Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi
QADIMGI SHUMER VA BOBILDA IJTIMOIY TAFAKKUR
Download 41.94 Kb.
|
Bobil falsafasi
QADIMGI SHUMER VA BOBILDA IJTIMOIY TAFAKKUR
Shumerliklar madaniyati Misr bilan bir qatorda dunyodagi eng qadimgi yodgorliklardan biridir. Miloddan avvalgi IV ming yillikning oxirida Baynalnaxrayndagi Dajla va Frot daryolari vodiysida mexnat taqsimoti tufayli jamiyat toifalariga bulingan edi. Ammo Misrdan farqli ularoq Baynalnaxrayn madaniyati bir xil emas edi. Uni vujudga kelishida Shumer xalqi ishtirok etgan bulib, uning tili bizga ma’lum bulgan itlar guruxining xech biriga kirmaydi. Baynalnaxrayn yozuvi Shumer xalqi ijodidir. Bu mixxat yozuvini avval akkadliklar keyinroq Old Osiyoning boshqa xalqlari xam iqtibos qilgan edilar-ki. Bu yozuv uch ming yildan davomida tadrijiy rivojlanish va takomillashishda bulgani isbotlangan. Shumer yozuvi matnlarining bizgacha yetib kelganlari miloddan avvalgi XIX - XVIII asrlarga taaluqli bulib, bu davrda Shumer tili yuq bula boshlagan edi. Bir tomondan ayrim shaxslarning qulida katta boyliklar tuplanishi, ikkinchi tomondan quying tabaqadagi ozod yollanma kishilarning qashshoqlashib borishi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni keskinlashtirganligi birinchi Bobil sulolasi davrida (mil. avv turt ming yillik boshida) ochiq namoyon bulgan edi. Natijada shu davrda mashxur podsho Xammurapining qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan edi. Bunday diniy qarashlardan kura kuproq dunyoviy ishlarga jumladan jinoyat va jazoga yangi iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqib yondoshganligi aks etgan. Jinoyatni kelib chiqish talqinida "g‘ayri tabiiy" kuchlar aralashuviga yul quyilmagan. Yuridik xujjatlarning guvoxlik berishicha, xukmdorlar uz qaror va xukmlarida xurmat yuzasidan iloxiy kuchlarga murojat qilsalarda muayyan xuquqiy tadbirlarda kuproq dunyoviy jixatni olganlar. Qonunlar tuplamining tuzilishi Xammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi, chunki bu tuplam Bobilning ijtimoiy iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan edi. Qonunlar tuplami uch qismdan kirish, qonunlar va xulosa qismdan iborat. Xammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun’iy sug‘orishga asoslangan dexqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, xunarmandchilik ichki va tashqi savdodan iborat bulgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari kupayadi bog‘dorchilikda xurmo yetishtirish gullab yashnaydi, g‘alla ekinlaridan donli usimliklardan yuqori xosil oladi. Bunday yutuqlar faqat sun’iy sug‘orish tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. Maxsus amaldorlar katta kichik kanallarni qurish va ta’minlashni nazorat qilganlar. Axolining barcha mexnatga layoqatli qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug‘orish inshoatlarini qazish va ta’minlash majburiyatini utagan undan bosh tortganlarga ulim jazosigacha berilgan. Chorvachilik yirik xajmda rivojlangan kupincha qora molni dala ishlariga xirmon va yuk tashishga ijaraga berilgan. Xammurapi qonunlar tuplamining 229 - moddasida shunday yoziladi " Agar quruvchi kishiga uy qurdi va uz ishini mustaxkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib uy egasini uldirib quydi, bu quruvchi ulimga xukm qilinishi lozim. Savdo rivojiga butun Messopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi muxim omil buldi. Bobildan g‘alla, xurmo, kunjut yog‘i, jun va xunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metal, qurilish toshi, yog‘och zeb-ziynat qullar import qilingan. Bobilda savdo sotiq bilan maxsus savdo agentlari - "tamkarlar" shug‘illangan. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaxarlarda savdo markazlari bulgan. Qonunlarning barcha moddalarida xususiy mulk ximoya qilingan, ba’zi moddalar sudxurlar zuravonligidan ximoya qilgan. Sudxurga qarz uchun xosilni olishni taqiqlagan, kumush uchun qarz 20%i, g‘alla uchun qarz 35% bilan cheklangan, qarz uchun qaramlik 3 yil bulgan. Bobilda erkin kishilardan tashqari "muchkenum" atamasi "pastga egilgan" ma’nosini bildirgan. Muchkenumlar jamoasi bilan aloqa uzilgan yeri bulmagan kishilar bulib, ular cheklangan fuqarolik xuquqiga ega bulganlar. Ular podsho xujaligida ishlaganlar, yerni shartli olganlar. Bobil jamiyatining eng quyi tabaqasi qullar (vardum) bulgan. Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal xokimiyati ostida oila a’zolarining xuquqsizligi, otaning farzandlarni garovga berish, qullikka sotish xuquqi, ba’zi jinoyatlar uchun qul qilish va qullarning tabiiy kupayishi bulgan. Bobil oilasi ota xukmron bulgan patriarxal oila bulgan. Oila nikox shartnomasi ostida qurilgan va yer nikox sovg‘asi, xotin sep keltirgan. Xotin uz sepiga va erining sovg‘asiga uz xuquqini saqlagan, erining vafotidan keyin bola balog‘atga yetguncha beva ayol oila mulkiga egalik qilgan. Moliya soliq qumitasi kumush va maxsulot, chorva, xunarmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig‘ish bilan shug‘illangan. Podsho xokimiyati og‘ir qurollangan jangchilardan iborat qushinga tayangan. Ularning xuquq, majburiyatlari Xammurapi qonunlar tuplamining 16-moddasida belgilangan. Askarlar xarbiy xizmatni sidqidildan utashlari zarur bulgan, aks xolda ular ulim jazosiga xukm qilingan. Download 41.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling