Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yeon sangheum
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Oʻzbek-tilida-modal-ma’noli-koʻmakchi-fe’llar-va-ularning-koreys-tilida-ifodalanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Tur koʻmakchi fe’lining koreys tilida berilishi”
[boʻda]) koʻmakchi fe’lini qiyoslab tahlil qilingan.
ko‘r ko‘makchi fe’li yetakchi fe’lga -a, -y hamda -b, -ib affikslari orqali birikadi: 1) -a, -y koʻr (boʻlishsiz formada): ta’qiqlash, qat’iy ta’kidlash, ogohlantirish; 2) -(i)b koʻr: sinash 40 . koʻrmoq koʻmakchi fe’li -a, -y affikslari bilan birikkanda koʻmakchi fe’lning oʻzi hamma vaqt boʻlishsiz formada qoʻllanib faqat buyruq mayli doirasidagina uchraydi. Koreys tilida bu holat kontekstga koʻra turli shakllarda ifodalanishi mumkin. Asosan, - 지 말다 [ji malda] shaklida qoʻllash mumkinki ammo bu hodisa koʻrmoq koʻmakchi fe’li bilan kam ishlatiladi, doim ham unga toʻgʻri kelmaydi. Shuningdek, bu shakl yetakchi fe’ldagi harakat sinovini cheklash ma’nosini bildiradi. koʻrmoq koʻmakchi fe’li ravishdoshning -a, -y affikslari bilan yasalgan turiga birikib ifodalashi koʻmakchi fe’li qoʻllanmasdan ifodalanganiga nisbatan kuchli ma’noni bildiradi. Koreys tilida esa buning teskarisi. Koreys tilidagi 보다 [boʻda] (koʻrmoq) koʻmakchi fe’li -어 보다 [o boʻda] shaklida qoʻllanib, yetakchi fe’ldagi harakat sinash, bilish uchun va tajribali boʻlish ma’nosida ifodalanadi. ko‘rmoq ko‘makchi fe’li -(i)bning inkor shakli -may bilan kelganda umuman boshqa ma’noni ifodalaydi. Buni koreys tilida ifodalash uslubiga ko‘ra 보조형용사 [bo‘jo‘hyongyo‘ngsa] ya’ni koʻmakchi sifat 보다 [boʻda] (koʻrmoq) bilan qoʻllanishi mumkinki, bu holatda -은가/는가/나 보다 [inga/ninga/na bo‘da] shaklidan foydalaniladi. Ushbu bobning “Tur koʻmakchi fe’lining koreys tilida berilishi” deb nomlangan uchinchi paragrafida tur koʻmakchi fe’lining har modal ma’nolari va ularning koreys tilidagi ifodalanish yoʻlini yoritib berilgan. turmoq koʻmakchi fe’lining qoʻllanishi doirasi juda kengdir. turmoq koʻmakchi fe’lini izohlaganida turmoq koʻmakchi fe’lining modal ma’noni ifodalashi bilan oʻxshagan jihatlarini uchratish mumkin: 40 Хожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. – Тошкент: Фан, 1966. – Б. 197–198. 20 1) hozirgi zamon shaklida qoʻllanganda, yetakchi fe’ldagi harakat xuddi nutq momentida boʻlayotganligi ifodalanadi. (harakat-holatning ma’lum konkret vaqt doirasida bajarilishini bildiradi); 2) yetakchi fe’ldagi harakatning ma’lum belgili vaqt ichida, biror harakat yoki hodisa amalga oshguncha bajarilishi ma’nosini «vaqtincha» degan ma’noni bildiradi; 3) -a, -y va -(i)b affikslari bilan yasalgan ravishdosh formasiga birikkanda ifodalaydigan ma’nolari farqlanmaydi; 4) buyruq mayli formasida qoʻllanganda, buyruq kuchsizlanib yetakchi fe’ldagi harakatni vaqtincha bajarib turishga da’vat ifodalanadi; 5) buyruq mayli formasida qoʻllanganda -(i)b turmoq shakliga nisbatan -a, -y turmoq shaklida yetakchi fe’ldagi harakatning davomliligi qisqaroq boʻladi 41 . Oʻzbek tilidagi turmoq koʻmakchi fe’lining modal ma’noni koreys tilidagi 있다 [itda] (bor, mavjud, boʻlmoq, joylashmoq va hokazolar), 놓다 [noʻhda] va 두다 [duda] (qoʻymoq, solmoq) koʻmakchi fe’llari orqali ifodalash mumkin. Lekin bular faqatgina kontekst orqali bilinadi xolos. Ulardan ma’noviy jihatdan umumlashtirgan boʻlsa, asosan -고 있다 [goʻ itda] shakli turmoq koʻmakchi fe’li qoʻllangan jumlaning tarjimasiga koʻp uchraydi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling