natijada qaydnomalar o‘rtasidagi nomuvofiqliklarga barham berildi va ushbu qaydnoma standart qaydnoma deb e‘lon qilindi. SHu yilning o‘zida AR‘ANET tarkibidan MILNET (Military Network) tarmog‘i ajralib chiqdi. MILNETning asosiy vazifasi harbiy axborotlarni uzatish va qabul qilish edi. AR‘ANET va MILNET tarmoqlarini yagona tarmoq sifatida atash uchun INTERNET termini ishlatila boshlandi. 1991 yilda Yevro‘a fizika laboratoriyasi (CERN) muhandisi Tim Bernes-Li hozirda hammaga ma‘lum bo‘lgan gi‘ermatnli sahifalar tizimi WWW (World Wide Web)ni yaratdi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling