Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «tasdiqlayman»


  Xalqaro munosabatlar tarixi: qadimgi davrdan XVI asrgacha


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#249600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
07.00.05-тасдиқланган

4.  Xalqaro munosabatlar tarixi: qadimgi davrdan XVI asrgacha.

Xalqaro munosabatlar muammolarining sivilizatsion darajasi: "sivilizatsiya" muammosi 

va  definitsiyalar  muammosi.  Sivilizatsiyalaming  miqdoriy  va  sifat  xususiyatlarini  ajratish, 

sivilizatsiya tipologiyasining muammolari: maktablar  xususiyatlari va yo‘nalishlari. Xalqaro 

munosabatlardagi  mafkura  muammolari,  uning  muayyan  davrdagi  xalqlar  va  davlatlar 

o‘rtasidagi aloqalaming miqdoriy sifat darajalariga ta’siri.

Ilk  davlatlar.  "Buyuk  daryolar"  atrofida  sivilizatsiya  markazlari.  Qadimgi  dunyo 

imperiyalari. Qadimgi Misr. Mesopotamiya. Qadimgi Hindistondagi Mohenje Daro va Harrapa 

davlatlari.  Qadimgi  Xitoydagi  knyazlar  uylari.  Xitoyning  birlashishi.  Xan  imperiyasining 

yaratilishi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi birinchi davlatlar. Arab Sharqining formatsion

sivilizatsion  va  geosiyosiy  oMchami.  Yevropaliklar  kelgunga  qadar  Sharqiy  Osiyo 

mintaqasidagi  xalqaro munosabatlarning  retrospektiv  sharhi.  Sharqiy  Osiyo  mintaqasidagi 

xalqaro munosabatlar tizimida Xitoyning yetakchilik o‘mi.  Ilk o‘rta asrlarda Yaponiyaning 

tashqi siyosati: ilk diplomatik missiyalari. Uch koreys davlati  -  Koguryo, Pekche i Sillaning 

Xitoy va Yaponiya davlatlari bilan manfaatli aloqalari.

Antik  merosga  asoslangan  Yevropa  jamiyatining  universalligi  va  xalqaro 

munosabatlarning  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lishi  muammosi.  Sivilizatsiyalar  "to'qnashuvi": 

varvarlar  va  antik  dunyo,  nasroniylik  va  islom,  Yevropa  hamda  ko‘chmanchilar  va  bu 

"to‘qnashuvlaming”  G‘arbiy Yevropa va boshqa sivilizatsiyalaming  shakllanishidagi  o‘mi. 

Xalqlaming  buyuk  ko‘chishi  va  uning  xalqaro  munosabatlarga  ta’siri.  Sosoniylar,  Arab 

xalifaligi,  Saljuqiylar,  Buyuk  Xorazmshohlaming  sharq  davlatlari.  Mo‘g‘ullar  bosqini. 

Chingiziylar sulolasi davlatlari. Usmoniylar imperiyasi.

Muqaddas Rim imperiyasining Yevropa jamiyatidagi o‘mi va roli. Rekonkista va Pireney 

yarim orolida davlatlarning shakllanish jarayoni, ulaming o‘zaro aloqalari. Yuz yillik urush 

(1337-1453)  va uning birinchi  umumevropa ko‘rinishiga ega boiishi.  Urushning  Yevropa 

davlatlarning milliy birlashishi vamarkazlashishijarayoniga ta’siri.

Xalqaro munosabatlar kontekstida arab mamlakatlari  ijtimoiy-siyosiy tarixining asosiy 

bosqichlari. Sharqiy Osiyodagi xalqaro vaziyat.

Amir  Temur  va  Temuriylar  davlati.  Hindiston  Boburiylari.  Hindistonning  birlashuvi. 

Shayboniylar davlati.

Fransiya  va  Angliya  o‘rtasidagi  raqobatning  o‘sha  davr  Yevropa  xalqaro 

munosabatlarning ko‘rinishi sifatida. Yevropa jamiyatida kapitallashuv jarayoni - ijtimoiy va 

xalqaro munosabatlarning yangi davri sifatida.  Buyuk geografik kashfiyotlar, ulaming global 

xalqaro  munosabatlar  tizimining  tarixiy  rivojlanishi  va  shakllanishidagi  o‘mi. 

Yevropaliklarning  mahalliy  aholi  bilan  munosabatlari  va  mustamlakachilik  muammolari. 

Geografik kashfiyotlar va mustamlaka imperiyalarining  Yevropa xalqaro  munosabatlari  va 

kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga ta’siri.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling