Makroiqtisodiyot fanining kelib chiqishda Klassik va Keyns maktab vakillarining tutgan o’rni.
0‘tgan asming 70 yillarigacha Keynsning modeli makroiqtisodiy jarayonlami o‘rganishda va izohlashda keng kulamda foydalanilib kelinadi. Lekin shu davrda yangi muammoning paydo bulishi ya’ni yuqori darajadagi inflyatsiya bilan bir vaqtning o’zida ishlab chiqarish hajmlarida pasayish hamda ishsizlik darajasini ko’tarilishi davlat aralashuv siyosatining samaradorligini shubha ostiga qo’yadi. Bunga javoban klassiklaming qarashlari qayta ko’rilib chiqiladi va natijada Milton Fridman asos solgan monetarizm nazariyasi paydo bo’ladi..
Monetarchilar bozorlar uzini boshqarish g‘oyasini qaytatdan ilgari surib birinchi uringa pul taklifini kuyshadi. Ulaming fikricha davlat tomonidan pul taklifini uzliksiz ravishda o‘zgartirilishi makroiqtisodiy beqarorlikga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni saqlash uchun pul taklifi bir tekisda usib borishi lozim buladi. Monetarizm nazariyasi keyinchalik bozorlar uzini tartibga solish goyasiga tayangan yangi iqtisodiy nazariyalar paydo bulishiga va Makroiqtisodiyot fanida neoklassiklar maktabini shakllanishiga sabab buladi. Bu bilan birgalikda fanda muqobil mikroiqtisodiy modellami asos qilib olgan neokeynschilar yunalishi rivojlanib boradi. Shunday qilib, Makroiqtisodiyot fanida shu kunga kelib turtda asosiy maktablar mavjud. Bular: keynschilar, davlat aralashuvi masalalariga alohida e’tibor berib borishadi, bunday aralashuv siyosatlaridan ko‘proq fiskal siyosatga urg‘u berishadi va nisbatan kamroq darajada monetar siyosatga; neoklassiklar, davlat aralushuvi siyosatining doimiy opponentlari; monetaristlar, ko’p masalada neoklassiklar bilan fikrlari bir, lekin pul instrumentlar orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solish zarurligini e’tirof etishadi; yangi Makroiqtisodiyot maktabi, xozirgi vaqtda davlat aralashuv siyosatining eng katta raqiblaridan biri.
Bu to‘rtda maktablar o‘rtasida davom etayotgan baxslar asosan bozor mexanizmlarini faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, aniqrogi, makroiqtisodiy maqsadlarga erishishda bozor mexanizmlarining samaralidorlik masalasi ko‘ndalang turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |