Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti
“Mitsubisi” korporatsiyasida inson resurslarini boshqarish va
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
mitsubisi korporatsiyasida boshqaruv xususiyatlari
“Mitsubisi” korporatsiyasida inson resurslarini boshqarish va
foydalanish mexanizmi Yaponiyaning Top-menejment tizimida foydalaniladigan “Kaizen“ va “Just in time” tizimlaridan Mitsubisi Korporatsiyasi unumli foydalanadi. Shuningdek, “korporatsiya inson resurslarini boshqarish orqali hodimlarning xalqaro raqobatbardoshligini ta`minlaydi va kompaniya mavqeini oshiradi”- deydi “Mitsubisi”ning inson resurslari bo`yicha vitse-prezident Yasuhito Hirota. Mitsubisi Korporatsiyasi (MK) inson resurslarini boshqarish uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Xususan: 1. Hodimlarni yetakchi mutahasis sifatida tarbiyalash va ularga MK guruhlari operatsiyalarini yanada yaxshiroq tushuntirish maqsadida biznes maktab murabbiylari yordamida ko`plab seminar va munozaralar o`tkazadi. MK hodimlarning jinsi, millati, yoshi va boshqalardan qat`iy nazar inson resurslari o`z qobilyat va imkoniyatlarini namoyon qilishi mumkin bo`lgan uy sifatida ifodalanadi. Bunda har bir hodimning korporatsiyaning tamoyillari va maqsadini to`liq anglagan holda qaror qabul qilishi juda muhim deb biladi. 2. Inson resurslarini boshqarishda MKning yana bir oliy maqsadi 2021 yilga qadar boshqaruv lavozimida ayollarni 10% dan ko`proqqa ko`tarishga erishishdir. 3. MKning raqobatbardosh hodimi bo`lish uchun ishonch, bilim, kuch kabi talablarga javob berish lozim. Treyninglar orqali ana shunday sifatlar oshirib boriladi. Ya`ni:
Korporatsiyada inson resurslarini boshqarish mexanizmi quyidagicha: Ishonch
Bilim . Kuch Xatti-harakati bilan ishonchni oqlay oladigan hodim Yuklatilgan ishni oxiriga yetkazib natija beradigan darajadagi kuch. Xususan, o 1. Sabr o 2. Partner bilan hamkorlik o 3. O`zgarishlarga moslashuvchanlik, o 4. Mustahkam iroda, o 5. Ijodiy yondashuv Mutaxasislikka , boshqaruvga oid bilimlar asosida aniq yechim bera olish qobilyati
Demak, ko`rinib turibdiki kadrlar bilim, ko`nikma va tajribalarini oshirish uchun MKda uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilingan. Bunda asosan kadrlarda o`zgacha fikrlash, liderlik xususiyatlari, muammoni yechish strategiyalari o`rgatiladi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling