Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xitoyshunoslik fakulteti bitiruv malakaviy ishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
xitoy xalq respublikasining yaqin sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- MUNDARIJA
- 2-bob. XITOY XALQ RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI VA UNDA YAQIN SHARQ MINTAQASINING O`RNI………………………………………………………………………
- Xulosa………………………………………………….….……………….. 61 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………...…….….…... 64
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
- Mavzuning o`rganilganlik darajasi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti.
- Bitiruv malakaviy ishining nazariy va metodologik asoslari.
- Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi.
- 1-bob. DAVLATNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY KONSEPTUAL ASOSLARI
1
VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
Bajardi: “Jahon siyosati” ta‟lim yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi Abduraxmonov Nodirbek Norali o`g`li________ Ilmiy rahbar: O`qituvchi. Karimov F.E.___________ Ilmiy maslahatchi: s.f.d. Idirov U.Y.______________
Toshkent-2016 2
1.1 Davlat tashqi siyosiy faoliyatining nazariy asoslari……………………. 9 1.2. Davlat zamonaviy tashqi siyosatidagi asosiy yo`nalishlar va ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi ahamiyati………………………………...
19
2-bob. XITOY XALQ RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI VA UNDA YAQIN SHARQ MINTAQASINING O`RNI……………………………………………………………………… 31 2.1 Xitoy Xalq Respublikasining tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari…….…………………………………………….....
31 2.2. Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida Yaqin Sharq mintaqasining tutgan o`rni………………………………………………………………….
43
2.3. Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishda XXRning tutgan o`rni….. 51 Xulosa………………………………………………….….……………….. 61 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………...…….….…... 64 3
Mavzuning dolzarbligi. Har bir suveren davlat o`z tashqi siyosatini ichki manfaatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil olib boradi. Xitoy Xalq Respublikasi ham suveren davlat sifatida xalqaro munosabatlar tizimida boshqa davlatlarning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda o`zining milliy manfaatlarini ifoda etgan tashqi siyosatni amalga oshiradi. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan e‟tirof etilayotgan XXR o`zining rivojlanish tezligi bilan dunyo hamjamiyatini hayratda qoldirayotganligi barchamizga ma‟lumdir. Jahonning ko`zga ko`ringan mashhur siyosatshunos olimlari tomonidan ilgari surilgan davlatlarning tashqi siyosatiga oid tendensiyalarida qayd etilganidek, rivojlangan davlatlarning tashqi siyosatida dunyoning barcha nuqtasida ularning manfaatlari mavjudligi e‟tirof etiladi. Xuddi shuningdek, XXR ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a‟zosi sifatida dunyodagi ko`plab mintaqalarda o`zining manfaatlariga ega va ularni doimiy ravishda amalga oshirib boradi. So`nggi yillarda Yaqin Sharq mintaqasi dunyodagi yirik davlatlarning manfaatlari to`qnashgan nuqtaga aylanib qolayotganligini ko`rishimiz mumkin. Bugungi kunda Yaqin Sharq davlatlari miqyosida jahon siyosatida chuqur iz qoldiradigan siyosiy jarayonlar yuz bermoqda. Buni quyidagicha ko`rib chiqishimiz mumkin. Birinchidan, Falastin-Isroil muammosining hali hamon o`z yechimini topmaganligi, ikkinchidan, ushbu mintaqada rangli inqiloblarning avj olishi( Arab Bahori deb nom olgan inqilobning Arab mag`ribida boshlanib, hozirgi kunda Suriyada davom etayotgani), Suriya inqirozi va bunga tashqi kuchlarning ta‟siri va ushbu muammolar bo`yicha hanuzgacha bir yechimga kelinmaganligi, mintaqada keskinlikning ortishiga olib kelmoqda va mintaqa davlatlaridagi siyosiy tizimini tashkil etuvchi siyosiy kuchlar va harakatlarning faoliyatini o`rganish siyosiy tahlilchilarning muhim obyektiga aylanib bormoqda. Shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‟aniyevich Karimov o`z asarlarida dunyoda ro`y berayotgan mojarolar haqida quyidagicha takidlab o`tgan 4
“…garchi terrorchilik harakatlarining biri, aytaylik, Filippinda, biri Bolqonda, biri Chechenistonda, yana biri Yaqin Sharq yoki boshqa mintaqa va davlatlarda amalga oshirilayotgan bo`lsa-da, ularning barchasi bir zanjirga bo`glangan… ochiq – oydin ko`rinib turibdi” 1 . Xitoy diplomatiyasining Suriya inqirozini bartaraf etishdagi faol ishtiroki Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mindaqasidagi siyosatining muhim elementi hisoblanadi. Rasmiy Pekinning bu boradagi hozirgi pozitsiyasi mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish. Mazkur siyosat asosan iqtisodiy imkoniyatlarni o`zida jamlabgina qolmay, Xitoyning mintaqa doirasida belgilaydigan istiqbolli siyosiy rejalarini ham o`zida mujassam etadi. Bugungi kunga kelib Xitoy Yaqin Sharq mintaqasidagi muammolarni hal qilishda muhim davlatga aylandi va Suriya Arab Respublikasidagi mummolarni hal qilish Xitoyning Yaqin Sharqdagi xavfsizlikni ta`minlashdagi asosiy maqsadlaridan biridir. Yaqin Sharqdagi kechayotgan jarayonlarga Xitoy ham faol ishtirok etib kelmoqda. Bunda uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida qabul qilinayotgan rezolyutsiyalardagi ishtirokidan ham ko`rishimiz mumkin. Xitoy va Yaqin Sharq mintaqasi davlatlari o`rtasidagi aloqalarni o`rganish va Xitoy O`zbekistonning yaqin hamkorlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda Yaqin Sharqdagi holatni tahlil etish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi to`g‟risidagi fikrlari e‟tiborga molikdir: “Biz XXRning O`zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaymi 2 .” Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharqdagi siyosiy jarayonlardagi ishtirokini o`rganish, ushbu mintaqa davlatlari bilan aloqalarini tahlil etish o`zining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.
1 Каримов И.А. Биз учун ҳадқимиз, ватанимиз манфаатидан улуғ мақсад йўқ // И.А.Каримов. Хавфсизлик ва тинчлик учун курашмоқ керак.-Т.: Ўзбекистон, 1998. – Т. 10. – Б. 130. 2 O`zbekiston Xitoyning ishonchli do`sti va hamkori bo`lgan, bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi. (XXRga davlat tashrifi munosabati bilan "Jenmin jibao" gazetasi muxbiriga berilgan intervyu, 2005 yil 25 may) O`zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo`lmaydi. Asar to`p. 13-jild. B. 425 5
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ilmiy ishlardan, xorijiy va mahalliy adabiyotlardan, shuningdek ba‟zi internet manbalardan keng foydalanildi. Ushbu muammoni o`rganishda avvalo, O`zbekiston Prezidentining bir qator asarlaridan, shuningdek turli tashkilotlar chop etgan xujjatlar va hisobotlardan, davlatlarning tashqi siyosiy konsepsiya va shunga doir xujjatlardan foydalanildi. Mamlakatimizda Xitoy tashqi siyosati va iqtisodi keng o`rganilgan jumladan: A. Xo`jayev, U.Y Idirov, N.E Karimova, Sh.I Shazamanov, G.A. Melibayeva, F.Sh Gaziyev, I.N Bekmuratovlar, V.S.Kim 1 tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan keng foydalanildi. O`zbekistonlik olimlar tomonidan bugungi kunda arab mintaqasi davlatlarini, shuningdek, Yaqin Sharq davlatlari ichki va tashqi siyosatiga bag`ishlangan tadqiqot ishlari keng yo`lga qo`yilgan. Ushbu mavzuni o`rganishda quyida olimlarning ilmiy maqolalari va kitoblaridan keng foydalanildi, jumladan S.f.d. Sh.A. Yovqochev o`z tadqiqotlarida Yaqin Sharq mintaqasida ayniqsa Misr Arab Respublikasining mintaqaviy xavfsizlikni ta‟minlashda ishtirokiga alohida e‟tibor qaratgan 2 . Respublikamiz olimlari arab dunyosi bilan hamkorlik, ushbu mintaqada kechayotgan siyosiy voqelik masalalariga qattiq e‟tibor qaratishgan. Yaqin Sharq mintaqasidagi mojorolar faqatgina mintaqaga ta‟sir qilib qolmasdan, balki, butunjahon hamjamiyatini xavotirga solmoqada. Bu borada prof. S.M. G‟afurov
1
Xoжаeв A, Китайские фактории в Центральное Азии. Монография. T., – 2007. – 170 c.; Идиров У.Ю. Замонавий Хитой ташқи сиѐсатидаги етакчи тенденциялар./ Мақола."Хитойшуносликнинг долзарб масалалари: филология, фалсафа, тарих, иқтисод ва сиѐсат" мавзусидаги XII илмий-амалий конференсия материаллари тўплами: Тошкент,28 ноябр 2015 йил.-Т.:ТДШИ,2015-245-246-б; Каримова Н.Э. Региональные аспекты современных международных отношений. Т.: 2013.168 с / Historic Central Asian Cities on the Silk Road: with Reference to Cheng Chen‟s Journey to Central Asia // Waseda Journal of Islamic Sciences. Tokyo: Institute of Islamic Sciences, Waseda University. – Vol.5. 2009. P.43-50; Шазаманов Ш.И. Ислоҳотлар даврида Хитой Халқ Республикаси // Монография. Т.: Тошкент давлат шаршунослик институти, 2014.-167 б.; Melibayeva G.A, Gaziyev F.Sh: “Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi” o‟quv qo‟llanma. –T. 2011/ Бекмуратов И.Н. Шанхай хамкорлик ташкилотининг фаолияти ва институциялашиш жараѐни:: 23.00.02; Ким.В.С. Китайская нация и «мягкая сила» китайской культуры в современном мире. Материалы международной конференции «Решение национального вопроса в Росии и Китае». Пермский государственный университет, г Пермь, 2010г 2 Qarang: Ёвкочев Ш.А. Политизация ислама и проблема религиозного экстремизма в современном мире (на примере Арабской Республики Египед) – Т.: ТашГИВ, 2003; Ёвкочев Ш.А. Миср Араб Республикасида давлат ва диний институтлар: монография. – Т., 2007; Ёвкочев Ш.А. Исламский фактор в политической системе современного Египта: монография. – Т.: ТИУ, 2008. – 212 с.
6
Fors ko‟rfazi mintaqasida xavfsizlikni ta‟minlash muammolarini chuqur tadqiq etgan 1 . So`nggi o`n yillik ichida xalqaro munosabatlarda yuz berayotgan o`ta keskin geyosiyosiy vaziyat davlatlarning xavfsizligiga katta tahdidalar solmoqda. Yurtimizda mintaqaviy xavsizlikni ta‟minlash borasida bir qator ilmiy ishlar olib borilgan bo`lib A.A. Abdisattorov, S.T Saidolimov M.M. Muhammadsiddiqov, K.K. Shaniyazov, D.Madaminova, A.Qurbonov va F.E Karimovlarning nomzodlik dissertatsiyalari va monografiyalarida Markaziy Osiyo, Fors ko`rfazi, Yaqin Sharq hamda Qizil va O`rta Yer dengizi mintaqalarida xavfsizlikni ta‟minlash masalalari tahlil etilgan 2 .
Ushbu ilmiy ishda rossiyalik sharqshunoslar S.A. Kaminskiyning arab monarxiyalarining konstitutsion asoslari haqidagi, A.G. Georgieva va V.V. Ozolingning arab neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy-davlat yo`nalishlarida rivojlanishi haqidagi, M.G. Zakariya, A.I. Yakovlev, V.V. Mashin, A.M. Vasilev, L.I. Medvedko va boshqalarning ilmiy ishlaridan foydalanildi 3 .
1 Qarang: Гафуров С.М. Национальная, региональная и глобальная безопасность: роль и место арабских государств Персидского залива и Республики Узбекистан. – Т.: «QAR-QALAM»Ж ТГЮИ, 2005; Гафуров С.М., Аль-Бухари М. Государство Кувейт: Учебное пособие. – Т.: Издательство национальной библиотеки Узбекистана имени Алишера Навои, 2007/ Гафуров С.М. Роль арабских государств Персидского залива и Республики Узбекистан в обеспечении региональной и глобальной безопасности: Автореф. дис. ... док. полит. наук. – Т.: ТашГИВ, 2002. –26 с. 2 Qarang: Абдисатторов А.А. Форс кўрфази араб давлатлари ташқи сиѐсатида “Ислом омили”нинг сиѐсий таҳлили: Сиѐс. фан. ном. ... дис. автореф. – Т.: ТДШИ, 2005;// С.Т Саидолимов Марказий Осиѐда хавфсизликни таъминлаш муаммолари. С.ф.д. олиш учун диссер.автореферати. – Т.: ДЖҚА, 2007.// Муҳаммадсидиқов М.М. Саудия Арабистонининг Қизил денгиз минтақасида хавфсизликни таъминлаш сиѐсатининг хусусиятлари: Сиѐс. фан. ном. ... дис. – Т.: ТДШИ, 2005/ Zamaonaviy xalqaro muosabatlarning mintaqaviy jihatlari” O`quv qo`llanma. – T., 2013. – 170.b//Шаниязов К.К. Палестинская проблема в блежневосточной политике США: Автореф. Дисс. ...канд.полит. наук. – Т.: ТашГИВ, 2005; Мадаминова Д.И. Миср Араб Республикасининг Ўрта Ер денгизи минтақасида хавфсизликни таъминлаш сиѐсатининг хусусиятлари: Сиѐс. фан. ном. ... дис. автореф. – Т.: ТДШИ, 2010; Курбонов А.К. Фаластин муаммоси ва унга араб дунѐсининг муносабати: тар.фан. ном. ... дис. автореф. – Т.: ЎзР. Фан.акад.Шарқшунослик институти, 2010. –27 б; Каримов Ф.Э. Яқин Шарқдаги этносиѐсий муаммолар ва минтақавий хавфсизлик масалалари. Монография. – T.: “Sharq” нашриѐти; Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2016. – 224 б. 3 Qarang: Каминский С.А. Институт монархии в странах Арабского Востока. – М., 1981; Георгиев А.Г., Озолинг В.В. Нефтяные монархии Аравии. – М., 1983; Закария М.Г., Яковлев А.И. Нефтяные монархии Аравии на пороге XXI века. – М., 1998; Машин В.В., Яковлев А.И. Персидский залив в планах и политике Запада. – М., 1985; Васильев А.М. Факелы Персидского залива. – М., 1976; Васильев А.М. Персидский залив в эпицентре бури. – М., 1983; Медведко Л.И. К востоку и западу от Суэца. – М., 1981; Новейшая история арабских стран Азии (отв.ред. В.В.Наумкин). – М., 1988. –347 c.
7
Ushbu tadqiqot ishida chet el olimlaridan R.John va B.Michael kitoblaridan keng foydalanildi 1 . Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishi o`z oldiga Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini yoritishni maqsad qilib olgan. Mazkur maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni qo`yish va hal qilishni nazarda tutadi: – Davlat tashqi siyosiy faoliyatining nazariy asoslarini o`rganib chiqish; – Davlat zamonaviy tashqi siyosatidagi asosiy yo`nalishlar va ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi ahamiyati bilan tanishib chiqish; – Xitoy Xalq Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini ko`rib chiqish; – Xitoy Xalq Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish; – Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatida Yaqin Sharq mintaqasining tutgan o`rni tahlil qilish; – Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishda XXRning tutgan o`rnini aniqlash; – XXR va
Yaqin Sharq
mintaqasi davlatlari o`rtasidagi munosabatlarining rivoji bilan bog`liq tavsiyaviy takliflar berish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti. Hozirgi bosqichda Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlari ishning obyekti hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi va Yaqin Sharq mintaqasi davlatlarining iqtisodiy, siyosiy, xavfsizlik sohalarda ularning o`zaro manfaatli munosabatlari va ular o`rtasidagi hamkorlik ishning predmetini tashkil qiladi.
1 John R. Unequal Conflict .The Palestinian and Israel. – N.Y.: Olive Branch Press, 1998. –Р.121-133.// Barnett, Michael (2008). ”Social Constructivism” in Baylis, John, Smith, Steve and Owens, Patricia (eds.), The Globalisation of World Politics: An introduction to international relations (4 th Edition). Oxford: Oxford University Press, 2010 8
nazariy va metodologik asoslari bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti bilan uzviy bog`liq. Xitoy Xalq Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy manfaatlari va ushbu mintaqadagi rolini aniqlashga oid masalalar bugungi kunda amalga oshirilgan siyosiy tadqiqotlarda lozim darajada yoritilmagani hal qiluvchi omilga aylangani holda nazariy-metodologik yondashuvni tegishli hollarda qo`llash zaruriyatini belgiladi. Siyosiy tadqiqotlarda amalga oshiriluvchi qiyosiy tahlil va sintez metodi, shuningdek, kontent metodi ishning nazariy asosi bo`lib xizmat qildi. Mazkur ishning metodologik asosini BMT tomonidan qabul qilingan Yaqin Sharq masalalariga doir ko`plab rezolyutsiyalar, konvensiyalar, xalqaro huquqiy hujjatlar, Xitoy Xalq Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro shartnomalari, Xitoyning tashqi siyosiy konsepsiyasi, Xitoy Xalq Respiblikasi Prezidentlari nutqlari, shuningdek, taniqli siyosatshunos olimlarning Yaqin Sharq va Xitoy tashqi siyosati va tashqi siyosiy kursi masalalariga bag`ishlangan nazariyalari va ta'limotlari tashkil etdi. Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
9
ETISHNING NAZARIY KONSEPTUAL ASOSLARI 1.1. Davlat tashqi siyosiy faoliyatining nazariy konseptual asoslari Tashqi siyosat har bir zamonaviy davlatning bosh atributi, fundamental jihati, ajralmas qismi va funksiyasi hisoblanadi hamda davlatlar o`z tashqi siyosatini ichki manfaatlardan kelib chiqib olib boradi. Shuningdek tashqi siyosat davlatlarning bir- biri bilan o`zaro munosabatlarini xalqaro maydonda tartibga solish va uni boshqarish ma`nosini ham anglatadi. Tashqi siyosiy munosabatlarda ishtirok etayotgan har bir davlat, u katta yoki kichikligiga qaramay, o`zi tanlagan yo`ldan rivojlanishga intiladi. Turli siyosiy tuzumdagi davlatlar o`zaro birgalikda hamkorlik qilar ekan, bir-birlarining tanlagan yo`lini va o`zaro milliy manfaatlarini hurmat qilgan holda o`z tashqi siyosatini olib boradi. Tashqi siyosatni tadqiq qilishda ko`plab ilmiy ishlar va nazariyalar yaratilgan. Jumladan amerikalik olim V. Xadson tashqi siyosatni tahlil qilishga katta hissa qo`shgan. U o`zining “Tashqi siyosiy tahlil: klassik va zamonaviy nazariyalar” asarida tashqi siyosiy tahlilni asosan beshta darajaga bo`lgan. Birinchi bosqichda alohida qabul qilingan tashqi siyosiy qarorlar, asosan liderning siyosiy psixologiyasi va tashqi siyosiy jarayonlarni amalga oshirishdagi roli tadqiq qilinadi. Ikkinchi bosqichda jamoaviy qabul qilingan tashqi siyosiy qarorlar – tashqi siyosatni amalga oshiruvchi subyektlar va tashkilotlarning o`zaro munosabatlari asosida qabul qilinadi. Uchinchi bosqichda tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilishda madaniy, ijtimoiy va milliy o`zlik xususiyatlari hisobga olinadi. To`rtinchi bosqichda tashqi siyosiy jarayonlarda davlatlarning olib borayotgan ichki siyosiy ta‟siri o`rganiladi. 10
Beshinchi bosqichda davlatlarning tashqi siyosiyatini belgilab beruvchi xususiyatlari ya‟ni, uning tabiy va demografik resurslari, geografik joylashuvi, siyosiy tizimi, harbiy va iqtisodiy salohiyati hisobga olinadi. 1
siyosatning shakllanishida uch asosiy model ajratiladi: Birinchi model – klassik, unga ko`ra tashqi siyosat aktorning anglangan, maqsadli va ratsional harakati natijasiga bog`liq (butun davlat, hukumat yoki uning rahbarlari); Ikkinchi model – tashqi siyosatning uyushgan aktorlar va jarayonlarning majmuasi sifatida namoyon bo`lishi; Uchinchi model – tashqi siyosat siyosiy muassasa va ularning yetakchilarining siyosiy savdosi sifatida, hukumat ichidagi, yana lobbist guruhlarga nisbatan uning munosabatida sodir bo`ladi 2 . Allisonning ushbu modeli tashqi siyosat davlatning harakati bilan harakterlanishini nazarada tutadi. Davlat yagona va butun tana sifatida insonga qiyoslanadi. Siyosatdagi bu turdagi qarashlar qadimgi dunyo va o`rta asrlardagi xalqaro munosabatlar monarxlar o`rtasidagi munosabatlar sifatida qarashga to`g`ri keladi. Avtoritar va totalitar tuzumlarda davlatning tashqi siyosiy kursi daho yoki diktator deb ataluvchi yagona shaxs tomonidan belgilanadi, bunda yaqin atrofdagi shaxslarning ishtiroki minimal darajada bo`ladi 3 . O`tgan asrning oxirida Britaniya hukumatiga rahbarlik qilgan Margaretta Tetcher tashqi siyosat xavfsizlik tushunchasiga shunday ta‟rif beradi : “Tashqi siyosat va xavsizlikni ta‟minlash – bu, avvalo boshqa davlatlar bilan munosabatlarida shaxsiy maqsadlarga erishish uchun kuch hamda qudratdan foydalanishdir.
1 Hudson V. Foreign Policy Analysis: Classic and Contemporary Theory. Lanham:The Rowman and Littlefi eld Publishing Group, 2007. 234 p. 2 Making a Difference: Allison's Three Models of Foreign Policy Analysis // http://www.academia.edu/592889/ Making_a_Difference_Allisons_Three_Models_of_Foreign_Policy_Analysis 3 Мировая политика и международные отношения: Учебное пособие / Под ред. С.А.Ланцова, В.А.Ачкасова. – Москва, 2011. – С. 276. 11
Men, konservator sifatida, bunday ta‟rifdan mutlaqo cho`chimayman. Boshqalar kuchga tayanmasdan, xalqaro ishlarda istalgan natijalarda erishishga urinib ko`rsinlar ular muvaffaqiyatga uchrashi muqarrar 1 ” Demak Tetcher xonim o`zining bu fikrlari bilan tashqi siyosatda davlat mafaatlarini himoya qilishda davlatning kuch-qudratiga taynishini aytib o`tadi. Shunday ekan davlatlarning tashqi siyosatiga mos bo`lgan asosiy va muhim xususiyatlaridan biri tashqi siyosatning obektiv mohiyatiga ega ekanligi bilan belgilanadi. Tashqi siyosat u yoki bu mamlakatlardagi biron-bir siyosiy kuchining xoxish-irodasiga bog`liq bo`lmagan holda davlatlarning tashqi munosabatlarida ishtirok qilish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir davlat boshqa davlatlar bilan shunchaki o`zaro aloqada bo`lmasdan mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy. Iqtisodiy-ma‟naviy rivojlanish extiyojlarini to`la darajada qondirisha olmaydi. Bu hol zaruriyat tariqasida har bir davlatning tashqi siyosiy faoliyatida aks etadi va unga munosabat bildirish davlatlar tashqi siyosatida ifodalanadi 2 .
hodisasi ham xosdir. Bir davlatning tashqi siyosati boshqa davlatlarning tashqi siyosatiga ko`p jihatdan mos keladi. Buni har bir davlatning jahon maydonida ro`y berayotgan o`zgarishlarga bir xil munosabat bildirishda u yoki bu muammoni hal etishda birgalikda harakat qilishida aniq ko`rish mumkin. Masalan, hozirgi kunda tinchlik va xavfsizlik uchun kurash, harbiy mojarolarni siyosiy yo`l bilan hal qilish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik terrorizmga qarshi birgalikda kurash va boshqa shular singari siyosiy munosabatlarda ko`pchilik davlatlar olib borayotgan tashqi siyosatda umumiylik hodisasi ustun o`rinni egallaydi 3 .
Shuni ta‟kidlab o`tish kerakki davlatlarning tashqi siyosatiga mamlakat ichidagi va xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlar ta‟sir qilib tursa-da biroq ular
1 Qarang: Hasanov. U.A. Xalqaro munosabatlar nazariyasiga kirish. T. 2007. – B. 34//Тэтчер Маргарет. Искусство управления государством. Стратегии для меняющегося мира. - М., 2003. – С. 17. 2 Safoyev S. Markaziy Osiyoda kechayotgan geosiyosiy jarayonlar va mintaqaning hozirgi dunyo xalqaromunosabatlar tizimida tutgan o`rni // Xalqaro munosabatlar. -T., 2005. -№3. - B. 20. 3 Стародубцев И.И. Европейский безопасность: теория и практика // Мировая экономика и международная отношения М.-1998 г. Код №1. – С. 54-65. 12
biron bir davlatning tashqi siyosatini batamom o`zgartirib yubora olmaydi. Tashqi siyosatga qilinadigan ta‟sir ijobiy yoki salbiy bo`lishi mumkin. Har qanday davlatning tashqi siyosatiga ko`rsatiladigan ijobiy ta‟sir uning mamlakat ichida va xalqaro maydondagi mavqeni mustahkamlashga, uning obro-e‟tiborining oshishiga yordam beradi. Bunday sharoitda davlat mazkur siyosiy kuchlar bilan hamjihat bo`lishiga, ular faoliyati va harakatlarini qo`llab-quvvatlashga harakat qiladi. Yuqoridgi fikrlardan shuni bilib olish mumkunki davlatlarning tashqi siyosati va uning amal qilinishiga ichki va tashqi omillar ta‟sir etib turadi. Ichki omillar obektiv va subektiv omillardan tashkil topadi. Obektiv omillarga mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan omillar, subektiv omillarga esa, mamlakatning siyosiy hayotida faoliyat ko`rsatuvchi siyosatning turli xildagi subektlari kiradi. Bu omillar tashqi siyosatga ta‟sir etishi bilan birga uning zarurligini ham taqozo etadi. Binobarin, agar davlatlarning tashqi siyosati amalda bo`lmasa, mazkur omillarning harakati ham bir tomonlama yo`nalishga ega bo`lib qoladi
1 .
Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqozo etadi. Ehtiyojlar avvalo, har bir mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Hech bir davlat o`zining tashqi siyosatida boshqa davlatning manfaatlarini ustun qo`ymaydi va bunga intilmaydi. O`z navbatida u yoki bu mamlakatning milliy manfaatlari boshqa mamlakatlarning manfaatlaridan xam ustun qo`yilmasligi lozim. Har bir davlat o`zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida ana shu talablarga og`ishmay rioya qilishi zarur. Aks holda davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda qarama-qarshiliklar kelib chiqishi tabiiydir 2 .
vazifasiga kiradi. Milliy manffatlar asosida ularning tegishli davlat boshqaruvi organlari va institutlari o`z mazmuniga ko`ra fuqarolar, jamiyat va davlatning, eng avvalo
1 Yusupova G.X., Bugayeva G.A. Siyosiy fikrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. Politologiya kursi bo`yicha ma‟ruzalar matni. 1-Qism Toshkent: UzMU, 2000, - B. 9-14. 2 Ғафуров С.М., Ҳайдаров А.А., Тўлаганова Н.Ў. Сиѐсатшунослик асослари: Ўқув қўлланмаси. – Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриѐти, 2006. – Б. 223. 13
hayotiy muhim manfaatlarini qidirish borasidagi niyatlarini aks ettiruvchi davlat siyosatining maqsarlarini ishlab chiqadilar va shakllantiradilar 1 . Davlatlarning milliy manfaatlari ularning tashqi siyosati orqali moddiy kuchga aylanib xalqaro maydonda ularning u yoki bu darajada faoliyat ko`rsatishini belgilab beradi. Tashqi siyosat zarurligining milliy manfaatlari orqali ifodalanishi barcha davlatlarga xos bo`lgan umumiy xodisa hisoblanadi. Davlatlar uchun tashqi siyosatning zarurligi bir davlatning boshqasi bilan o`zaro munosabatda bo`lishi va o`zaro hamkorlikni turli xil shakllarda olib borishi bilan belgilaydi. Bundan tashqari davlatning turli xalqaro tashkilotlar bilan qiladigan aloqalari ham ularning tashqi siyosatida muhim o`rin agallaydi va ular olib boradigan tashqi siyosatining muhim omili hisoblanadi. Davlatlar tashqi siyosatining zarurligini xalqaro siyosiy munosbatlarning rivojlanish extyojlari ham taqozo etadi. Xalqaro munosabatlarda ro`y beradigan har qanday muammoni hal qilish birinchi navbatda davlatlar tashqi siyosiy faoliyatiga bog`liq bo`ladi. Buning sababi shundaki davlatlar o`zlarining tashqi siyosiy faoliyati orqali xalqaro munosabatlarga ta‟sir ko`rsatadilar va ularni tartibga solib turishda etakchi siyosiy kuchlardan biri sifatida harakat qiladilar. Tashqi siyosat o`zgaruvchanlik xususiyatiga egadir. Ma‟lumki, mamlakat ichida va xalqaro maydonda ro`y beradigan yangidan-yangi siyosiy voqea- xodisalarga bildiriladigan munosabat xamisha bir xilda bo`lib qolmaydi. Garchi bu munosabat davlatlar tashqi siyosatining butunlay o`zgarib ketishiga olib ketmasa- da ayni paytda bu siyosatga ma‟lum darajada ta‟sir etib, uning yangi vaziyat talablariga mos ravishda o`zgarib turishiga sabab bo`ladi. Tashqi siyoat ham ichki siyosat singari barqarorlik xususiyatiga ega bo`ladi. Barqarorlik, bir tomondan, tashqi siyosat vaziyatga, ikkinchi tomondan esa, siyosiy hokimiyatlarning faoliyatiga bog`liq bo`ladi. Buning ma‟nosi shundaki xalqaro munosabatlar va ularga ta‟sir etib turuvchi davlat hokimiyatlari faoliyatidagi samarali natijalar tashqi siyosatga barqarorlik ruhini baxsh etadi. Siyosiy vaziyat
1 Муҳаммадсидиқов М.М. Саудия Арабистонининг Қизил денгиз минтақасида хавфсизликни таъминлаш сиѐсатининг хусусиятлари: Сиѐс. фан. ном. ... дис. – Т.: ТДШИ, 2005, - Б. 35 14
qanchalik tez o`zgarib turishiga qaramay tashqi siyosatning umumiy yo`nalishi uzoq yillar davomida keskin o`zgarishlarga uchramasligi mumkin. Shunga ko`ra tashqi siyosat k o`pchilik davlatlar faoliyatining barqaror davom etishini bildiradi. Tashqi siyosatga turli davlatlarning maqsad va manfaatlaridagi umumiylik hodisasi ham xosdir. Bir davlatning tashqi siyosati boshqa davlatlarning tashqi siyosatiga ko`p jihatdan mos keladi. Buni har bir davlatning jahon maydonida ro`y berayotgan o`zgarishlarga bir xil munosabat bildirishda u yoki bu muammoni hal etishda birgalikda harakat qilishida aniq ko`rish mumkin. Masalan, hozirgi kunda tinchlik va xavfsizlik uchun kurash, harbiy mojarolarni siyosiy yo`l bilan hal qilish, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik terrorizmga qarshi birgalikda kurash va boshqa shular singari siyosiy munosabatlarda ko`pchilik davlatlar olib borayotgan tashqi siyosatda umumiylik hodisasi ustun o`rinni egallaydi 1 . Ichki va tashqi siyosatning o`zaro aloqadorligi hamda o`zaro ta‟siri muammosi siyosiy fanlarning murakkab munozarali muammolaridan biridir. Xalqaro - siyosiy fanlarning har bir yo`nalishi ushbu muammoni siyosatni harakatlantiruvchi kuchlari va manbalari asosidagi o`z shaxsiy tasavvuridan kelib chiqib o`rganadi. Masalan, siyosiy realizm tarafdorlari uchun tashqi va ichki siyosat oxir- oqibat kuch uchun kurashga olib keladigan yagona mazmunga ega bo`lsa-da, davlat faoliyatining prinsipial jihatdan farqli sohalarini qamrab oladi. Tashqi siyosat ikki tarkibiy qismdan iborat milliy manfaatlar bilan belgilanadi: birinchisi, tirik qolish imperativi, ikkinchisi, bu manfaatlarning vaqt va makondagi aniq shakli. Ushbu shaklning belgilanishi tashqi dunyo bilan aloqalarda monopoliyaga ega davlatga taalluqli. Milliy manfaatlar asosi doimiy xarakterga ega bo`ladi, shuning uchun davlat hayotining ichki omillari realistlar tomonidan milliy manfaatlar tabiatiga ta‟sir qilish imkoniyatiga ega deb hisoblanmaydi.
1 Стародубцев И.И. Европейский безопасность: теория и практика // Мировая экономика и международная отношения - М., 1998. №1 – С. 54. 15
Boshqa nazariy maktab va yo`nalishlar nuqtai nazariga ko`ra, ichki va tashqi siyosat shunchalik bir-biri bilan bog`liq emas, ularning aloqalari determinativdir. Ular determinatsiyasining ikki versiyasi mavjud: 1.Ortodoksal marksizm nuqtai nazariga ko`ra, tashqi siyosat - ichki siyosiy tuzumning sinfiy mohiyati in‟ikosi (aksi) bo`lib, bu mohiyatni ifodalovchi iqtisodiy munosabatlarga bog`liq bo`ladi.
nazariyalari, shuningdek, bog`liqlikning neomarkistik nazariyasi, “jahon markazi”, “jahon periferiyasi” va bu qarashlarga ko`ra ichki siyosat manbasi tashqi majburlov kuchlaridir. Gap “markaz” va “periferiya” o`rtasidagi tashqi siyosiy kurashining asosiy maydoni bo`lgan nosimmetrik o`zaro bog`liqlik munosabatlari mavjudligi to`g`risida bormoqda. Ichki siyosiy jarayonlar ahamiyati, u yoki bu davlatlar doirasida partiyalar va harakatlar kurashi, ichki siyosiy jarayonlar ahamiyati, ularning jahon iqtisodidagi o`rni bilan belgilanadi. Neorealizm va strukturalizm vakillari uchun tashqi siyosat ichki siyosatning davomi hisoblanadi, xalqaro munosabatlar esa ichki ijtimoiy munosabatlar davomi sifatida qabul qilinadi. Tashqi siyosatni ta‟riflashdagi hal qiluvchi rolni xalqaro tizimning ichki dinamikasi o`ynaydi.
ichki va tashqi siyosat yagona asos - davlatga ega degan fikrga asoslanishadi. Davlat hokimiyatning ikki monopoliyasiga ega: o`z hududida kuch ishlatish huquqi, qonuniy soliqlar olish huquqi. Lekin davlatning bu ikki monopoliyasini amalga oshirish davlatning harbiy axborot va boshqa ilg`or texnologiyalari rivoji darajasiga bevosita aloqador bo`ladi. Shu sababli ushbu konsepsiya tarafdorlari uchun ichki siyosatning tashqi siyosatga nisbatan birlamchiligi yoki aksi holati mutlaq ahamiyatga ega emas; ularning fikriga ko`ra, har ikki holat, avvalambor, texnologik xarakterdagi omillar bilan belgilanadi.
ko`ra, ishtirokchilarning turli ekanligi o`zaro ta‟sir ko`rinishlari va kanalning har 16
xil ekanligi davlatni xalqoro muloqat markazidan siqib chiqaradi. Ko`z o`ngimizda siyosatni ichki va tashqiga bo`lish ahamiyatli bo`lmagan global dunyo paydo bo`ladi. 1969 yilda J.Rozenau tomonidan ilgari surilgan jamiyatning ichki hayoti va xalqoro munosabatlarning o`zaro ta‟siri to`g`risidagi g`oyalari bunday yondashuvga katta ta‟sir ko`rsatdi U birinchilardan bo`lib, dunyoning “ikkiga bo`linishi”ga oid fikrlarni bayon etdi: zamonaviylik, bir tomondan, davlatlararo o`zaro munosabatlar maydonlari mavjudligi bilan xarakterlanadi, by erda klassik diplomatiya va strategiya “qonunlari” amalda bajariladi; boshqa tomondan, “suverinitetdan tashqari” aktorlar, ya‟ni nodavlat ishtirokchilari to`qnashadigan maydon mavjud. Bundan Jahon siyosatining ikki qatlamligi kelib chiqadi: davlatlararo munosabatlar va nodavlat aktorlarning o`zaro aloqalari bir-biri bilan alohida nisbatan mustaqil va bir-biriga parallel ikki “post- xalqoro” siyosatni tashkil etadi 1 .
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Buning sababi juda xilma-xil bo`lib, ularning quyidagi xolatlar bilan izohlash mumkin. Birinchidan: ayrim xollarda davlatlar o`zining tashqi siyosatini, ishlab chiqish va amalga oshirishda xalqaro munosabatlarda ro`y berayotgan o`zgarishlarni hisobga olmagan holda bu munosabatlarda ishtirok etishga va unga ta‟sir ko`rsatishga harakat qiladi. Bunda gap u yoki bu davlat tomonidan xalqaro munosabatlarda ro`y berayotgan o`zgarishlarning mohiyatini tushunib yetmaslik ustida emas, balki ularga ongli munosabatda bo`lgani holda munosabat bildirishi haqida bormoqda. Shunday davlatlar borki, ular ayrim xollarda xalqaro munosabatlarda bo`ladigan o`zgarishlar va ularning oqibatlari bilan hisoblashmay, xalqaro ahamiyatiga molik masalalarini hal qilishda biron-bir darajada ustun bo`lishga harakat qiladi. Bunday urinish boshqa davlatlarning manfaat va
1 Юлдашева Г.И. Халқаро муносабатларнинг методологик аспектлари. –Т.:Математика ва ахборот технологиялар институти босмахонаси, 2009. – Б. 9 – 10.
17
maqsadlariga zid kelib qoladi va natijada xalqaro munosabatlarda tenglik holatlari kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Ikkinchidan, xalqaro munosabatlarni tartibga solib turishda davlatlarning tashqi siyosati muhim ahamiyatga egadir. Tashqi siyosat yordamida davlatlar xalqaro maydonda ro`y bergan vaziyatga o`z munosabatlarini bildiradilar va unda kelib chiqadigan muammolarni hal qilishga u yoki bu darajada hissa ko`shadilar. Masalan: keyingi yillarda Bosniya, Serbiya, Xorvatiya, Gersogovaniya mamlakatlari o`rtasida kelib chiqqan urush harakatlari, Checheniston voqealari, Afg`oniston va Tojikistondagi mojarolarga dunyodagi ko`pchilik davlatlar o`z munosabatlarini bildirib, bu mamlakatlarda tinchlikka erishish bilan bog`liq masalalar ular tashqi siyosatining muhim vazifalaridan biriga aylanadi. Bu mintaqalardagi harbiy harakatlarni to`xtatish va mojarolarni siyosiy yo`l bilan hal qilish
zarurligi davlatimiz tashqi siyosatida ham yetakchi o`rinni egallaydi.O`zbekiston davlati ham ko`pchilik boshqa davlatlar singari o`zining tashqi siyosatida harbiy harakatlar va mojarolarni tinch yo`l bilan bartaraf qilish yo`lini izchillik bilan davom ettirib kelmokda. Uchinchidan, xalqaro munosabatlarda ro`y beradigan ayrim noxush xolatlar, ziddiyatli vaziyatlar va qarama-qarshiliklar ham davlatlar tashqi siyosatiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ayrim xollarda xalqaro munosabatlarda kelib chikadigan u yoki bu muammoni hal qilishda manfaatli bir-biriga zid kelib qoladi. Tashqi siyosat maqsadga erishishning turli tamoyillari, metod va mexanizmlarga tayanadi. Diplomatiya - tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy mexanizmi hisoblanadi 1 . Tashqi siyosat sohasida davlatlarning teng huquqli hamkorligi tamoyili xalqaro ahamiyatga doir masalalarni qanday muhokama qilish ishlarida har bir davlatning hech qanday cheklashlarisiz ishtirok qilinishi, ularning qabul qilayotgan qarorlarida barovar ovoz berish huquqiga ega bo`lishini bildiradi. Binobarin, hech bir davlat tashqi siyosat sohasida ham o`zining kamsitilishiga yo`l qo`ymaydi.
1 Касымов А, Васъкин К. Основные направления внешней политики Республики Узбекистан. – Т.: Ўзбекистан, 1994. – С. 54. 18
Davlatlar tashqi siyosatining tajribasi shuni ko`rsatadiki, ayrim hollarda bir davlatning boshqasiga nisbatan o`z hukmini o`tkazishga urinish ro`y berib turgan. Bunday harakatlar oqibati ko`p hollarda bosqinchilik urushlari bilan tugagan. Ammo bunga barcha mamlakatlar tashqi siyosatiga xos xususiyat deb qaramaslik kerak. Dunyoda ko`pchilik davlatlar o`zining tashqi siyosiy faoliyatini boshqa davlatlar bilan teng huquqli hamkorlik asosida olib borgan. Shuning uchun ham ko`pchilik davlatlar tashqi siyosat sohasida boshqa davlatlarga o`z hukmini o`tkazmaslikka harakat qilib kelmoqda va bu sohadagi har qanday tashabbusni qo`llab-quvvatlamoqda. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi o`zining tashqi siyosatida bu tamoyilga og`ishmay amal qilish asosida jahon hamjamiyatiga alohida nufuzga ega bo`lmoqda 1 .
ishlariga aralashish oqibatida kelib chiqadi. Bunday holatlar davlatlar tarixida juda ko`p bo`lgan. Janubiy Afrika Respublikasi, Xitoy singari mamlakatlarning tashqi siyosatida boshqa davlatlarning va xalqaro munosabatlarga kuchli salbiy ta‟sir ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham dunyodagi ko`pchilik davlatlar o`zlarining tashqi siyosatida ichki ishlarga aralashmaslik tamoyiliga amal qilishga harakat qilmoqdalar va boshqa davlatlarni ham bunga da‟vat etmoqdalar. Davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo`lishida g`oyaviy muxolifatlikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir. G`oyaviy muxoliflik davlatlarni bir-biriga yaqinlashtirish emas, balki ularni uzoqlashtirishga, ular o`rtasida dushmanlik kayfiyatining avj olishiga sabab bo`ladi. Hozirgi dunyo siyosiy jarayoni jamiyatda manfaatlar muvozanatini, tiyib turish va kuchlar nisbatini tenglashning jamiyatning barqaror olg‟a qarab rivojlanishini va har bir kishining o`z yo`lini erkin tanlashini kafolotlovchi kuchli mexanizmni shakllantirish bilan bog‟liq 2 .
1 Safoyev S. Markaziy Osiyoda kechayotgan geosiyosiy jarayonlar va mintaqaning hozirgi dunyo xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o`rni // Xalqaro munosabatlar. - T., 2005. -№3. – B. 20. 2 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида.Т.6. - Т.: Ўзбекистон, 1998. – Б. 51. 19
Xulosa qilib aytganda, tashqi siyosat davlatlarning xalqaro hamjamiyat doirasida milliy manfaatlarini ta‟minlashga, xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan oqilona tashqi siyosat olib borish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ayrim hollarda davlatning umumbashariy manfaatlardan ko`ra milliy manfaatlarni ustun qo`yishi ayrim mojorolarga olib keladi. Buning natijasida jahon siyosati va xalqaro munosabatlar tizimidagi aktorlar o`rtasida o`zaro keskinlashuv, muayyan masalalar borasida manfaatlarning bir biriga nisbatan qarama – qarshi kelishi va albatta bunday bir vaziyatda har bir aktorning o`z milliy manfaatlarini ta‟minlash maqsadida olib brogan tashqi siyosati natijasida Jahon siyosati subyektlari o`rtasida o`zaro
keskinlashuv oqibatida xalqaro tizimning yanada murakkablashishiga olib keladi. Tashqi siyosat davlatlarning xalqaro hamjamiyat doirasida milliy manfaatlarini ta‟minlashga, xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan oqilona siyosat olib borish vositasi bo`lib, o`z navbatida ushbu faoliyat bir qator zaruriy strategiyalarni ham qamrab oladi. Ushbu strategiyalar doimiy ravishda ijobiy xarakterga ega bo`lmasdan, ko`p xollarda umumbashariy manfaatlardan ko`ra milliy manfaatlar ustuvorligi aks etadi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling