Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetining Adabiyotshunoslik yo’nalishi 1-kurs magistranti Bekqulova Gulmira
Download 47.21 Kb.
|
GAB maqola Zakariya Tamer
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar: Zakariya Tamer.
- ADABIYOTLAR
Zakariya Tamer bolalar yozuvchisi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetining Adabiyotshunoslik yo’nalishi 1-kurs magistranti Bekqulova Gulmira Ilmiy rahbari: f.f.d dot D.Muhiddinova Annotatsiya: Ushbu maqolada Suriya yozuvchisi Zakariya Tamer ijodi va u bolalar adabiyotiga qo’shgan hissasi haqida. Shuningdek, Zakariya Tamerning bolalarga atalgan ba’zi hikoyalariga tahlil ham keltirilgan. Kalit so’zlar: Zakariya Tamer. Arab adabiyoti dunyosidagi eng muhum, eng ko’p o’qiladigan va tarjima qilingan hikoya, qissa va romon yozuvchi Zakariya Tamer 1931 yilda Damashqning Al-Basha tumanida tug‘ilgan. U 1944 yilda, o'n uch yoshida oilasini boqish uchun maktabni tark etishga majbur bo'ldi. U Damashqning Al-Basha tumanidagi zavodda temirchiga chilangar boʻlib shogird boʻlgan. Shu bilan birga, avtodidakt sifatida u ko'p soatlab turli kitoblarni o'qidi, u siyosatga qiziqdi va ziyolilar bilan aloqada bo'lganligi tungi maktabda o'qishni davom ettirishga undadi. Zakariya Tamer yozuvchilik uslubining o‘ziga xosligi nimada ko‘rinadi? Ko‘pgina arab yozuvchilari kabi urush va tinchlik, jamiyatni qayta qurish, qoloqlik, jaholat, xurofatga qarshi kurash, qashshoqlarning fojealari uning ham diqqat markazida turadi. Bu masalarni yoritishda Tamer, albatta, arab yozuvchilari ichida birinchi emasdi. Ammo yozuvchi ijodida arab adabiy an’analariga xos poetik ramzlar hozirgi zamon jahon adabiyoti uslublari bilan uyg‘unlashib ketgan. Uning adabiy uslubiga xos xislat so‘zdagi tejamkorlik, sipolik, uslubdagi izchillik va til ifodaligidir. Tamer uslubining o‘ziga xosligi majozga, ramzlarga tez-tez murojaat qilishda, realistik bayonga ertak unsurlarini kiritishda namoyon bo‘ladi. U o’z hikoyalaridagi maqsadi Suriyadagi erkaklar va ayollarning juda ko’pchiligi kambag’al, ularning cheklangan quvonchi mavjudligini ifodalash edi. U oʻzining adabiy faoliyatini 1957 yilda Suriya jurnallarida bir qancha hikoyalarini chop etganidan boshlagan. O‘shandan beri uning o‘n bir hikoyalar to‘plami, ikkita satirik maqolalar to‘plami va ko‘plab bolalar kitoblari nashr etilgan. Uning birinchi qo'lyozmasi shoir, tanqidchi va o'sha paytda zamonaviy arab she'riyatining paydo bo'lishida doya bo'lgan " Shi'r" ("She'riyat") jurnalining muharriri Yusuf al-Xol tomonidan e'tiborga olingan. Ushbu hikoyalarning she'riy nasrida yotgan iste'dod o'sha paytda arab tilida yozilgan hech narsaga o'xshamas ediki, Al-Xal uni nashr etishga qaror qildi, bu uning "Oq otningtning kishnashi " (1963) deb nomlangan birinchi hikoyalar to'plami bo'ldi. ,, Ayiq” to'plam esa unga katta e'tibor va o'quvchilar va tanqidchilar oldida obro'sini keltirdi. U Suriya adabiyotining eng yaxshi vakili bo’lishi bilan bir qatorda arab tilidagi bolalar hikoyalarining yetakchi muallifidir. Shuningdek, u bolalar hikoyalarini yozadi va mustaqil jurnalist sifatida ishlaydi , gazetalarda satirik maqolalar yozadi. Uning qisqa hikoyalar jildlari ko'pincha xalq ertaklarini eslatib turadi va bir tomondan nisbatan soddaligi va boshqa tomondan ko'plab potentsial havolalarning murakkabligi bilan mashhurdir. Ular ko'pincha keskin qirraga ega va ko'pincha siyosiy yoki ijtimoiy zulm va ekspluatatsiyaga qarshi surrealistik norozilikdir. Zakariya Tamerning aksar hikoyalarida odamlarning bir-biriga nisbatan g‘ayriinsoniyligi, boyning kambag‘alga, kuchlining zaifga zulmi haqida hikoya qilinadi. O'z mamlakati Suriya va arab dunyosining siyosiy va ijtimoiy muammolari uning yozganiga xos satirik uslubdagi hikoya va eskizlarda aks ettirilgan. "Qush" hikoyasida realistik bayon fantastika bilan qorishib ketadi. Abbos och. Uyidagi mushuklar ham uning o‘zidek och. Bir och boshqa ochning qornini to‘yg‘azaolmaydi. O‘zingiz qorin g‘amini yenglar, - deydi Abbos mushuklarga alam bilan. Uning yengida butun dunyoni portlatishga qodir bomba loyihasi pishib yetiladi. Mushuklar undan bu ishni qilmaslikni so‘rashadi, evaziga esa unga uchish uchun qanot berishadi. "U quvonch bilan yer uzra parvoz etadi. Uning dahshatli g‘azabi qayoqqa ketdi? Abbosning qalbida odamlarga nisbatan cheksiz muhabbat 14 Закария Тамер. Ёнѓинда ќолган Дамашќ. М. 1977. 36 jo‘sh uradi. Baxtiyorlikdan yig‘lagisi keladi".15 Lekin dam o‘tmay u yerga qulab tushadi. Uning erkin, baxtli hayot haqidagi barcha orzulari sarob bo‘lib chiqadi. "Kichkina qalb" hikoyasidagi kambag‘al Abu Fahid bir kuni mast holda uyiga qaytayotib yo‘lda bir qo‘zichoqqa duch keladi. U xursand bo‘lib, och o‘tirgan oilasi qornini to‘ydirish uchun quzini uyiga qarab sudraydi. Ammo bu oddiy qo‘zi bo‘lmasdan, balki devlar podshohining bolasi ekani ma’lum bo‘ladi. Qo‘zi inson ovozi bilan Abu Faxiddan uni qo‘yib yuborishni so‘raydi, evaziga yetti ko‘za oltin va’da qiladi. Uyiga qaytgach Abu Faxid xotiniga bo‘lgan voqeani gapirib berib turishni va oltinni olmaguncha qo‘zichoqni qo‘yib yubormaslikni uqtiradi. Er-xotin yangi uy, farovon hayot, bola-chaqaning yorqin kelajagi haqida hayol surib ketadilar. Lekin ertasi kuni Abu Faxid kechagi joyda qo‘zichoqqa duch kelmaydi, o‘zi esa mast bezori qo‘lida halok bo‘ladi. Zakariya Tamer o‘zi jamiyatning qashshoq tabaqalaridan chiqqani bois arab qashshoqlari hayotini yaxshi bilardi. Uning anduhli, lirik hikoyalari esa yozuvchining tashvishlarini, oddiy odamlarga bo‘lgan hamdardligini ifodalaydi. Abdulla ibn Sulaymon tez-tez nima uchun Alloh unga o‘xshash becharalarga rahm qilmasligi haqida o‘ylar edi. U umr bo‘yi mehnat qilar, lekin oyog‘ida poyafzali yo‘q edi. Nihoyat, u taqdiriga qarshi borishga qaror qiladi. Kunlardan bir kuni u bir yo‘lovchini yo‘lini to‘sib oyog‘idagi poyafzalini tortib oladi. Shu damda polisiya mashinasi kelib qoladi va Abdullohni hibsga oladi. Hikoya yozuvchining quyidagi achchiq kinoyasi bilan tugaydi: "Bu ishning nihoyasi buyuk Alloh o‘lim yuborishni kutmasdan poyafzallik bo‘lishni xohlab qolgan yalangoyoqlarga yaxshi ibrat bo‘ladi". ADABIYOTLAR 1. ZAMONAVIY SURIYA ADABIYOTI. Ma’ruzalar matni. 2. Muqaddas xazina (To’plam): Ertaklar, hikoyalar, qissalar. – T.: Yulduzcha, 1987.. 3. Qosimov A., Xo’jaev S. XX asr chet el adabiyoti. – Farg’ona, 2003. 4. Qosimov A.,Xo’jaev S. XX asr g’arb adabiyotidan amaliy mashg’ulotlar. – T.: Akademnashr, 2011. 5. Jumaboyev M. O`zbek bolalar adabiyoti. –T.: O`qituvchi, 2002. 3. Jumaboyev M. Bolala radabiyoti. –T.: O`qituvchi,2011 7. Jamilova B. Oʻzbek bolalar publitsistikasi. T.: Fan, 2006 Download 47.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling