Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi


QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVUR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BULISHI


Download 41.94 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi41.94 Kb.
#1817486
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bobil falsafasi

QADIMGI SHARQDA ASOTIRIY TASAVVUR VA FALSAFIY BILIMLARNING PAYDO BULISHI

Dunyoning kelib chiqishi uning moxiyati undagi insonning urni xaqidagi savolga javob topishga xarakat qilgan qadimgi falsafiy tizimlar uzining uzoq tarixiga egadir. Insonni urab turgan dunyo tadrijiy ravishda uning faoliyati uchun mavzuga aylana borgan. Insonni dunyoga bulgan uz munosabatini dastlab nazariy shakllarida ifoda eta olmagan. Inson amaliy faoliyatining rivojlanishi voqealarining muayyan izchillikda mushoxada qilishga asoslangan, uning qobiliyatini takomillashishiga olib kelganligi orqasida tabiat xodisalarining ba’zi qonuniyatlarini idrok etishga muvaffaq bulgan. Tilning rivoji va maxul tushunchalarning paydo bulishi nazariy tafakkurning shakllanishiga turtki bulgan. Inson umrining utkinchiligini idrok etish zamon xaqidagi tasavvurlarning paydo bulishiga sabab bulgan. Qadimgi davrning ba’zi afsonalarida zamon qadriyat mezoni sifatida namoyon bula boshlagan. Faqat abadiy narsagina mukammal bulishi xaqidagi tasavvurlar paydo bulgan. Abadiylik iloxiy mavjudlik va faoliyatlilik sifatida namoyon bula boshlagan.
Inson tafakkuri taraqqiyotining muxim natijasi sifatida yozuv kashf etilgan. U bilimlarni avloddan avlodlarga uzatishning yangi imkoniyatini beribgina qolmay balki bilimlarning uz taraqqiyoti tagzaminini xam boyitgan
Sharq mamlakatlaridagi falsafiy tafakkuri tafakkur taraqqiyoti tug‘ri chiziq buylab rivoj topmagan. Garchi ba’zi taraqqiyot bosqichlarida va ayrim soxalarda uzaro ta’sirini istisno qilmagan xolda, Sharqqa taaluqli bulgan urganilayotgan uch mintaqa ya’ni Yaqin Sharq, Xindiston va Xitoy - mustaqil madaniy butunlikni tashkil etgan.
Yaqin Sharq tom ma’noda qadimgi davrda falsafiy an’anaga asos sola olmagan. Ammo u dunyoning boshqa mintaqalardan farqli ularoq dexqonchilik va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot jixatidan doimiy ravishda ilgarilab kelgan. Bu narsa bilim va tajriba tuplanishiga omil bulgan. Xosil bulgan amaliy ma’lumotlar nazariy tafakkur rivoji uchun turtki bulgan. Ular umuman diniy tasavvurlar, mafkura va madaniyatga uz ta’sirini utkazgan. Ushbu boy meros asoslarini Kichik Osiyo qirg‘oqlarida yashovchi yunonlar va ular orqali butun ellinistik dunyo uzlashtirib olgan.

Download 41.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling