Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yeon sangheum


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/38
Sana27.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1234497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
Oʻzbek-tilida-modal-ma’noli-koʻmakchi-fe’llar-va-ularning-koreys-tilida-ifodalanishi

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi oʻzbek tilida modal ma’noli koʻmakchi 
fe’llar va ularning koreys tilida ifodalanishi masalasi bo‘yicha muammoning 
qo‘yilganligi, koʻmakchi fe’llarning qiyosiy aspekt nuqtayi nazaridan asoslanganligi, 
hozirgi tilshunoslik yutuqlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan vazifalarga 
mos keluvchi tadqiqot usullaridan foydalanilganligi, to‘plangan ilmiy materiallar tahlili 
orqali asosli ilmiy xulosalar chiqarilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
ilmiy ahamiyati o‘zbek va koreys tillarida modal ma’noni ifodalovchi koʻmakchi 
fe’llarning semantik-sintaktik va pragmatik xususiyatlariga doir nazariy qarashlarni 



yangi bilimlar bilan boyitishga xizmat qilishi; fe’l kategoriyasi, xususan, koʻmakchi 
fe’llarning turlari va tasnifi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida nazariy 
asos vazifasini o‘tashi bilan izohlanadi. 
Tadqiqot natijalaridan oʻzbek tili nazariy grammatikasini koreys auditoriyasida, 
shuningdek, koreys tili nazariy grammatikasini oʻzbek auditoriyasida oʻqitish, oʻzbek 
va koreys tillari qiyosiy grammatikasini yaratish, koreyslar uchun “O‘zbek tili”, “Oʻrta 
bosqich oʻzbek tili grammatikasi”, “Oʻrta bosqich oʻzbek tilida soʻzlashuv”, “Yuqori 
bosqich oʻzbek tili” fanlaridan, o‘zbeklar uchun “Koreys tili” fanidan o‘quv 
qo‘llanmalar tayyorlash, oliy o‘quv yurtlari magistratura bosqichida “Qiyosiy 
tilshunoslik” fanini o‘tishda samarali foydalanish mumkin. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oʻzbek tilida modal ma’no ifodalovchi 
koʻmakchi fe’llar va ularning koreys tilida ifodalanishini tadqiqi yuzasidan olingan 
ilmiy natijalar asosida: 
ol koʻmakchi fe’li ravishdoshning -a, -y affikslari orqali yasalgan turlarining 
qo‘llanilishi haqidagi fikr va mulohazalardan OT-F1-78 raqamli “Hozirgi globallashuv 
davrida oʻzbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (oʻzbek tili vazifaviy 
uslublari tahlili asosida)” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda 
foydalanilgan (OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2021-yil 17-
dekabrdagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada oʻzbek tili lugʻat tarkibi taraqqiyoti 
haqidagi nazariy fikrlarning dalillanish darajasi ortgan; 
oʻzbek tilidagi koʻmakchi fe’llarning semantik-sintaktik va pragmatik 
xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlardan Koreya Respublikasi Hankuk chet tillari 
universiteti Markaziy Osiyo kafedrasida oʻquv dasturi boʻyicha olib borilayotgan 
“Oʻrta bosqich oʻzbek tili grammatikasi”, “Oʻrta bosqich oʻzbek tilida soʻzlashuv”, 
“Yuqori bosqich oʻzbek tili” fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning 
nazariy va amaliy jihatdan boyishiga xizmat qilgan. Shuningdek, Koreya Respublikasi 
tomonidan qoʻllab-quvvatlagan CFL (Maxsus xorijiy tillar ta’limi) dasturi doirasida 
kafedra tomonidan qishki va yozgi ta’til davrida oʻtkazilayotgan “Oʻzbek tili” intensiv 
kurslarini o‘qitishda hamda darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratishda foydalanilgan 
(Koreya Respublikasi Hankuk chet tillar universitetining 2021-yil 8-noyabrdagi 
ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy talabalar uchun murakkab hisoblangan “Koʻmakchi 
fe’llar” mavzusini yoritish va bu kategoriyaning talabalar tomonidan qulay 
oʻzlashtirilishida yordam bergan; 
oʻzbek va koreys tillarida koʻmakchi fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlari va farqli 
jihatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi 
Koreya Respublikasi Ta’lim markazi darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Koreya 
Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazining 2021-yil 
10-noyabrdagi 
KEC-21-119-son 
ma’lumotnomasi). 
Natijalar 
Oʻzbekiston 
Respublikasida koreys tili oʻqituvchilarini tayyorlash hamda malakasini oshirish 
dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling