Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tavsiflash, tasniflash, qiyoslash va
semantik tahlil usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oʻzbek tilida modal ma’no ifodalovchi koʻmakchi fe’llarni koreys tilidagi
koʻmakchi fe’llar bilan qiyoslash orqali ularning koreyscha koʻmakchi fe’l, koʻmakchi
sifat, mustaqil fe’l kabi muqobil shakllariga toʻgʻri kelishi isbotlangan;
oʻzbek tilida modal ma’no ifodalovchi 13 ta koʻmakchi fe’lning bogʻlanish
vositasiga koʻra -(i)b va -a, -y bilan qoʻllanishi boʻyicha ajratilib, koreys tilidagi
-아/어,
-고, -지, -게
kabi vositalar bilan bogʻlangan muqobil shakllar orqali ifodalash toʻgʻriligi
dalillangan;
har ikki tilning agglyutinativ til guruhiga kirishiga aloqador tarzda butunlay
koʻmakchi fe’lga aylangan birorta fe’lning mavjud emasligi, “yetakchi fe’l +
koʻmakchi fe’l” shaklida, affikslar orqali birikib, ketma-ket qoʻllanishi kabi
universaliyalarning mavjudligi aniqlangan;
oʻzbek tilida inkor shaklida qoʻllangan modal ma’no ifodalovchi koʻmakchi
fe’llar koreys tilida asosan
-지
vositasida bogʻlanib, oʻzi inkor ma’noni bildiradigan
않다, 말다
kabi koʻmakchi fe’llar bilan ifodalanishi aniqlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
dissertatsiya natijalari o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasida ijtimoiy-madaniy
aloqalarning rivojlanishiga hissa bo‘lib qo‘shilgan;
oʻzbek tilidagi modal ma’noli koʻmakchi fe’llarning ifodalashini aniqlash orqali
uning koreys tilidagi muqobil shakllari belgilandi va buning natijasida o‘rganilayotgan
tillarning qulay va samarali o‘zlashtirish usullari ishlab chiqilgan;
oʻzbek va koreys tillaridagi koʻmakchi fe’llarning qiyosiy tadqiqi orqali qarindosh
tillarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari haqida xulosalarga kelindi;
oʻzbek va koreys tillaridagi koʻmakchi fe’llar lug‘atini tuzish imkoni paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |