Toshkent davlat stomatologiya instituti, bolalar stomatologiyasi fakulteti 309-c guruh talabasi qudratillayev ulug’bekning klinik endodontiya fanidan taqdimot materiali


Download 0.94 Mb.
bet3/4
Sana09.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1347000
1   2   3   4
Bog'liq
ENDO 9 ULUG\'BEK

Tish iaroxatlari qattiq narsa bilan tish urilganida yoki chaynash paytida tishga o'ta katta bosim tushganda ro'y berishi mumkin. Kelib chiqishi vaqtida, sabablari (etiologiya) va kliniko-rentgenologik ko'rinishiga qarab o'tkir va surunkali tish jarohatlari bo'lishi mumkin. O'tkir tish jarohatlari ko'pincha yosh 1(1 yoshdan 5yoshgacha sut tishlarini, 8-9 yoshgacha sut va doimiy tishlar) bolalarda uchraydi. Buning kelib chigishida go'gqisdan yiqilish, urilish, turli sport to'garaklarida extiyotsizlik, velosiped, somakat kabilardan to'satdan yigilib ketib urilishi, avtomobil falokatlari kabi baxtsiz voqealar sabab (etiologiya) bo'lishi mumkin.

Tishning lat eyishi, ezilishida tishda paydo bo'ladigan dastlabki og'riqlar tishga bosilganda kuchayadi. Asab tomir tugunchasining urilishi yoki ezilishi ogibatida pulpaga gon quyilishi va pulpaning xolati EOD usuli yordamida 2-3 kundan keyin pulpa bilinadi. Tishlar kataklaridan siljib chigishi yonidan yoki ustidan tushgan zarba ta'sirida yuzaga keladi. Bunda parodont sog lom bo'lsa, sinish kamroq, parodontda patologik jarayon bo'lsa, sinish extimoli ko'proq bo'lishi ma'lum. Tish siljishi yoki sinishi darajasiga garab, milk va yumshoq to'qimalarining butunligi turlicha bo'ladi. Bemor tishda doimiy yoki tishlaganda og' riq borligiga shikoyat etadi.

Avvalo bunday tishlarni saqlab golishni aniqlash uchun parodont to'qimalarining xolatini rentgenografiyalarda aniglash kerak. Alveola suyak to'qimalari emirilgan tish kataklari chuqurligi pasaygan bo'Isa, siljigan katakdan chiqqan qiyshayib golgan tishlarni o'z o'rinlarida saglab golishni iloji bo'lmaydi. Agar parodont to'kimalari sog'lom bo'lsa, unda tishlarni o'z o'zlariga go'yib (og'riqsizlantirgandan keyin) shinalar yordamida mahkamlash va bu tishlarni asrash, singan tomonda ovgat chaynamaslik, tishlarga tinchlik berishni ta'minlash zarur. Undan tashqari pulpa holatini EOD yordamida aniqlanadi.

Agar asab - tomir tugunchasi uzilmay qolgan bo'lsa, (elektr tokiga tish pulpasining sezgirligi me yorda yoki salgina 10-15 mkA- pasaygan bo'lsa) bunda siljigan tishlarni pulpasini ham saglab golish mumkin. Uning teskarisi, ya'ni pulpaning sezgirligi (sog'lom pulpa 2-6 mkA toki kuchiga javob beradi) pasaygan bo'lsa, unda pulpa nekrozga uchragani bilinadi va bunday tishdan o'lgan pulpa olib tashlanadi, kanal(lar) plombalanib tishga doimiy plomba qo'yiladi. shuni bilish kerakki, EOD davolash davomida bir necha bor o'tkazilishi kerak. Vaqtida zararlangan pulpani olib tashlamaslik va davolash muolajalarini o'tkazmaslik, tishning rangini bo'yalishiga olib keladi.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling