Toshkent davlat stomatologiya instituti, bolalar stomatologiyasi fakulteti 309-c guruh talabasi qudratillayev ulug’bekning klinik endodontiya fanidan taqdimot materiali


Download 0.94 Mb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1347000
1   2   3   4
Bog'liq
ENDO 9 ULUG\'BEK

Biologik usulga qarshi ko'rsatma. Infekciyani pulpaga kirish yo'li muhim ahamiyatga ega. Agar karies tishni bo'yin qismida joylashgan bo'lsa, infekciya patologik cho'ntak orgali ildiz cho'qgisidan kirsa, ushbu usulni qo'llash mumkin emas. Bemorni yoshi 40-dan oshgan bo'lsa va ateroskleroz va xafagonlik alomatlari bo'lganda biologik usul qo Ilanilmaydi. Pulpani elektr sezuvchanligi - 40 mkA dan yuqori bo'lsa, bu holda biologik usulni go'llash mumkin emas. Rentgenografiyada periodont tirqishining kengayishi va destruktiv o'zgarishlari bo'lsa. O'tkir yallig lanish jarayoni keng targalgan bo'lsa biologik usul natija bermaydi. Agarda tish sun yi goplama ostiga olinayotgan bo'lsa.

Biologik usulni davolash uslubi: in'ektsion anesteziya yordamida o'tkaziladi. Karies kavak steril paxta yordamida quritiladi. Steril borlar yordamida karies kavak kengaytiriladi, nekroektomiya qilinadi va shakl beriladi. Keyin iliq steril distillangan suv, 0,5 % novokain, 0,02 % xlorgeksidin yoki 0,9% fiziologik eritma bilan yuviladi. Qurug steril paxta yordamida quritib, karies kavak tubiga davolovchi pasta taglik sifatida qo'yiladi.

Davolovchi pastani ustidan steril paxta yoki olovda qizitilgan asbest go'yiladi, vaqtincha plomba bilan berkitiladi. Kortikosteroid vositalar kuchli yallig' lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgani uchun qatnovning birinchi kunidayoq bu vositalardan foydalaniladi.Lekin kortikosteroid asosidagi malham dentinogenezni pasaytiradi. shuning uchun ikkinchi gatnovda davolovchi taglikni odontotrop xususiyatli taglikka almashtirish lozim.

24-48 soatdan keyin ikkinchi qatnovda muolaja davom ettiriladi. Agar og'riq bo'Imasa vaqtincha plomba olinadi, yana steril suv bilan yuviladi, yangi tayyorlangan pasta go'yilib, ustidan sun'iy dentin, fosfat cementdan taglik va doimiy plomba qo'yiladi. Og'riq davom etsa yoki kuchaysa, darxol boshqa usulni qo'llash lozim. shunday qilib, bu usul asosan ikki bosqichda o'tkaziladi.

Quyidagi davolovchi tagliklar qo'llaniladi: 1) Kalciy gidroksid tarkibli preparatlar: a) kalcin pasta b) kalcident v) kalmecin e) kalcijekt c) kalcimol


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling