Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#240290
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
mitsubisi korporatsiyasida boshqaruv xususiyatlari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM 

VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 

 

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA 

MAMLAKATSHUNOSLIK FAKULTETI

 

 



 

 

 



 

 

REFERAT 



Mavzu: Mitsubisi Korporatsiyasida boshqaruv xususiyatlari 

 

 



 

 

 



 


Reja: 

 

1.  Yaponiya menejment tizimining o`ziga xos xususiyatlari 



2.  Mitsubisi Korporatsiyasi haqida umumiy ma`lumot 

3.  Mitsubisi Korporatsiyasida inson resurslarini boshqarish va 

ulardan foydalanish mexanizmi 

4.  Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Yaponiya menejment tizimining o`ziga xos xususiyatlari 

 “Mitsubisi” 

korporatsiyasida 

boshqaruvning 

o`ziga 

xos 


xususiyatlarini  tahlil  qilish  uchun  birinchi  navbatda  qisqacha  yapon 

menejment modelining rivojlanish tarixi va o`ziga xos belgilarini ko`rib 

chiqish lozim. 

Yaponiyaning 

menejment 

boshqaruv 

tizimining 

dastlabki 

bosqichlari  1945-yillarga  to`g`ri  kelib,  Yaponiya  ikkinchi  jahon 

urushidan so`ng uzoq yillik tiklanish davrini boshidan kechirdi. Amerika 

xarbiy okkupantlari tomonidan olib borilgan biznesni yuritishda oilaviy 

boshqaruv  tamoyiliga  qarshi  siyosat  yapon  menejment  modelida 

amerikacha  menejment  xususiyatlarini  o`zlashtirilishiga  olib  keldi. 

Demak,  yapon  boshqaruv  tizimining  shakllanishi  Amerika  g`oyalari 

asosida kechdi. Shunga qaramay, Yaponiya dunyoda ilk bor zamonaviy 

menejmentning  asoslarini  yaratgan  mamlakat  hisoblanadi.  Yapon 

menejmentining siri ham inson resurslari bilan ishlay olish ekanligidadir. 

Ya`ni  yapon  menejment  tajribasi  g`arb  menejmentidan  farqli  o`laroq 

“inson omili”ni eng yuqori faktor ekanligini  inson resurslari korxonaning 

boyligi  ekanligini  isbotladi.  Yapon  kompaniyalari  boshqaruvni  amalga 

oshirishda  birinchi  navbatda  xorij  tajribasini,  foydali  va  samarali 

konsepsiya hamda metodlarni o`rganib uni Yaponiya sharoitida qo`llash 

va samarali ishlashi uchun moslashtirdi va o`z menejment modelini ishlab 

chiqdi.  Ushbu  modelni  ishlab  chiqishda  milliy  mentalitet,  aholining 

turmush tarzi, yapon millati va jamiyatining xususiyatlari hisobga olindi. 

Yapon  menejment  modelining  o`ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilarda 

namoyon bo`ladi: 

-  Boshqaruvning jamoaviylikka asoslanganligi 

-  Qaror qabul qilish jarayonlarining uzoqligi (Uzoq muddatli rejalar) 



-  Mehnat bu pul topish vositasi emas ma`suliyat ekanligi 

-  Inson resurslari passiv emas aktiv ekanligi  

-  Kadrlar rotatsiyasi tizimining mavjudligi 

-  Yosh  va  ish  staji  lavozim  va  maoshni  belgilashdagi  muhim  omil 

ekanligi 

-  Ish faoliyatining stabillikka asoslanganligi 

-  Ish beruvchi va hodim orasidagi masofaning uzoqligi 

-  Hodimlarda  mehnatsevarlik,  sodiqlik,  ma`suliyatlilik,  tartiblilik, 

tenglik xususiyatlarining mavjudligi 

-  Ustoz-shogird  munosabatlarining  keng  yo`lga  qo`yilganligi  va 

boshqalar shular jumlasidandir. 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda “Mitsubisi” korporatsiyasining 

boshqaruv xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.  


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling