Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti
“Mitsubisi” korporatsiyasi haqida umumiy ma`lumot
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
mitsubisi korporatsiyasida boshqaruv xususiyatlari
“Mitsubisi” korporatsiyasi haqida umumiy ma`lumot
“Mitsubisi” korporatsiyasining asoschilaridan bo`lgan Yataro Ivasaki 1870-yilda tog`-konchilik va kemasozlik bilan shug`ullanuvchi “Tsumumo Shokai”(1873-yilda “Mitsubisi Shokai” deb qayta nomlangan) nomli korxonani tuzadi. Mitsubisining ikkinchi prezidenti Yanosuke Ivasaki akasining ishlarini davom ettirib biznesini diversifikatsiyalaydi va faoliyat turini kengaytirib moliya, sug`urta va tovar ombori sohalariga yo`l ochadi. Yataro Ivasakining o`g`li kompaniyaning uchinchi prezidenti Hisaya Ivasaki kompaniya vazifalarini taqsimlab bank, kemasozlik, savdo sohalarida avtonom hisob-kitob tizimini joriy qiladi. 1954-yilda holding kompaniyalar birlashadi va “Mitsubisi” korporatsiyasi tashkil topadi. “Mitsubisi” so`zi yaponcha “uchta suv kashtani” ma`nosini anglatib, korporatsiyaning uchta tamoyili falsafasini
nazarda tutadi. “Mitsibisi”ning 3 tamoyili 1934-yilda korporatsiyaning 4 prezidenti Koyata Ivasaki tomonidan ilgari surilgan va aynan shu 3 ta tamoyil asosida korporatsiya boshqarilgan. Ular: 1. “Shoki Hoko” – Jamiyatga ma`suliyat 2. “Shoji Komei” – Halollik va adolat 3. “Ritsugyou Boueki – Global biznes Bugungi kunda “Mitsubisi”ning 600dan ko`p guruh kompaniyalari Yaponiyaning 200dan ziyod biznes markazlarida va 6ta mintaqa: Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Yevropa&Afrika, O`rta
Sharq&Markaziy Sharq, Sharqiy Osiyo, Osiyo&Okeaniyada 90 ta mamlakatda offislari mavjud. 2014 yil 31 mart holatiga ko`ra kompaniyaning 37,5% rahbarlari chet elda faoliyat yuritadi. “Mitsubisi”da asosiy faoliyat yurituvchi guruhlar va ularning daromad ulushi quyidagicha:
Biznes xizmat ko`rsatish guruhi - 2,5%
Sanoat moliya, logistika va rivojlanish guruhi – 8,2%
Metal guruhi – 2,2%
Kimyo guruhi – 6,0%
Global atrof-muhit va infrastruktura biznes guruhi – 4,6%
Energiya biznesi guruhi – 32,8%
Mashinasozlik guruhi – 27,4%
Xo`jalik iste`mol tovarlari guruhi – 16,4% Korporatsiyaning menejment siyosati iqtisodiy, ijtimoiy va atrof- muhit faktorlarini muhim hisoblaydi va rivojlanishni shu 3 tamoyil asosida olib borishni ko`zda tutadi. “Mitsubisi” tarixiga nazar tashlasak u biznesni boshqarishda avval Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerika
bozoriga yo`naltirilgan bo`lsa endilikda yangi strategiyani qo`llab Osiyo bozorini egallashga harakat qilmoqda. Buning uchun har bir guruh tarmoqg`i biznesini kengaytirishni maqsad qilgan.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling