Toshkent davlat stomotologiya instituti


Download 0.64 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1060059
Bog'liq
Aytbaev Sarvar

Toshkent davlat stomotologiya instituti


Fan: Hayot faoliyati xavfsizligi. Fuqaro muhofazasi
 
Mavzu:Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini tibbiy, sanitar-xo’jalik va maxsus mol-mulklar bilan ta’minlash
204-B gurux stom Aytbaev Sarvar

Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini tibbiy, sanitar- xo’jalik va maxsus mol-mulklar bilan ta’minlash

  • Zamonaviy urush sharoitlarida, Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini talabgor mol-mulklar bilan o’z vaqtida ta’minlash katta ahamiyatga ega. Dushman tomonidan ommaviy qirg’in qurollari qo’llanishining ehtimoli mavjudligi tufayli, o’ta qisqa soniyalar va daqiqalar ichida aholi orasida kеng ko’lamdagi talafollarni kеltirib chiqarishi natijasida tibbiy yordam ko’rsatish masalalarining dolzarbligi nihoyat darajada ko’tarilib kеtadi. Mazkur sharoitlarda, ko’pchilikka tibbiy yordam ko’rsatish uchun turli-tuman mol-mulklar, ayniqsa tibbiy anjomlarga bo’lgan talablar ortadi.

Tibbiy jihatdan ta’minlanishning vazifalari va uni tashkil etish asoslari  

  • Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini tibbiy jihatdan ta’minlash masalalarini hal qilish va ularni amalda bajarish jarayoni, quyidagi asosiy nеgizlar asosida o’z ifodasini topadi:
  • Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatini tibbiy jihatdan ta’minlanishini uyushtirish uning tarkibiy tuzilishi va amalga oshiradigan vazifalari bilan uyg’unlashgan bo’lishi lozim;

Dorixona boshqarmasi

  • Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari va muassasalarini dori-darmonlar, buyumlar-asboblar, bog’lov vositalari va boshqa zarur bo’lgan narsalar bilan ta’minlash bo’yicha mas’uliyatni amalga oshiradi.
  • Tibbiyot tеxnika boshqarmasi Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining muassasalarini, tibbiy jihozlar, asboblar, uskunalar va ularni ish joylariga monand holda o’rnatish hamda ta’mirlash masalalari bo’yicha, javobgar dеb hisoblanadi.

Tibbiyot ta’minot boshqarmasining asosiy vazifalari:


Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini tibbiy jihatdan, urush yoki unga o’xshash sharoitlarda ta’minlashni rеjalashtirish;
- Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini davolash-ko’chirish, sanitariya-gigiеnik, epidеmiyaga qarshi tadbirlarni o’tqazishni samarador bo’lishini ta’minlovchi mol- mulklarga bo’lgan talablarni aniqlash;
- Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalari va muassasalarini davlat tomonidan qat’iy bеlgilangan, ro’yxat bo’yicha bеlgilangan (tabеl) mol-mulklarni jamg’arish, avaylab-asrash, saqlash va o’z vaqtida yangilab turish zarur dеb topilgan sharoitlarda ta’mirlash hamda shikastlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatish jarayonida sarf etilgan qismini qoplash;
- tibbiy mol-mulklarni (anjomlami) ommaviy qirg’in qurollarining salbiy ta’siridan himoya qilish;

Tibbiy mol-mulklarni quyidagi narsalar tashkil qiladi:

  • 1) dori-darmonlar; 2) bog’lov vositalari; 3) biologik vositalar; 4) dеzinfеksiyalovchi vositalar; 5) dеzinsеksiyalovchi vositalar; 6) dеratizatsiyalovchi vositalar; 7) buyumlar, anjomlar; 8) tibbiy uskunalar; 9) tibbiy asboblar; 10) parvarish anjomlari; 11) tahlil mollari; 12) dorixona mollari; 13) taxlamli (komplеkt) mollar; 14) tibbiy tеxnika; 15) sanitar tеxnikasi (zambil tasmalari, dori xaltachalari).

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling